197
bu 35,8 foiz (bug’doy maydonlari 8,3 foiz)ga yetdi. Shu davr mobaynida bug’doy yetishtirish 13,6
ming tonna, ya‘ni 3 marta, kartoshka 6,7 ming tonna yoki 2,3 marta, sabzavot
11,4 ming tonna, uzum
yetishtirish 4 martaga ko’paydi. Respublika oziq-ovqat majmuasida shaxsiy yordamchi
xo’jaliklarning hissasi tobora ko’paydi.
Shu bilan birga chorvachilikda ahvol ancha mushkullashdi. Murakkab iqlim sharoiti tufayli
respublikada keyingi yillarda hayvonlar soni kamaydi. 1991-1996 yillarda davlat xo’jaliklari, ijara
korxonalari, kooperativlarda va boshqa qishloq xo’jalik korxonalarida 22 ming 588 bosh yirik
shoxli qoramol, 23 ming 236 cho’chqa, 176 ming 603 bosh qo’y va echkilar yo’qotildi.
Qoraqalpog’istonda dehqon-fermer xo’jaliklari tashkil etish bo’yicha birmuncha tajriba
to’plandi. Masalan, Ellikqal‘a tumanida dehqonlarga yer, ishlab chiqarish vositalari va
yetishtirilgan mahsulotlarga egalik qilish imkonini berish maqsadida mavjud 14 ta jamoa
xo’jaliklari dehqon-fermer xo’jaliklari uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib
qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi. O’zbekiston hukumati ana shu
tajribani ma‘qullab, uni boshqa viloyatlarda ham ommalashtirishni tavsiya etishga qaratilgan
maxsus qaror qabul qildi. Xo’jalik yuritishning bu yangi usuli boshqa viloyatlarda yaxshi natija
berdi. Lekin Qoraqalpog’istonning o’zida ana shu tajribani ommalashtirishga yetarli e‘tibor
berilmadi. Oqibatda respublika qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmida dehqon-fermer
xo’jaliklarining hissasi kam bo’ldi. Buning asosiy sabablari fermer xo’jaliklariga xizmat
ko’rsatuvchi korxonalar yaxshi ishlamadi, bo’rdoqichilik bazasi sust rivojlandi, zotdor
hayvonlarni ko’paytirishga e‘tibor berilmadi, xo’jaliklar moddiy-texnika va pul mablag’lari bilan
yetarli darajada ta‘minlanmadi, agrotexnik va zooveterinariya xizmati ko’rsatish to’g’ri tashkil.
etilmadi.
Keyingi 6 yil ichida investitsiya faoliyatida sezilarli o’zgarishlar ro’y berdi. Kapital
qurilishda korxonalarning mablag’lari hisobidagi qurilishlar hajmi ko’payib, byudjet mablag’ining
hissasi kamaydi.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga ajratilgan
mablag’lar noishlab chiqarish obyektlariga ajratilgan mablag’ga nisbatan ancha ko’p bo’ldi.
Masalan, 1995 yilda ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga ajratilgan mablag’ 61,2 foizni tashkil
etgan bo’lsa, 1996 yilda bu 78 foizga yetdi. Bir vaqtning o’zida noishlab chiqarish obyektlari
uchun ajratilgan mablag’lar miqdori 38,8 foizdan 22 foizgacha kamaydi.
2019 yil 7 noyabrda Qoraqalpog’iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida (PQ-4512), 2020 yil 3 iyulda esa Qoraqolpog’iston
Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar
to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari (PQ-4776) qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: