«Tizim shunga majbur qiladi»
Respondentlarning uchdan bir qismi (35 %) mavjud tizim pora va tanishlar orqali
muammolarni hal qilishga majbur qiladi, deb hisoblaydi.
44 % esa barcha ishlarni qonun doirasida hal qilgan yaxshi, degan fikrda.
Nima qilish kerak?
Korrupsiyani kamaytirish uchun birinchi navbatda nima qilish kerakligi haqidagi savolga 18
% ishtirokchining javobi – ish haqini oshirish kerak.
Respondentlarning 14 % tizimni o’zgartirishni va jazoni kuchaytirishni taklif qilmoqda.
So’ralganlarning 12 %ga ko’ra, byudjet xarajatlarida shaffoflik zarur degan fikrni aytgan.
Tahlillar shuni ko’rsatadiki, jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi kurash umummilliy harakat
tusini olsa va unda barcha aholi faol ishtirok etib ongli ravishda yondoshsagina ushbu illatni
shunchalik tez yengishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |