mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foyda O’zbekiston xazinasiga tushmas
edi"
(Karimov I.A. Biz kelajagimizni
o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-j. -T.:
O’zbekiston, 1996.
B.
371). Faqat sovet davrining so’nggi 15 yili ichida kamida 35 milliard dollarlik boylik paxta va
oltin Markaz ehtiyoji uchun olib chiqib ketilgan. Ular O’zbekistonning milliy manfaatlariga
xizmat qilmas edi, albatta.
Boz ustiga, bu davrga kelib markaz o’zining ko’plab nuqsonlarini yashirish va mamlakatdagi
mavjud yetishmovchiliklarni o’z bo’ynidan soqit qilish maqsadida, oziq-ovqat, xalq iste‘moli
mollari va moddiy resurslar bilan ta‘minlashni ittifoqdosh respublikalar zimmasiga majburan
yuklagan edi. Bu hol azaldan shakllangan xo’jalik aloqalarining buzilishiga, tovar ayirboshlash
tadbirlarining natura (mahsulot bilan ayirboshlash) shakliga o’tishiga olib keldi, mintaqaviy
xo’jalik yuritish g’oyasini vujudga keltirdi va g’ayriintegratsion jarayonlarga turtki bo’ldi.
103
Yillar davomida to’planib qolgan va hal etilmagan ana shunday ijtimoiy-iqtisodiy va
ekologik muammolar oxir-oqibatda respublikada tanglik holatini yuzaga keltirdi.
"Bugun ochiq
aytaversak ham bo’ladi, 1991 yilning oxiri va 1992 yilning boshida ko’p narsalarda uzilish bo’lib,
juda og‟ir ahvolga tushib, naq ocharchilik ostonasida turar edik"
(Karimov I.A.
O’zbekistoi:
milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.: O’zbekiston, 1996. B. 3).
O’zbekistonni bunday iqtisodiy tanglikdan taraqqiyot yo’liga chiqarish uchun mamlakat
iqtisodiy tizimini yangilash, eski mustabid-rejali iqtisoddan yangi bozor iqtisodiga o’tish taqozo
etilardi. Shunday o’ta og’ir vaziyatda, Islom Karimov O’zbekiston rahbari etib saylanganining
ertasi kuniyoq, 1989 yil 24 iyunda, hukumat majlisida nutq so’zlab, respublikada vujudga kelgan
murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga obyektiv baho beradi va uning kelib chiqish sabablarini
chuqur tahlil qilib, shunday mantiqiy xulosa chiqaradi:
"Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz
va bunday yashashga zamonning o’zi yo’l qo’ymaydi”
(Karimov I.A.
O’zbekiston
mustaqillikka
erishish ostonasida. -T.: O’zbekiston, 2011. B. 32-45).
O’zbekistonning sharoiti va manfaatlari hisobga olingan xolda yangi dasturlar qabul qilindi.
O’zbekistonning yangi tarixida birinchi dastur 1990 yil oktabr oyida, O’zbekiston SSR Oliy
Sovetining uchinchi sessiyasida qabul qilindi, u "O’zbekiston xalq xo’jaligini
barqarorlashtirishning asosiy yo’nalishlari va bozor iqtisodiga kirib borishning tamoyillari", deb
nomlanadi.
Bu hujjatda quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:
-
aholini ijtimoiy himoyalashning davlat tizimini barpo etish;
-
respublika
fuqarolarining
hamjihatligini
ta‘minlash,
millatlararo
do’stona
munosabatlarni mustahkamlash;
-
O’zbekistonning boshqa respublikalar bilan bo’ladigan iqtisodiy munosabatlarini teng
huquqli va o’zaro manfaatli asosda qayta qurish;
-
boshqarishdagi buyruqbozlik usulidan voz kechib, iqtisodiy, ya‘ni manfaatni hisobga
oladigan boshqarish usullariga o’tish;
-
moliya-kredit va soliq tizimini qayta ko’rib chiqib, iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi
yangi moliyaviy vositalarni ishga solish;
-
turli mulkchilik shakli va xo’jalik yuritishga o’tish;
-
suveren va bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarni o’rnatish;
-
o’z tabiiy va moddiy resurslariga tayangan holda ishlab chiqarishning bir yoqlama
rivojlanishiga chek qo’yish va bu ishlarning kompleks borishini ta‘minlash.
Dasturda yuqorida sanab o’tilgan chora-tadbirlarni 3 bosqichda amalga oshirish
mo’ljallangan edi:
birinchi bosqich iqtisodiyotni barqarorlashtirish yuzasidan dastlabki favqulodda tadbirlarni
amalga oshirish va islohotlarga ilk qadam qo’yish (1990-1992 yillar);
ikkinchi bosqich bozor iqtisodiyotining asosiy belgilarini shakllantirish, unga asos solish
(1992-1993 yillar);
uchinchi bosqich bozor mexanizmi, ya‘ni yangicha xo’jalik yuritish usullarini keng quloch
yoydirish (1994-1996 yillar),
Bu dasturda yetti yil davomida O’zbekistonda bozor iqtisodiyotini shakllantirish nazarda
tutilgan bo’lib, uni siyosiy mustaqillik yo’lidan qaytmagan holda, sobiq Ittifoqning iqtisodiy
tizimi doirasida, uning salohiyatidan foydalangan holda amalga oshirish rejalashtirilgan edi.
Ushbu dastur amalga oshmagan bo’lsa-da, yutuq va kamchiliklaridan qat‘i nazar, O’zbekiston
rahbariyatining mavjud holat yuzasidan o’z pozitsiyasi borligi hamda tanazzul alomatlari
kuchaygan va boshboshdoqlik avj olgan davrda, birinchi navbatda, unda respublika aholisining
manfaati ustuvorligi alohida ko’rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu hujjatning tarixiy
ahamiyati ham ana shundadir.
O’zbekistonning eng yangi tarixida mamlakatning aniq va puxta rivojlanish strategiyasi
mustaqillikka erishilganidan so’ng ishlab chiqildi va izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Ta‘kidlash joizki, istiqlolga erishilganidan so’ng nafaqat avvalgi tuzum davrida shakllangan, balki,
ko’plab yangi, o’tish davri bilan bog’liq muammolar ham yuzaga qalqib chikdi. Bu, albatta,
104
ijtimoiy-iqtisodiy sohada qator dolzarb muammolarni hal qilish, bozor munosabatlariga mos
infratuzilmani shakllantirish, iqtisodiyotda chuqur tuzilmaviy o’zgarishlarni amalga oshirish,
aholinish ijtimoiy himoyasini kuchaytirishni talab qilar edi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni
boshqarishning ma‘muriy buyruqbozlik tizimidan erkin bozor munosabatlariga asoslashgan
modeliga o’tish ehtiyotkorlik va sekin-astalik bilan amalga oshirilishi kerak edi.
Ushbu modelning asosiy tamoyillari, uni amalga oshirish yo’llari, bosqichlari Islom
Karimov tomonidan ishlab chiqildi va u ilmiy asoslangan mashhur besh tamoyilda o’z aksini topdi.
Bu tamoyillar umumlashgan holda 1993 yilda Islom Karimovning "O’zbekiston: bozor
munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li" asarida e‘lon qilindi. Ular quyidagilardan iborat:
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan batamom xoli qilish. Iqtisodiyot siyosatdan ustun
turmog’i lozim. Aynan iqtisodiyot, uni yanada rivojlantirish muammolari davlat siyosatining
asosiy mazmuniga aylandi.
Ikkinchidan, davlatning o’zi eski tuzumdan yangi tuzumga o‘tish davrida bosh islohotchisi
bo‘lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko’zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori
bo‘lishi, iqtisodiy taraqqiyotining yetakchi yo’nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy
sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlarni amalga oshirish
siyosatini ishlab chiqishi va izchil ro’yobga chiqarishi kerak.
Uchinchidan, Qonunning ustuvorligi, yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga
asoslanmog’i zarur. Iqtisodiy o‘zgarishlar amaliy kuchga ega bo‘lgan qonunga tayangandagina
sezilarli natija berishi mumkin.
To’rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tishda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish,
davlatning aholini ijtimoiy nochor guruhlarini qo‘llab-quvvatlash borasida mas‘ul bo‘lishidir.
Iqtisodiy islohotlarning barcha bosqichlarida demografiya sohasidagi real ahvolni, aholini mavjud
turmush darajasini hisobga olgan holda odamlarni ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-
tadbirlarni oldindan amalga oshirish kerak. Ijtimoiy himoyalash mexanizmi mavjud
bo‘lganidagina ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlash mumkin.
Beshinchidan, islohotlarni, bozor munosabatlarini shakllantirishni puxta o’ylab, bosqichma-
bosqich amalga oshirish lozim.
O’z. Rning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ishlab chiqqan milliy model o’ziga xos bo’lib,
unda bozor iqtisodiyotining ma‘lum bir turi yoki muayyan bir davlat yo’li to’g’ridan-to’g’ri
ko’chirib olingani yo’q. Uni tanlashda mamlakatimizning iqtisodiy ijtimoiy sharoiti va
salohiyatidan, xalqimizning tarixi, milliy urf-odatlari, diniy e‘tiqodidan kelib chiqildi. Bunda
ko’plab rivojlangan davlatlar tajribasi mukammal o’rganildi va inobatga olindi.
Dunyo amaliyotida o’tish davri uchun mukammal modelning o’zi yo’q. Negaki, bir
davlatning yo’li boshqalar uchun mutlaqo to’g’ri kelmasligi mumkin. Xar bir mamlakat o’ziga xos
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, geopolitik va tabiiy-geografik sharoitga ega. Shu ma‘noda, har bir
davlat o’z iqtisodiy rivojlanish modeliga ega bo’lishi kerak.
Amalda "O’zbek modeli" atamasi O’zbekistonning Markaziy Osiyoda barqaror
rivojlanayotgan davlatlardan biriga aylanishi bilan bog’liq tarzda paydo bo’ldi. Mutaxassislar
tomonidan ushbu atama 1993 yildan qo’llana boshladi, chunki shu davrdan boshlab O’zbekistonda
olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar o’zida iqtisodiy o’sish bilan hamohang tarzda
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mujassamlashtirgan edi. Bu, ayniqsa, sobiq Ittifoq parchalangan
davrning dastlabki yillarida ko’zga tashlanardi.
Tahlillar hozirgi davrgacha o’zbek modeli o’z rivojlanishida bir necha bosqichni bosib
o’tganini ko’rsatmoqda.
Birinchi bosqich o’z ichiga 1989-1991 yillarni qamrab oladi, ya‘ni bu davrda sobiq Ittifoq
tarkibiga kirgan har bir respublika o’z imkoniyati va umumittifoq taqsimotidan kelib chiqib,
mintaqaviy xo’jalik hisobiga o’tmoqda edi. Bu boradagi asosiy muammo majburan joriy etilgan
sotsialistik munosabatlar va O’zbekistonning real imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlarda o’z
ifodasini topdi.
Ikkinchi bosqich mustaqillikning ilk davri (1991-1993 yillar), ya‘ni o’z istiqlol va taraqqiyot
yo’lini izlashning eng murakkab va qiyin pallasi hisoblanadi. O’z taraqqiyot yo’lini topish
105
O’zbekiston uchun yana shu bilan murakkab ediki, ko’plab Yevropa davlatlaridan farqli o’laroq,
xalqimiz o’ziga xos eksperiment obyektiga aylangan edi. Nokapitalistik munosabatlar xukmronlik
qilgan davr respublika iqtisodiyotining rivojlanishida salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi, chunki
buning natijasida pishib yetilmagan, majruh holatdagi ishlab chiqarish munosabatlari shakllandi.
Uchinchi bosqich 1993-1995 yillar, ya‘ni o’zbek modeli amalga oshirilishining dastlabki
davri. Ushbu bosqichda bozor infratuzilmasi vujudga keldi, xususan, uning normativ-huquqiy
bazasi, xususiy sektor, bank-kredit mexanizmi uchun xizmat ko’rsatish sohasi, soliq siyosati
shakllanib bordi. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, uy-joy fondi, ijtimoiy soha
tarmoqlaridagi korxonalarni (umumiy ovqatlanish, savdo, pullik xizmat ko’rsatish kabilarda) faol
xususiylashtirish jarayoni boshlandi hamda yirik korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlariga
aylantirishga tayyorgarlik ko’rildi. Eng muhimi, O’zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarning
to’laqonli subyektiga aylandi.
To’rtinchi bosqich 1995-1999 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davrda aholi tanlangan yo’lning
to’g’riligini, olib borilayotgan islohotlar real yo’nalish va shaklga ega ekanligini anglab yetdi.
Chunki o’zbek modeli islohot o’tkazish usullari hamda dasturlarni amalga oshirish mexanizmlari
talab darajasida ekanligini ko’rsatdi. Yangi tovarlar va texnologik taraqqiyotga ehtiyojning o’sishi
iqtisodiyotda yuqori texnologik tarmoqlar ulushining oshishiga olib keldi. Bu davrda, ayniqsa,
kimyo va neft-kimyo, farmatsevtika sanoatining jadal sur‘atlar bilan rivojlanishi ko’zga tashlandi.
Qator strategik sohalar, xususan, don va energetika mustaqilligi ta‘minlandi. Bozor iqtisodiyoti
infratuzilmasi shakllandi.
Beshinchi bosqich 1999 yildan boshlanib, 2010 yilgacha davom etdi. Import o’rnini
bosuvchi va ommaviy eksportga yo’naltirilgan iqtisodiy tizimni to’la hajmda shakllantirish,
nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning faollashuvi bu davrda amalga oshirilgan
islohotlarning asosiy belgisi bo’ldi. Avvalgi bosqichlar doirasida mamlakat iqtisodiyotini tubdan
tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda mutlaqo yangi, lokomotiv rolini
bajaradigan tarmoqlarning barpo etilishi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish
borasida o’z vaqtida boshlangan, chuqur o’ylangan va uzoq istiqbolga mo’ljallangan ishlar o’z
natijasini berdi. Ayniqsa, mamlakat qishloq xo’jaligida to’liq fermerlik tizimiga o’tish g’oyasi
aynan shu bosqichda amalga oshirildi. Muhimi shundaki, ushbu bosqichda mamlakatda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar sinovdan muvaffaqiyatli o’tdi. 2008 yilda boshlangan jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi O’zbekiston iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazmadi. Ushbu bosqichda
«Inqirozga qarshi choralar dasturi» va unda ko’zda tutilgan tadbirlar milliy modelning yanada
takomillashishiga xizmat qildi.
Oltinchi bosqich 2010 yildan boshlandi va uning tub mohiyati, ustuvor yo’nalishlari Islom
Karimovning O’z R Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvarda bo’lib
o’tgan qo’shma majlisidagi "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati
barpo etish ustuvor maqsadimizdir" nomli ma‘ruzasida o’z aksini topdi. Ushbu yondashuv
rivojlanishning «o’zbek model»ini nazariy va amaliy jihatdan yanada boyitib, milliy iqtisodiyotni
modernizatsiya qilish va liberallashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga
ko’tarish imkonini berdi.
Istiqlol yillarida mulkchilik tarkibida tub o’zgarishlar yuz berdi, amalda ko’p ukladli
iqtisodiyot shakllandi. Uning tarkibida xususiy mulk salmoqli o’rin egalladi. YAIM tarkibida
nodavlat sektorining ulushi 80 foizdan oshishiga erishildi.
Sobiq itgifoqdosh respublikalar orasida faqat O’zbekistonda 1996 yildan boshlab izchil
iqtisodiy o’sish sur‘atlari ta‘minlandi. Agar 1996-2003 yillarda o’rtacha o’sish sur‘ati 4,3 foizni
tashkil etgan bo’lsa, 2004 yildan boshlab bu jarayon yangi bosqichga ko’tarilib, yuqori darajada
yiliga o’rtacha 7,5-9 foiz o’sishni tashkil etdi.
Mustaqillikning
dastlabki
yillaridan
rahbariyat
oziq-ovqat
muammosini o’z
imkoniyatlarimiz hisobidan hal qilish, ayniqsa, don mustaqilligini ta‘minlash masalasini kun
tartibiga qat‘iy vazifa qilib qo’ydi. Puxta o’ylab yuritilgan iqtisodiy siyosat natijasida ekin
maydonlari tarkibi, qishloq xo’jaligi ekinlarini joylashtirish ichki talab va shart-sharoitlardan kelib
106
chiqqan holda, qayta ko’rib chiqildi. Mamlakatda paxta yakkahokimligiga barham berildi.
Natijada, oziq-ovqat xavfsizligi, g’alla mustaqilligi ta‘minlandi. O’tgan yillarda g’alla yetishtirish
hajmi 7 barobar, hosildorlik esa 3 barobardan ko’proq oshdi. Yalpi ichki mahsulotda kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikning salmog’i 54 foizdan oshib ketdi.
Istiqlol yillarida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi,
Qo’ng’irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o’gitlar zavodi, Asakadagi yengil avtomobillar,
Samarqanddagi yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqaradigan zavodlar, yuzlab zamonaviy
yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari ishga tushirildi. Natijada, 1991-2013 yillarda mamlakatda
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3,4 barobar oshdi. Ishlab chiqarilayotgan sanoat
mahsulotlarining salkam 40 foizi eksport qilindi.
Davlat statistika qo’mitasi uy xo’jaliklari tanlama kuzatuvlari ma‘lumotlariga ko’ra 2019
yilda o’rtacha har 100 ta uy xo’jaligiga 47 ta yengil avtomobil to’g’ri kelgan. Shuningdek, 100 ta
uy xo’jaligiga to’g’ri keladigan televizorlar soni 160 ta, kompyuterlar soni esa 55 tani tashkil
etgan. 100 ta uy xo’jaligidagi aholiga 282 ta telefon apparati to’g’ri kelgan.
Eng og’ir, keskin ijtimoiy-iqtisodiy muammolar girdobida turgan o’tish davrida ijtimoiy
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish vazifasi qo’yildi. Shu bois ham, milliy modelning
o’ziga xos jihatlaridan biri taraqqiyotning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritilib,
aholining kam ta‘minlangan qatlami ishonchli ijtimoiy himoyaga ega bo’ldi. Bu o’tish davrining
eng og’ir bosqichlarida ham jamiyatimizda ijtimoiy adolat va barqarorlikni ta‘minlash imkonini
berdi.
Amalga oshirayotgan islohotlarimiz jahon hamjamiyati tomonidan munosib baholanmoqda.
Xususan, dunyodagi nufuzli nashrlardan biri – Ekonomist jurnali O’zbekistonni 2019 yilda
islohotlarni eng jadal amalga oshirgan davlat – Yil mamlakati deb e‘tirof etdi. Bunday baho
barchamizga cheksiz g’urur, iftixor va kuch bag’ishlaydi, yangi marralarga ruhlantiradi.
O’zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd
etilganidek, Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini
egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo’lidan borish imkoniyatini beradi.
Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda.
Yurtimiz Xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo’yicha
2019 yilda 8 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsa-da, hali juda ham orqadamiz. Aksariyat vazirlik va
idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat.
Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko’p mablag’ va mehnat
resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo’lmasin, bu ishga bugun
kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo’ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol
o’tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo’ladi.
Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni
kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og’ir
illat – korrupsiya balosini yo’qotishda ham ular samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab
olishimiz darkor.
Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib,
natijadorlikni oshirish, bir so’z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin
(Oliy Majlisga Murojaatnomadan. 24.01.2020.).
Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak
ma‘naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish
borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko’tarish
maqsadida yurtimizda 2020 yilga “Ilm, ma‟rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb
nom berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |