o’tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O’zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoyev ta‘kidlaganidek, o’tmishga berilgan baho albatta
xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli bo’lishi zarur (Oliy Majlisga
Murojaatnoma. 28.12.2018).
10
Vatan tarixini yoritish va o’rganishda uni to’g’ri davrlashtirish ham muhim ahamiyat kasb
etadi. Uzoq davr mobaynida tarixni o’zlari bilganlaricha davrlashtirishlar tarixni yoritish va
o’rganish borasida buzilishlarga olib keldi.
Sobiq ittifoq tarkibidagi xalqlar tarixi, jumladan, yurtimiz va xalqimiz tarixi sinfiy kurash,
inqilobiy harakatlarga asoslangan markscha qarashlarga mos holda davrlashtirildi. Shu bois, fanda
ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, sotsializmga bo’lingan davrlar o’rin oldi.
1991 yilgacha tarixni davrlashtirish masalasida boshqa yondashuvlar ham mavjud edi.
Arxeolog olimlar mehnat qurollari qanday materialdan yasalganligini asos qilib olib, insoniyat
tarixini qadimgi tosh, o’rta tosh, yangi tosh, mis-tosh, bronza, temir davrlariga bo’lgan edilar.
Xorij olimlaridan L.Morgan va F.Engels tarixni uch davrga: yovvoyilik (tayyor tabiat
mahsulotlarini o’zlashtirish), vahshiylik (chorvachilik va dehqonchilikning vujudga kelishi) va
sivilizatsiya (sanoat rivojlanishi) davriga bo’lgan bo’lsalar, bunday davrlashtirish nomukammal
ekanligini hayotning o’zi isbotladi va rad etdi.
Mustaqillik yillarida tarixga yangicha yondashuv, uni haqqoniy yaratish borasidagi vazifalar
taniqli tarixchi olimlarni bu masalaga aniq mazmun va mohiyat kiritishiga imkon yaratdi. Taniqli
tarixchilardan akademik A.Asqarov va E.Rtveladze tarixni davrlashtirish borasida bugungi kun
nuqtai nazaridan kelib chiqib, yangi ijobiy fikrlarni oldinga surdilar. Masalan, akademik
A.Asqarov jamiyat hayotida yuz beradigan tub ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, O’rta Osiyo
tarixining rivojlanish darajasi va shu mintaqa tarixi taqozo etgan holatlardan kelib chiqib,
O’zbekiston tarixini davrlashtirishdagi asosiy omillarni izohlashga harakat qildi.
Nazarimizda, har bir davr qaysi asr va yillarni o’z ichiga olishini aniq ko’rsatib va oltinchi
davrni O’zbekistonning eng yangi tarixi davri deb nomlab, quyidagi tartibda berish maqsadga
muvofiqdir.
Davrlarning nomlanishi
Davrlar asri va nomlanishi
1.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davri
Mil.avv. 1 million – III ming yilliklar
2.
Qadimgi davr: davlatchilikning shakllanishi va
Mil.avv.II ming yilliklar – Milodiy IV asr
rivojlanishi davri
3.
O’rta asrlar davri
Milodiy V – XIX asr o’rtalari
4.
Rossiya imperiyasi
XIX asr 2 yarmi – 1917 yil
mustamlakachiligi davri
5.
Mustabid sovet hokimiyati
1917 – 1991 yillar
hukmronligi davri
6.
O’zbekistonning eng yangi tarixi davri
1991 yildan bugungi kungacha
Oltinchi davrni O’zbekistonning eng yangi tarixi davri deb nomlashning muhim sababi,
O’zbekiston 1991 yil 31 avgustda davlat mustaqilligiga erishdi va o’zining eng yangi tarixini
boshladi. Bu davrda o’zbek xalqi mustaqil taraqqiyot yo’lidan borib, qisqa fursatda asrlarga
tatigulik sharafli yo’lni bosib o’tdi, jahon miqyosida o’z o’rnini topdi. Shu ma‘noda ushbu davr
maxsus o’rganilishi kerak bo’lgan xalqimiz tarixining ajralmas qismiga aylandi.
Eng yangi tarix – juda ko’p ilmiy bahs-munozaralar predmeti. Ba‘zan u tor ma‘noda
tushuniladi, ya‘ni so’nggi o’n yilliklar yoki ushbu davrdagi bir avlodning tarixi sifatida; boshqa
yondashishda esa uning boshlanishi avvalgi tarixiy davrlardan farqli bo’lgan asrning o’ziga xos
jihatlari bilan belgilanadi. O’zbekistonning eng yangi tarixi mazkur yondashuvlarga muvofiq
keladi, shu bilan birga, uni davrlashtirish masalasi yuzaga keldi.
Eng yangi tarixni davrlashtirish tamoyillari bo’yicha ham turli yondashuvlar mavjud.
Ba‘zi olimlar Eng yangi tarix deganda, Yangi davrni, ya‘ni Yevropa va Shimoliy
Amerikada kapitalizmning qaror topishi va rivojlanishi davrini tushunishadi. Madaniyatshunoslik
yondashuvlariga asoslangan G’arbdagi tarix ilmiy maktablari Eng yangi tarixni ilm-fanning
o’sishi, texnikadagi rivojlanish, shuningdek, ongning sekulyarizatsiyasi bilan xarakterlangan inson
va jamiyat tafakkuri hamda madaniyatidagi o’zgarishlar bilan asoslashadi.
Shu bilan birga, turli ilmiy yo’nalishlarda eng yangi tarix quyidagi holatlar bilan bog’lanadi:
1)
chet el zulmidan ozod bo’lish;
2)
mustaqil milliy davlat barpo etish jarayoni.
11
O’zbekistonning yangi tarixi mustaqillikni qo’lga kiritish va O’zbekiston Respublikasining
rivojlanish tarixidir. Shu boisdan, bu tarixning boshlanish nuqtasi sifatida sovet totalitar
tuzumining so’nggi o’n yilligi davrida O’zbekiston uchun o’ta xavfli voqealarga boy bo’lgan 1989
yilni ko’rsatish mumkin. Ushbu voqealar negizida esa inqirozga yuz tutgan ma‘muriy-
buyruqbozlik tizimi, respublikalarning milliy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlarini inobatga olmaslik
siyosati va paxta yakkahokimligi oqibatida ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik ahvolning, insonlar
hayot darajasining fojiali yomonlashuvi yotar edi. O’zbekiston tarixining eng murakkab davrida
siyosat maydoniga kelgan Islom Karimovning jasorati, say-harakatlari natijasi o’laroq, respublika
manfaatlari qat‘iyat bilan himoya qilindi, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy parokandalikdan, ichki
va tashqi nizolardan saqlab qolishga erishildi. Natijada 1991 yilda O’zbekiston mustaqil davlat
deb e‘lon qilindi. Bu o’zbek xalqi va davlatchiligi rivojlanishida yangi, hal qiluvchi nuqta bo’lib
qoladi.
Ikkinchidan, O’zbekisgonning suveren davlat sifatidagi eng yangi tarixi insoniyat tarixi
rivojlanishidagi yangi bosqichga to’g’ri keldi. Bu bosqichda biz yangi davrga qadam
qo’ymoqdamiz, ko’z o’ngimizda jahonda butunlay yangi tartib o’rnatilmoqsa. O’zbekistonning
eng yangi tarixi esa insoniyat eng yangi tarixining ajralmas qismi sifatida zamonaviy dunyoning
global voqealari bilan chambarchas bog’liq.
Bundan tashqari, eng yangi tarixni o’rganish tarixchilarning yangi avlodi paydo bo’lishi
bilan izohlanadi. Bu, o’z navbatida, zamonaviy nazariyada muhim hisoblangan bir savol –
tarixchining jamiyatga berayotgan o’tmish haqidagi bilimlariga nisbatan javobgarligi masalasini
yuzaga chiqaradi. Va nihoyat, eng yangi tarix – uning zamondoshlari tarixi. Biz barchamiz –
O’zbekiston Respublikasining fuqarolari ushbu tarixning bevosita guvohlari va ijodkorlarimiz.
Umumlashtirgan holda aytish mumkinki, O’zbekiston Respublikasining mustaqillik
yillarida bosib o’tgan yo’lining mazmun-mohiyatini obyektiv baholagan holda, O’zbekistonning
yangi tarixini quyidagi bosqichlarga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq.
1989-1991 yillarni qamrab olgan birinchi bosqich. Mustaqillikka erishish arafasida
mamlakatimiz keskin ijtimoiy muammolar girdobida qolib ketgan tahlikali bir paytda mavjud
vaziyatning ijobiy tomonga o’zgartirilishi, yangi avlodga mansub siyosatchi Islom Karimovning
respublika rahbari lavozimiga kelishi, O’zbekistonda mustaqillik g’oyalarining pishib yetilishi,
davlat mustaqilligi tarixiy tasodif ta‘sirida emas, balki respublikada yuzaga kelgan ziddiyatli va
murakkab vaziyatdan chiqish yo’l-yo’riqlarini qidirish hamda sobiq Itgifoq rahbariyatining
O’zbekiston yetakchisi Islom Karimov siyosatiga qarshi qaratilgan fitnalarining oldini olish
yo’lidagi kurashlar bilan xarakterlanadi. Mazkur yillarning alohida davr sifatida e‘tirof etilishida
I.Karimovning O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida asaridagi xronologik yondashuv
konseptual asos bo’lib xizmat qiladi.
Ikkinchi bosqich – 1991 yildan 2000 yilga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda
milliy davlatchilik asoslari va ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga
qaratilgan o’tish davrining dastlabki islohotlar jarayoniga ilk qadamlar qo’yildi.
Shu davrdan boshlab, bir necha avlod davrida shakllanib kelgan va odamlar ongiga singib
ketgan kommunistik mafkura aqidasidan voz kechilib, Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan
Milliy istiqlol g’oyasining asoslari shakllandi. Buning ta‘sirida demokratik qadriyatlarning
hayotdagi o’rnini mustahkamlash imkoniyati tug’ildi, mamlakatni jahon hamjamiyatiga
integratsiyasiz tasavvur qila olmaydigan yangi avlod vakillari maydonga chiqdi. Bu
mamlakatdatub siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy-ruhiy o’zgarishlarning bosqichma-bosqich amalga
oshirilishida muhim omil bo’ldi.
O’zbek modelining hayotga joriy etilishi natijasida tarixan qisqa davr ichida ma‘muriy-
buyruqbozlikka asoslangan eski sovet tizimi o’rniga milliy davlatchilik asoslarini yuzaga
keltirishga qaratilgan huquqiy baza yaratildi. Yangi davlat boshqaruv tizimi – qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va sud hokimiyati tashkil etildi hamda fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi, erkin bozor
iqtisodiyotiga o’tish jarayoni boshlandi. Bu davrda mamlakat mustaqilligini mustahkamlash bilan
bir qatorda, milliy urf-odatlar, an‘ana va qadriyatlarni saqlash hamda taraqqiy ettirish masalalari
davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
12
2000-2010 yillarni qamrab olgan uchinchi bosqichda mamlakatda demokratik yangilanish
va modernizatsiyalash jarayonlari amalga oshirildi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi sifatida
o’tish davrining obyektiv ehtiyoji hamda milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga
qaratilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o’tish vazifasi kun
tartibiga qo’yildi.
Natijada mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish
jarayonlari chuqurlashdi, inson haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud
tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy
faolligi ortib bordi.
Shu bilan birga, Islom Karimovning ... erishilgan bunday marralar - barqaror rivojlanib
borayotgan iqtisodiyotga asoslangan, ochiq demokratik hukuqiy davlat qurish, inson, uning
manfaati, huquq va erkinliklari so’zda emas, amalda oliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan, jahon
miqyosida obro’-e‘tibor qozongan jamiyat barpo etish borasida biz o’z oldimizga qo’ygan yuksak
maqsadga qaratilgan uzoq va murakkab yo’lning bir qismi, xolos (Karimov I.A.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish Konsensiyasi. 19-j. –T., “O’zbekiston”. 2011. B-39.), degan fikrlari yuqoridagi
mulohazalarimizni tasdiqlaydi.
Mustaqil davlatimiz 2010 yildan boshlab yangi - turtinchi bosqichga qadam qo’ydi. Ushbu
bosqich demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash jarayonini yanada
chuqurlashtirish bosqichi hisoblanadi.
Bu davrda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimi,
axborotlashtirish sohasini isloh etish, so’z erkinligini ta‘minlash, saylov qonunchiligini
takomillashtirish, iqtisodiyotni yanada liberallashtirish maqsadida demokratik bozor islohotlarini
chukurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
2016 yildan O’zbekiston yangi tarixining beshinchi bosqichi boshlandi. Bu davr 2016 yil
sentabr oyidan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti vazifasini bajaruvchi, 2016 yil dekabr
oyidan esa umumxalq tomonidan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylangan
SH.M.Mirziyoyev faoliyati bilan bevosita boshlanuvchi davrdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |