Politexnika instituti



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

 
 
 
                                     
2
 https://mininnovation.uz/uz/news/nash-prezident-lider-mezhdunarodnyh-rejtingov
 


258 
2. 
2017-2021 yillarda O
`zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini 
ashib borishi
 
 
Dunyo  bo`yicha  xar  yili  turli  sohalar  bo`yicha  davlatlar  reytingi  muntazam  yangilanib 
borilmoqda. Ayniqsa qonun  ustuvorligi bo`yicha  O`zbekiston  yildan-yilga  ko`tarilib bormoqda. 
Qonun ustuvorligi indeksi (The Rule of Law Index) 2010 yildan buyon The World Justice Project 
halqaro  noxukumat  tashkiloti  8  ta  nazorat  ko`rsatkichi:  hokimiyat  institutlari  vakolatlarini 
cheklash,  korruptsiyaning  yo`qligi,  tartib  va  xavfsizlik,  asosiy  huquqlar  himoyasi,  hokimiyat 
institutlarining  shaffofligi,  qonunlarga  rioya  etish,  fuqarolik  va  jinoyat  sohasidagi  odil  sudlov 
natijalari  asosida  baholanadi.  Ushbu  xalqaro  reytingda  O`zbekiston  2020  yil yakunlariga  ko`ra, 
mamlakatimiz 128 davlat orasida 92-o`rinni qayd etdi. Shuni ta’kidlash joizki, tartib va xavfsizlik 
ko`rsatkichi bo`yicha yurtimiz eng yaxshi natijani qayd etib Kanada, BAA, Vengriya qatorida 9-
o`rinni band qilgan. 
Baxt  indeksi  bo`yicha  O`zbekiston  2019  yil  155  mamlakat  orasida  47  o`rinni  egalladi. 
Shuningdek,  siyosiy  va  diniy  erkinliklar,  hamda  matbuot  erkinligi  va  qonun  ustivorligini 
baholaydigan Freedom House tashkilotining oxirgi reytingida O`zbekiston "Erkin emas" tamg`ali 
davlatlar  qatoriga  kiritilgan.  Ammo  O`zbekiston  Jahon  matbuot  erkinligi  indeksida  2019  yilga 
qaraganda 5 pog`onaga ko`tarilgan. Bu reytingda 2017 yilda 169, 2018 yilda 165 va 2019 yilda 
160-o`rinda  qayd  etilgan.  So`z  erkinligi  bo`yicha  xalqaro  reytinglarda  O`zbekiston  mavqeini 
yaxshilashga  qaratilgan  prezident  qarori  imzolangan  bo`lishiga  qaramay,  xalqaro  reytinglarda 
O`zbekiston mavqei maqtangulik emas
3

“Chegarasiz reportyorlar” (Reporters without borders) 
xalqaro  nohukumat  tashkiloti  har  yili  Matbuot  erkinligi  indeksi  bo`yicha  jahon  davlatlarining 
reytingini e’lon qilib keladi. Reyting “mahalliy jurnalistlarning erkinlik darajasi”ga ko`ra, 180 ta 
davlatni saralab chiqiladi. U turli davlatlardagi jurnalistlar, yuristlar va sotsiologlarning maxsus 
so`rovnomaga  bergan  javoblari  asosida  tuziladi.  So`rovnoma  qonunchilik,  o`zini  o`zi  tsenzura 
qilish,  medianing  erkinligi,  fikrlar  xilma-xilligi,  turli  institut  va  idoralarning  jurnalistlar  bilan 
ishlashga tayyorligi kabi jihatlarni qamrab oladi. 
Mazkur reytingda O`zbekiston so`nggi yillarda 
sezilarli  darajada  o`sishga  erishdi.  2020  yilga  kelib,  «Chegarasiz  reportyorlar»  yurtimizda  so`z 
erkinligini ijobiy baholadi va eng yaxshi natija qayd etildi.  
Mamlakat  iqtisodiyotining  barqarorligi,  barcha  sohalarda  rivojlangan  davlatlar  bilan 
raqobatlasha olishi o`z navbatida mehnat bozoridagi kadrlarga bog`liq. Mamlakat iqtisodiyotini 
rivojlantiradigan  kadrlar  esa  ta’lim  muassasalarida  o`qib-ulg`ayadi.  Demak,  sifatli  ta’lim  tizimi 
sifatli  kadrlarni,  sifatli  kadrlar  esa  rivojlangan,  boy  jamiyatni  quradi.  Shu  nuqtai  nazardan 
mamlakatimiz o`z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo`ygan bugungi kunda inson kapitaliga 
sarmoya kiritish, ta’limni isloh qilish ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Jumladan, so`nggi ikki 
yil ichida o`qituvchilarning oylik maoshi 1,5 barobarga oshirildi. Jamiyatda o`qituvchilar nufuzini 
oshirishga  qaratilgan  qator  choralar  ko`rildi.  Mamlakatimizning  barcha  hududlarida  Prezident 
maktablari,  ijod  maktablari,  ixtisoslashtirilgan  maktablar  tashkil  etilib,  mazkur  ta’lim 
muassasalariga  eng  malakali  mutaxassislar  jalb  etildi.  Shuningdek,  mavjud  maktablarning 
moddiy-texnik  bazasi  mustahkamlanmoqda,  barcha  hududlarda  zamonaviy  maktablar  barpo 
etilmoqda.  
Barcha  sohadagi  islohotlarni  amalga  oshirishdan  avval,  albatta,  xalqaro  tajribalarni 
o`rganish, tahlil qilish va natijalarni kuzatib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatlarda 
olib borilayotgan ta’lim siyosatining qay darajada samara berayotganligi xalqaro reytinglarda o`z 
aksini topadi. ICILS, ICCS, TEDS, TIMSS, PIRLS, PISA, TALIS kabi xalqaro baholash dasturlari 
orqali turli yo`nalishlar bo`yicha reytinglar aniqlanadi va e’lon qilinadi. Bu dasturlar orasida eng 
nufuzlisi  PISA  baholash  dasturi  bo`lib,  undagi  ishtirokchi-davlatlar  soni  85  tani  tashkil  etadi. 
Prezident  Sh.Mirziyoyev  Farmoniga  muvofiq  mamlakatimizning  2030  yilga  kelib  PISA  (The 
Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturining reytingi bo`yicha 
jahonning  30  ta  ilg`or  mamlakati  qatoriga  kirishga  erishishi  ustuvor  vazifa  etib  belgilanganligi 

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish