59
1. O’zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlat boshqaruv tizimining
yaratilishi.
O’zbekistonda Prezidentlik institutining joriy qilinishi va takomillashuvi. XX asrning 80-
yillari ikkinchi yarmida sobiq Ittifoqda ro’y bergan tanazzul O’zbekistonda Prezident lavozimini
ta‘sis etish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Prezident lavozimining joriy etilishi respublika mustaqilligi uchun kurash kuchaygan va
milliy davlatchilik rivojida prinsip jihatdan yangi bosqichga o’tilayotganligini anglatar edi.
Shu bilan birga, respublikada prezidentlik instituti hokimiyat mexanizmining
samaradorligini, mamlakatdagi barqarorlik, qonuniylik va huquq-tartibotning samaradorligini
qat‘iyan oshirish vositasi bo’lib xizmat qilishi lozim edi. Ayniqsa, O’zbekiston kabi ko’p millatli
mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy holat og’irlashib borayotgan bir davrda jamiyatni jipslashtirish
yanada muhim edi. Bunday sharoitda siyosiy tizimning yangilanayotgan mexanizmi, avvalo,
shunga ko’maklashmog’i, bu tizimning ishlarida ichki va tashqi siyosat, strategik yo’nalishlar va
ularni amalga oshirish sohasidagi amaliy ishlar mujassamlashib, yaxlit harakatga aylanishi lozim
edi.
Prezident o’zining amaliy ishi bilan turli ijtimoiy-siyosiy harakatlar o’rtasida ijtimoiy
muloqotni rivojlantirish uchun sharoit yaratishi, mamlakatda tinchlik va millatlararo totuvlikni
ta‘minlashi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda – tabiiy ofatlarda, jamoat tartibi jiddiy buzilgan
hollarda oliy vakolatlar sohibi bo’lgan tashkilotchi va muvofiqlashtiruvchi arbob sifatida ish
kurishi kerak edi. Ayni vaqtda Prezident lavozimi ta‘sis etilgan taqdirda ham Oliy Sovet davlat
hokimiyatining oliy organi bo’lib, u qonun chiqaruvchi, hukumat-ijrochi-boshqaruvchi organ
bo’lib qolaveradi. Prezident esa mazkur tizimda qonun chiqaruvchilik bilan ijrochilik faoliyatini
o’zaro bog’laydigan mustahkam bo’g’in vazifasini bajaradi.
1990 yilda mazkur lavozim ta‘sis etilayotgan vaqtda bu lavozimning joriy etilishi Ministrlar
Sovetining vakolatini cheklashi mumkin, degan xavotir ham bo’ldi. Biroq, hukumatning
vakolatlari amalda o’zgarmay qoldi. Shu munosabat bilan Ministrlar Soveti o’z ishi to’g’risida har
yili Oliy Kengashga hisob beribgina qolmay, bu haqda Prezidentni muntazam xabardor qilib
turishi belgilab qo’yildi. Ayni paytda hukumat, vazirliklar va davlat qo’mitalari qonunlar bilan bir
qatorda o’z faoliyatida Prezident farmonlariga amal qilishlari shart ekanligi mustahkamlandi.
Prezident huzurida tashkil egilgan organ Prezident Kengashi davlat vakolatlari bilan ta‘minlandi.
Davlat boshqaruvining mazkur zamonaviy va samarali shaklini yuzaga keltirishda
xalqimizning davlatchilik sohasidagi ko’p ming yillik tarixiy tajribalari, diyorimizning muayyan
shart-sharoitlari, xalqning an‘analari va mentaliteti, o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, hozirgi
zamon ilg’or davlatlarining tajriba va yutuqlari nazarda tutildi. Qayd etish joizki, bugungi kunda
BMTga a‘zo bo’lgan 193 ta davlatdan 143 tasida, ya‘ni qariyb 75 foizida Prezident lavozimi ta‘sis
etilgan.Respublikamizda prezidentlik lavozimi murakkab vaziyatda ta‘sis etildi. Qayta qurish,
oshkoralik vaziyatida xalq xo’jaligini rivojlantirish, aholiga zarur turmush sharoitlarini yaratib
berishda ko’plab murakkab, hal qilinmagan muammolar borligi aniqlandi. Ayrim viloyatlarda
ijtimoiy-siyosiy vaziyat izdan chiqqan, qonunni buzish hollari ko’paygan edi. Xalq bunday
noqonuniy xatti-harakatlarning zudlik bilan payini qirqishni talab qilayotgan edi. Bularning
barchasi prezident lavozimini kechiktirmasdan joriy etishni talab qildi. O’zbekiston SSRning bi-
rinchi Prezidenti istisno tariqasida respublika Oliy Kengashining 1990 yil 24 martdagi sessiyasida
saylandi. Islom Abdug’aniyevich Karimov yashirin ovoz berish yo’li bilan O’zbekiston SSRning
Prezidenti etib saylandi.
L.Levitin va D.S.Karlaylning Islom Karimov – yangi O’zbekiston Prezidenti nomli kitobida
shunday deyiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |