277
quyidagilar hisoblanadi: jismoniy shaxs va davlat xizmatchisining qayta uchrashish ehtimoli
kamligi; pora taklif qilishi mumkin bo‘lgan shaxs kelajakda berilgan sovg‘alar yangi xodimlar
tomonidan inobatga olinishiga ishonmasligi; va bundan tashqari, pora taklifiga yangi tayinlangan
davlat xizmatchisi qanday munosabat bildirishini jismoniy shaxs bilmaydi.
6. Rossiya Federasiyasida “Tasodifiy korrupsiya” haqidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda
maqullandi. Ushbu qonun loyihasida, agar korrupsiyaga qarshi normalar inson nazorati ostida
bo‘lmagan tashqi holatlar natijasida buzilgan bo‘lsa, u holda shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi
mumkin deb belgilandi. Jumladan, loyihada mansabdor shaxslarni, prokurorlarni, harbiy
xizmatchilarni va boshqa toifadagi fuqarolarni korrupsiyaga qarshi
normalarni buzganlik uchun, agar bu davlat xizmatchilariga bog‘liq bo‘lmagan holatlar
tufayli sodir etilgan bo‘lsa jazodan ozod qilinishi belgilandi.
Shuningdek, “Rossiya Federasiyasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga oid
huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini takomillashtirish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish
to‘g‘risida”gi 1078992-7-son qonuni birinchi o‘qishda ma’qullandi
[1]
.
Ushbu normativ-huquqiy hujjatga berilgan tushintirish xatida:
Agar cheklashlar va taqiqlarga rioya qilmaslik unga bog‘liq bo‘lmagan holatlar oqibati deb
tan olinsa, korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunlarni buzganligi uchun jismoniy shaxslar
javobgarlikdan ozod qilinishi ko‘rsatildi.
Shuningdek, belgilangan cheklovlarga rioya qilishga to‘sqinlik qiladigan, unga bog‘liq
bo‘lmagan holatlar tugatilgan kundan boshlab, qonunbuzarliklarni bartaraf etish uchun shaxslarga
bir oy muddat beriladi.
Ma’lumot uchun: “Transparency International”(Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish
tashkiloti)ning 2020 yilgi ma’lumotiga ko‘ra Rossiya Federasiyasi korrupsiyani qabul qilish
indeksida 180 mamlakat ichida 129-o‘rinni egalagan.
7. Shvesiya davlati esakorrupsiyaga qarshi kurashda davlat xizmatchilariga yuqori ish haqi
to‘lash hamda samarali jamoatchilik nazorati asosida yuqori natijalarga erishgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida
quyidagilar taklif etiladi:
– amaldorlarning shaxsiy daromadlari va mol-mulklari to‘g‘risida axborotlar ochiqlash
majburiyatini yuklash;
– korrupsiyaga qarshi kurashda aniq bir organga bog‘liq bo‘lib qolmay, barcha davlat
organlarini jalb qilish;
– sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlar yuzasidan yuridik shaxslarning javobgarligini
belgilash;
– korrupsiya holatlarini sodir etgan va jazo tayinlangan shaxslarga jazoni o‘tash muddati
davomida davlat moliya institutlaridan resurslarni (kreditlar, subsidiyalar, imtiyozlar) olishga 1
yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga cheklash va shartnomalar tuzishni taqiqlash;
– korrupsiya bilan bog‘liq cheklashlar va taqiqlarga rioya qilmaslik unga bog‘liq bo‘lmagan
holatlar oqibati deb tan olinsa, jismoniy shaxslarni javobgarlikdan ozod qilish;
– korrupsiya harakatini sodir etganlik uchun ijtimoiy nafaqalarni to‘xtatgan holda davlat
tashkilotlarida ishlashni ta’qiqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: