Politexnika instituti



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

Ma’lumot  uchun:Janubiy  Koreyada  korrupsiyaga  qarshi  tergov  boshqarmasini  yaratish 
jarayoni 20 yildan ortiq davom etgan. Bunday organni tashkil etish bo‘yicha birinchi qonunchilik 
tashabbusi 1996 yilda paydo bo‘lgan.
 
Braziliyada  2013  yilda  “Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  to‘g‘risida”gi  12.846-son  qonuni 
qabul  qilingan  bo‘lib,  ushbu  qonun  yuridik  shaxslarni  (kompaniyalar,  korxonalar)  ularning 
hodimlarini korrupsiyaga oid xatti-harakatlarni sodir etganligi uchun jazolashni nazarda tutadi. 
Ushbu  qonunga  binoan  kompaniya  xodimlari  korrupsiyada  aybdor  deb  topilganda 
kompaniyaga nisbatan quyidagi choralar qo‘llaniladi: 
– kompaniyaning yillik yalpi daromadining 0,1 foizidan 20 foizigacha miqdorda jarima (agar 
bunday daromad miqdorini belgilashni iloji bo‘lmasa, sudya 6 ming realdan 60 million realgacha 
bo‘lgan miqdorda jarima solishga haqlidir); 
– korrupsiyaviy faoliyat natijasida yetkazilgan zararni undirish; 
–  korrupsiyada  aybdor  deb  topilgan  kompaniya  hodimining  qilmishlarini  sudning  kuchga 
kirgan qarori asosida ommaviy axborot vositalarida keng yoritish; 
– davlat moliya institutlaridan resurslarni (kreditlar, subsidiyalar, imtiyozlar) olish huquqini 
1 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga cheklash; 
– jazo muddati davomida shartnomalar tuzishni taqiqlash; 
– kompaniya faoliyatini vaqtincha taqiqlash va boshqalar; 
4.  Gollandiyada  ham  Daniyada  bo‘lgani  kabi  korrupsiyaga  qarshi  kurash  samarali  yo‘lga 
qo‘yilgan.  Mamlakatda  korrupsiya  holatlarini  aniqlash  bo‘yicha  muhim  vakolatlarga  ega 
“Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat xavfsizligi” tizimi yaratilgan . 
Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish tadbirlari  quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi: 
–  har  yili  aniqlangan  korrupsiya  faktlari  va  korrupsiyaga  aloqador  shaxslarni  jazolash 
bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risida parlamentga hisobot taqdim etish; 
–  korrupsiya  harakatini  sodir  etganlik  uchun  asosiy  jazo  turi  sifatida  ijtimoiy  nafaqalarni 
to‘xtatgan holda davlat tashkilotlarida ishlashni ta’qiqlash; 
– korrupsiya harakatini sodir etganlik uchun jarima to‘lash 
va vaqtinchalik hizmatdan chetlashtirish; 
– korrupsiya nuqtai nazaridan xavfli bo‘lgan lavozimlarga shaxslarni tanlashni tashkil etish; 
–  korrupsiya  jinoyatlariga  oid  barcha  materiallarni  jamoatchilik  muhokamasiga  yetkazish 
(milliy xavfsizlik tizimiga ta’sir qiluvchi holatlar bundan mustasno); 
–  mansabdor  shaxslarni  korrupsiyaning  zararini  tushuntirish  bo‘yicha  maxsus  o‘quv 
kurslarida o‘qitish; 
Ma’lumot uchun: 2020 yilgi korrupsiyani qabul qilish reytingida Gollandiya dunyo bo‘yicha 
9-o‘rinni egallagan.
 
5. Germaniya Federativ Respublikasida ko‘p yillardan buyon davlat organlarida korrupsiyani 
oldini  olish  uchun  rotasiya  amalga  oshirilmoqda.  Germaniya  qonunchiligida  korrupsiyaga  moyil 
bo‘lgan lavozimlarda ishlaydigan davlat xizmatchilarini rotasiya qilish nazarda tutilgan. Bunday 
lavozimlarda  xizmat  muddati  5  yil  qilib  belgilangan.  Mamlakatda  nazorat  guruhlari  ishtirokida 
rotasiya  joriy  etilishi  bilan  korrupsiya  darajasi  kamayganligini  tasdiqlagan  tajriba  o‘tkazildi. 
Germaniya  olimlarining  fikriga  ko‘ra,  korrupsiya  darajasi  pasayishining  asosiy  sabablari 


277 
quyidagilar  hisoblanadi:  jismoniy  shaxs  va  davlat  xizmatchisining  qayta  uchrashish  ehtimoli 
kamligi;  pora  taklif  qilishi  mumkin  bo‘lgan  shaxs  kelajakda  berilgan  sovg‘alar  yangi  xodimlar 
tomonidan inobatga olinishiga ishonmasligi; va bundan tashqari, pora taklifiga yangi tayinlangan 
davlat xizmatchisi qanday munosabat bildirishini jismoniy shaxs bilmaydi. 
6. Rossiya Federasiyasida “Tasodifiy korrupsiya” haqidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda 
maqullandi.  Ushbu  qonun  loyihasida,  agar  korrupsiyaga  qarshi  normalar  inson  nazorati  ostida 
bo‘lmagan tashqi holatlar natijasida buzilgan bo‘lsa, u holda shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi 
mumkin  deb  belgilandi.  Jumladan,  loyihada  mansabdor  shaxslarni,  prokurorlarni,  harbiy 
xizmatchilarni va boshqa toifadagi fuqarolarni korrupsiyaga qarshi 
normalarni  buzganlik  uchun,  agar  bu  davlat  xizmatchilariga  bog‘liq  bo‘lmagan  holatlar 
tufayli sodir etilgan bo‘lsa jazodan ozod qilinishi belgilandi. 
Shuningdek,  “Rossiya  Federasiyasining  ayrim  qonun  hujjatlariga  korrupsiyaga  oid 
huquqbuzarliklar  uchun  javobgarlik  choralarini  takomillashtirish  bo‘yicha o‘zgartirishlar  kiritish 
to‘g‘risida”gi 1078992-7-son qonuni birinchi o‘qishda ma’qullandi
[1]
.
 
Ushbu normativ-huquqiy hujjatga berilgan tushintirish xatida: 
Agar cheklashlar va taqiqlarga rioya qilmaslik unga bog‘liq bo‘lmagan holatlar oqibati deb 
tan olinsa, korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunlarni buzganligi uchun jismoniy shaxslar 
javobgarlikdan ozod qilinishi ko‘rsatildi. 
Shuningdek,  belgilangan  cheklovlarga  rioya  qilishga  to‘sqinlik  qiladigan,  unga  bog‘liq 
bo‘lmagan holatlar tugatilgan kundan boshlab, qonunbuzarliklarni bartaraf etish uchun shaxslarga 
bir oy muddat beriladi. 
Ma’lumot  uchun:  “Transparency  International”(Xalqaro  korrupsiyaga  qarshi  kurashish 
tashkiloti)ning  2020  yilgi  ma’lumotiga  ko‘ra  Rossiya  Federasiyasi  korrupsiyani  qabul  qilish 
indeksida 180 mamlakat ichida 129-o‘rinni egalagan.
 
7. Shvesiya davlati esakorrupsiyaga qarshi kurashda davlat xizmatchilariga yuqori ish haqi 
to‘lash hamda samarali jamoatchilik nazorati asosida yuqori natijalarga erishgan. 
Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  mamlakatimizda  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  sohasida 
quyidagilar taklif etiladi: 
–  amaldorlarning  shaxsiy  daromadlari  va  mol-mulklari  to‘g‘risida  axborotlar  ochiqlash 
majburiyatini yuklash; 
–  korrupsiyaga  qarshi  kurashda  aniq  bir  organga  bog‘liq  bo‘lib  qolmay,  barcha  davlat 
organlarini jalb qilish; 
–  sodir  etilgan  korrupsiyaga  oid  jinoyatlar  yuzasidan  yuridik  shaxslarning  javobgarligini 
belgilash; 
–  korrupsiya  holatlarini  sodir  etgan  va  jazo  tayinlangan  shaxslarga  jazoni  o‘tash  muddati 
davomida  davlat  moliya  institutlaridan  resurslarni  (kreditlar,  subsidiyalar,  imtiyozlar)  olishga  1 
yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga cheklash va shartnomalar tuzishni taqiqlash; 
– korrupsiya bilan bog‘liq cheklashlar va taqiqlarga rioya qilmaslik unga bog‘liq bo‘lmagan 
holatlar oqibati deb tan olinsa, jismoniy shaxslarni javobgarlikdan ozod qilish; 
–  korrupsiya  harakatini  sodir  etganlik  uchun  ijtimoiy  nafaqalarni  to‘xtatgan  holda  davlat 
tashkilotlarida ishlashni ta’qiqlash. 
 

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish