Politexnika instituti


 O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’l tutishi



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

3. O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’l tutishi 
Yangi yo’l 1989 yil 23 iyun kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston Kompartiyasi MQning XIV 
Plenumida Islom Abdug’anievich Karimov O’zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib 
saylandi.  I.A.  Karimov  boshliq  yangi  rahbariyat  tomonidan  o’zbek  xalqining  milliy  o’zligini 
anglashi  kuchayib  borayotganligi  birinchi  bor  etirof  etildi.  Xalqning  shon-shuhrati,  qadr-
qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo’l olindi. Respublikada kadrlarni 
tanlash,  joy-joyiga  qo’yish  va  tarbiyalash  masalalarida  milliy  manfaatdorlik  ustivorligi 
ta’minlandi. Markazdan yuborilgan «kadrlar desanti» o’z mavqeini yo’qotdi. Anishev, Ogarek, 
Satin  va  boshqa  «kazo-kazolar»  Respublikadan  chiqarib  yuborildi.  Mahalliy  kadrlar  rahbarlik 
lavozimlariga ko’tarildi. Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o’zgarish shundan iborat bo’ldiki, endi 
O’zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva 
orqali  hal  qilish,  Moskva  belgilagan  xodimlarni  ko’tarish  ammaliyotiga  chek  qo’yildi,  bu 
masalalarni  hal  qilishni  respublika  rahbariyati  o’z  qo’liga  oldi.  Bu  vaziyatni  teran  anglagan 
rahbarning  jasorati  bo’lib,  siyosiy  mutelikdan  qutilish  tomon  tashlangan  muhim  qadam  bo’ldi. 
O’zbekistonda adolatni tiklash chora-tadbirlari ko’rildi, to’qib chiqarilgan «o’zbek ishi», «paxta 
ishi»ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog’liq ishlar qayta ko’rildi, aybsiz qamalgan 
minglab kishilar oqlandi, o’z oilasiga qaytarildi, adolat tiklandi. O’zbek tili – davlat tili Respublika 
ja moatchiligi tomonidan allaqachon o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko’tarilgan 
edi.  O’zbekistonning  sobiq  rahbariyati  bu  masalaga  avvallari  millatchilik,  mahalliychilik  deb 
qarardi, keyinchalik o’zbek va rus tilini teng mavqega ko’tarishga urindi, shu yo’sinda ikki tillik 
haqidagi qonun loyihasini o’tkazishga harakat qilgan edi. Respublika yangi rahbari jamoatchilik 
fikrini  inobatga  oldi,  masalani  bosiqlik  bilan  hal  qilish  yo’lini  tanladi.  O’zbekiston  SSR  Oliy 
Sovetining 1989 yil 21 oktyabrda bo’lgan o’n birinchi sesiyasida «O’zbekiston SSRning davlat tili 
haqida»  Qonun  qabul  qilindi.  Qonunda  O’zbekistonning  davlat  tili  o’zbek  tilidir,  o’zbek  tili 
Respublikaning siyosiy–ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to’liq amal 
qiladi,  deb  belgilab  qo’yildi.  1990  yil  19  fevralda  «O’zbekiston  SSRning  davlat  tili  haqida»gi 
qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi.  Qonun va davlat dasturiga binoan mehnat 
jamoalari, o’quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish 
yuritish rus tilidan o’zbek tiliga o’tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning 
amalga oshirila boshlanishi Respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo’lib, mustaqillik 
sari tashlangan yana bir muhim qadam bo’ldi. Respublika iqtsodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona 
tahlil  etish,  baholash  va  ko’tarishga  qaratilgan  dastlabki  sa’y-harakatlar  qilindi.  Qishloq 
aholisining shaxsiy  tomorqalari  uchun  er  ajratildi.  Erga  muhtoj  381  ming  oilaga  tomorqa  erlari 
berildi,  372  ming  oila  o’z  tomorqalarini  kengaytirib  oldi.  Shu  maqsadlar  uchun  jami  150  ming 
gektar er ajratildi. Respublikada «Ish bilan ta’minlash» dasturi ishlab chiqildi. Ana shu dasturga 
binoan 1990 yilda 300 ming kishi, asosan yoshlar ish bilan ta’minlandi. Aholining kam daromadli 
qismini  ijtimoiy  jihatdan  himoyalash  uchun  1990  yilda  byudjetdan  va  korxonalr  hisobidan  142 
mln. so’m qo’shimcha mablag’ ajratildi. 1990 yil 18 fevralda O’zbekiston Oliy Sovetiga saylov 
bo’ldi. Bu saylovlarning yangiligi shundan iborat bo’ldiki, 500 saylov okrugining 326 
tasida  muqobil  nomzodlar  ko’rsatildi.  Oldingi  saylovlarda  barcha  nomzodlar  birinchi 
turdayoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan bo’lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur 
ovozlarni  to’play  oldi.  Qolgan  132  okrugda  qayta  saylovlar  bo’lib  o’tdi.  1990  yil  24-31  mart 
kunlari Toshkentda o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sesiyasi bo’lib 


23 
o’tdi.  24  mart  kuni  sessiya  respublikalar  orasida  birinchi  bo’lib  «O’zbekiston  SSR  Prezidenti 
lavozimini ta’sis etish to’g’risida» Qonun qabul qildi. 1990 yil 24 mart kuni Oliy Sovet sessiyasida 
yashirin  ovoz  berish  yo’li  bilan  Islom  Abdug’anievich  Karimov  O’zbekiston  Prezidenti  etib 
saylandi.  Ana  shu  sessiyada  I.  Karimov  nutq  so’zlab,  O’zbekistonning  siyosiy  mustaqilligini, 
o’zini-o’zi  idora  qilishga  va  o’zini-o’zi  pul  bilan  ta’minlashga  o’tishni  ta’minlashni  o’zimning 
asosiy vazifam deb bilaman, deb ta’qidladi. Hali SSSR va Markaziy hokimiyat mavjud bo’lgan 
sharoitda  O’zbekistonda  o’z  Prezidentining  saylanishi  muhim  vaqea  bo’ldi,  mamlakatimiz 
mustaqilligiga  erishish  sari  tashlangan  yana  bir  dadil  qadam  bo’ldi.  Mustaqillik  Deklaratsiyasi 
O’zbekiston  SSR  Oliy  Sovetining  ikkinchi  sessiyasi  1990  yil  20  iyun  kuni  «Mustaqillik 
Deklaratsiyasi»ni  qabul  qildi.  Deklaratsiyada  har  bir  millatning  o’z  taqdirini  o’zi  belgilash 
huquqidan  kelib  chiqqan  holda,  xalqaro  huquq  qoidalariga,  umumbashariy  qadriyatlariga  va 
demokratiya  tamoyillariga  asoslanib  O’zbekiston  SSRning  davlat  suvereniteti  e’lon  qilindi. 
Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo’lib, quyidagilar bayon etilgan: 
O’zbekiston SSR davlat suvereniteti 
•  O’zbekiston  SSR  demokratik  davlatining  o’z  hududida  barcha  tarkibiy  qismlarda  va 
barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir. 
• O’zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga 
qo’yilmay  turib  o’zgartirilishi  mumkin  emas.  SSSR  Oliy  Soveti  qabul  qiladigan  qarorlar 
O’zbekiston  SSR  Konstitutsiyasiga  muvofiq  O’zbekiston  SSR  Oliy  Soveti  tomonidan 
tasdiqlangandan keyingina O’zbekiston hududida kuchga ega bo’ladi. 
• O’zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O’zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga 
tegishli  barcha  masalalar  kiradi  va  hokazo.  O’zbekiston  mustaqilligi  to’g’risidagi  Deklaratsiya 
muhim tarixiy hujjat  bo’lib,  mamlakatimizning  o’z davlat mustaqilligini  qo’lga kiritish yo’lida 
yana bir yangi qadam bo’ldi. Prezident lavozimining ta’sis etilishi  
 

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish