Politexnika instituti


„Biz  Ittifoq  va  respublikalarning  vazifalarini,  burchlarini  va



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

„Biz  Ittifoq  va  respublikalarning  vazifalarini,  burchlarini  va
  o’
zaro 
majburiyatlarini  aniq-ravshan  belgilab  qo’yish,
 
respublikalar  mustaqilligini  har  jihatdan
 
mustahkamlash tarafdorimiz
,
 – degan edi.
 
Hali davlat mustaqilligi e‘lon qilinmasdan oldin Islom Karimov rahbarligida O’zbekiston 
taraqqiyotining  mustaqil  yo’li  tamoyillari  ishlab  chiqilib,  amalga  oshirila  boshlandi.  Islom 
Karimov  tomonidan  XX  asrning  80-90-yillari  davomida  chiqarilgan  farmonlar  va  uning  taklifi 
bilan respublika Oliy Kengashi hamda hukumat tomonidan qabul qilingan qonunlar va qarorlar 
bevosita  siyosiy,  iqtisodiy  mustaqillikni  ta‘minlashga  qaratildi.  Bu  jarayonlarning  aniq  ifodasi 
1989  yilda  o’zbek  tiliga  davlat  tili  maqomi  berilganligi,  1990  yil  24  martda  Prezidentlik 
institutining  joriy  etilishi  xalqqa  milliy  ma‘naviyat,  an‘analar  va  urf-odatlarning  qaytarib 
berilganligi bo’ldi.
 
Mustaqillik arafasida, ya‘ni 1989 yilning 19 oktabr kuni o’zbek tiliga davlat tili maqomini 
berish  masalasi  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Soveti  sessiyasi  muhokamasiga  qo’yilgani  ham 
davlatimiz  rahbari  Islom  Karimov  nomi  bilan  bog’liq.  O’sha  qaltis  siyosiy-ijtimoiy  sharoitda 
o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi keskin va murosasiz bahs va tortishuvlarga sabab 
bo’lgan. O’sha vaqtda ayrim siyosiy guruhlar O’zbekiston sharoitiga mutlaqo to’g’ri kelmaydigan, 
bir-biriga  butunlay  zid  va  qarama-qarshi  fikrlarni  olg’a  surgan,  shuning  hisobidan  o’ziga  obro’ 
topish, odamlarni ortidan ergashtirishga uringan edi. Nega deganda, til bilan bog’liq muammolar 
orqali milliy tuyg’ularni ro’kach qilib, ulardan g’arazli maqsadlarda foydalanish mumkin edi.
 
Islom Karimovning o’sha paytdagi har tomonlama puxta o’ylangan, mulohaza qilib, barcha 
siyosiy  va  ijtimoiy  guruhlarning  talablarini  qondiradigan,  eng  muhimi,  xalqimiz  va  Vatanimiz 
manfaatlariga javob beradigan vazminlik siyosati orqali yagona to’g’ri yo’lni topishga erishildi. 
Natijada  xalqimizning  muqaddas  qadriyatlaridan  biri  bo’lmish  ona  tilimiz  o’zining  qonuniy 
maqomi va himoyasiga mustaqillikka qadar 1989 yili 21 oktabrida ega bo’ldi.
 
Biroq markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi talab-takliflarni e‘tiborga 
olishni istamas, to’g’rirog’i ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda 
respublikalar jamoatchiligining ta‘siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990-yil 
bahorida  Boltiqbo’yidagi  Latviya,  Litva,  Estoniya  Respublikalari,  keyinroq  Gruziya  va 
Ozarbayjon  Respublikalari  Ittifoq  tarkibidan  chiqqanligini  e‘lon  qildilar.  Garchand 
O’zbekistonning  davlat  mustaqilligi  yuridik  tarzda  1991  yil  31  avgustdan  e‘tirof  qilinsa-da, 
mustaqillik uchun intilish, kurash ancha avvalroq boshlangan edi. U bir necha bosqichlarda amalga 
oshdi, deyish mumkin.
 
Birinchi bosqich 1990 yil 24 martda mustaqillik yo’lidagi juda muhim hamda mas‘uliyatli 
qadam  qo’yildi.  Shu  kuni  o’n  ikkinchi  chaqiriq  O’zbekiston  SSR  Oliy  Kengashining  birinchi 
sessiyasida Ittifoqdagi respublikalar orasida birinchi bo’lib O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
lavozimi joriy etildi. Bu tarixiy voqea edi. Shu o’rinda aytish joizki, bundan o’n kun oldin, ya‘ni 
14 mart kuni SSSR xalq deputatlarining navbatdan tashqari uchinchi syezdida SSSR Prezidenti 
lavozimini  ta‘sis  etish  to’g’risidagi  qonun  qabul  qilinib,  Mixail  Sergeyevich  Gorbachev  bu 
vazifaga saylangan edi.
 
SSSR  tarkibida  (hududida)  ikkinchi  Prezidentning  paydo  bo’lishini  Markaz  va  uning 
rahbariyati qanday qabul qilganliklarini bugun tasavvur qilish qiyin emas, albatta.
 
1990 yil bahorida Islom Karimov Gorbachyovcha qayta qurish boshi berk ko’chaga kirib 
qolganini anglab yetdi. O’sha vaqtda SSSR siyosatchilari orasida bunday odamlar kamdankam 
edi.  Rossiya  va  boshqa  ittifoqdosh  respublikalarda  tobora  kuchayib  borayotgan  tartibsizliklar 
O’zbekistonda  ham  yuz  berishiga  yo’l  qo’ymaslik  uchun  qatiy  choralar  ko’rish  kerak  edi. 
O’zbekistonda hokimiyatning ozgina bo’lsa-da zaiflashuvi respublika ichida millatlararo nizolar 
yangidan boshlanishi, ijtimoiy portlashlarga olib kelishi mumkin edi. Shu sababli 1990 yil martida, 
Gorbachyov  va  uning  atrofidagilar  norozi  bo’lishiga  va  qarshilik  ko’rsatishiga  qaramay, 
O’zbekiston Oliy Kengashi respublika Prezidenti lavozimini ta‘sis etdi va unga Islom Karimovni 
sayladi.  Mamlakat  ahli  o’sha  vaqtda  harakati  tobora  susayib,  cho’kayotgan  kemaga  o’xshab 
qolgan  KPSSga  bundan  buyon  ko’r-ko’rona  ergashmasligini,  ko’p  millionli  xalq  kommunistik 


28 
mafkura  tazyiqiga  uchramasdan,  o’zining  mustaqil  davlatida  yashashni  istayotganligini  o’z 
Prezidenti Islom Karimov orqali ochiq-oydin aytdi.
 
Mustaqillik deklaratsiyasi. 1990-yil 18-iyun kuni XII chaqiriq respublika Oliy Kengashining 
lkkinchi  sessiyasi  ochildi.  Deputatlarning  taklifi  bilan  O‘zbekistonning  Mustaqillik 
deklaratsiyasini  qabul  qilish  masalasi  sessiya  kun  tartibiga  kiritildi.  Oliy  Kengashning  doimiy 
komissiyalari,  faol  deputatlar  va  huquqshunos  mutaxassislar  tomonidan  ishlab  chiqilgan 
Mustaqillik  deklaratsiyasi  matni  sessiyada  qizg’in  muhokama  qilindi  va  20-iyun  kuni  qabul 
qilindi.
 
Mustaqillik deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo’lib, bu moddalarda xalqimizning xohish-
irodasiga to’la mos keladigan quyidagi muhim tartib-qoidalar belgilab qo’yildi:
 
 
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi:
 
-o’zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an‘analari;
 
-har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini ta‘minlashdan iborat oliy maqsad
 
haqi;
 
-har bir kishining farovon hayot kechirishini ta‘minlashni oliy maqsad deb bilgan holda;
 
-O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas‘uliyatni chuqur his etgan holda;
 
 
-xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga
 
asoslanib O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e‘lon qiladi.
 
O‘zbekiston SSR ning davlat mustaqilligi:
 
 

 
O‘zbekiston SSR demokralik davlatining o’z hududida, barcha tarkibiy qismlarida va 
barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir.
 
 

 
O‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning 
muhokamasiga qo’yilmay turib, o’zgartirilishi mumkin emas.
 
 

 
SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga 
muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlangandan keyingina O‘zbekiston 
hududida kuchga ega bo’ladi.
 
 

 
O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi 
siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.
 

 
O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi, hurmat qiladi va 
hokazo.
 
Mustaqillik  deklaratsiyasining  qabul  qilinishi  mamlakatimizning  tom  ma‘nodagi,  haqiqiy 
mustaqillikka  erishish  yo’lida  muhim  ahamiyatga  ega  bo’ldi.  Shundan  e‘tiboran 
mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal etila 
boshlandi.
 
Ittifoq bo’yicha o’z milliy davlat tuzilmalaridan tashqarida yashayotgan 60 milliondan ortiq 
aholi milliy-etnik muammolar, mojarolarga duchor bo’ldi.
 
Rossiya,  Ukraina,  Belarus  parlamentlari  davlat  suvereniteti  to’g’risida  deklaratsiya  qabul 
qildilar. Ittifoqdosh respublikalar ketidan RSFSRga kiruvchi muxtor respublikalar ham suverenitet 
haqida  deklaratsiyalar  qabul  qilishdi.  Markazda  va  joylarda  SSSR  Konstitutsiyasi  va  qonunlari 
ustunmi  yoki  respublika  Konstitutsiyasi  va  qonunlari  ustunmi,  degan  masalada  bahs  va 
munozaralar kuchaydi. Markazdagilar “Kuchli markaz – kuchli respublikalar” desa, joylardagilar 
“Kuchli respublikalar – kuchli markaz” der edilar.
 
Markaziy  hokimiyat  jamoatchilikning  talabi  ostida  Ittifoq  shartnomasini  yangilash 
zarurligini e‘tirof etishga majbur bo’ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug’ullanuvchi 
maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990-yil iyulda Moskvada markaz vakillari 
bilan  respublikalar  delegatsiyalari  yangi  shartnoma  matnini  tayyorlashga  kirishdilar.  1990-yil 
avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi.
 


29 
Dasturda respublikalar o’z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish, foydalanish, 
tasarruf  etish  huquqiga  ega  ekanligi  ta‘kidlangan  edi.  Ammo  shartnomaga  bunday  yondashuv 
markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti 
respublikalarning  istak  va  manfaatlarini  batamom  inkor  etgan  yangicha  shartnoma  loyihasini 
tuzib, respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan, O‘zbekiston, markaz loyihasini qabul 
qilmadi. Shu tariqa, shartnoma loyihasini tuzish harakatining birinchi bosqichi natijasiz tugadi.
 
1991-yil  fevral-mart  oylarida  Ittifoq  shartnomasi  loyihasi  ustida  ishlashning  ikkinchi 
bosqichi bo’lib o’tdi. Unda Boltiqbo’yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari 
qatnashmadi,  Ozarbayjon  kuzatuvchi  bo’lib  qatnashdi.  Bu  bosqichda  Ittifoq  bilan  respublikalar 
vakolatlarini  farqlab  qo’yishga  harakat  qilindi.  Nihoyat,  Ittifoq  va  respublikalar  vakolatlari 
belgilab  qo’yilgan  yangi  shartnoma  loyihasi  matbuotda  e‘lon  qilindi.  Respublikalarda  mazkur 
loyiha muhokama qilindi. Respublikalar, jumladan, O‘zbekiston, markaziy idoralar hali o’zining 
eskicha  hukmron  mavqeyini  saqlash  ruhi  singdirilgan  bu  hujjatdan  qanoatlanmaganliklarini 
bildirdilar.
 
SSSR  Oliy  Soveti  Ittifoq  shartnomasini  o’zgartirish,  SSSRni  teng  huquqli  suveren 
respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991-yil 
17-mart kuni Butunittifoq referendumini o’tkazishga qaror qildi.
 
1991-yil 20-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati ham referendum o’tkazishni 
ma‘qulladi  va  SSSR  Oliy  Soveti  tomonidan  tayyorlangan  byulleten  bilan  birga  yana  bitta 
qo’shimcha byulletenni ovozga qo’yishga qaror qildi.
 
Qo’shimcha  byulletenga 

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish