Politexnika instituti


Ishlab chiqarishga kiritilgan xom-ashy ova materiallar tannarxini hisoblash “O’z Hanwoo Engeenering” O’zbekiston – Korea qo’shma korxonasi



Download 234,87 Kb.
bet8/10
Sana24.04.2022
Hajmi234,87 Kb.
#578320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
«moliyaviy hisob»-конвертирован

Ishlab chiqarishga kiritilgan xom-ashy ova materiallar tannarxini hisoblash “O’z Hanwoo Engeenering” O’zbekiston – Korea qo’shma korxonasi


misolida.
―O‘z Hanwoo Engeenering‖ O‘zbekiston – Korea qo‘shma korxonasi o‘tgan 2012 yilning ikkinchi yarmida tashkil etilgan bo‘lib, o‘z ish faoliyatini rasman shu yilning 1 sentabridan boshladi. Korxonaning birinchi ish yili bo‘lganligi sababli korxonada tovar moddiy zahiralar harakati o‘zgacha xususiyatga ega.
Masalan korxona dastlabki ish oyida faqat tajriba mahsulotlarini chiqardi, dastgohlar va ishlab chiqarish quvvatini sinovdan o‘tkazdi. Lekin bu davrda chiqqan mahsulotni sotuvga chiqarmadi. Qo‘shma korxona dastlabki oyda o‘z mahsulotiga ISO 9001-2001 sertifikaniki oldi, ammo bu jarayondagi chiqqan mahsulot ham sotuvga chiqarilmadi. Lekin bu davrda sarflangan material xarajatlarni ham hisobini chiqarish kerak. Bu masalani menejerlar sarflangan barcha material xarajatlarni tashkiliy xarajatlarga kiritish yo‘li bilan hal qilishni taklif qilishdi. Chunki ishlab chiqaish ishchilarining barchasi sinov muddatini o‘tayotgani sababli boshqa xarajatlarga yo‘l qo‘yilmagan.
Korxona mamlakatimiz bozorida hali yangi bo‘lganligi tufayli tovarlar Janubiy Koreya respublikasidan keltiriladi. Tovar moddiy zahiralarni bojxonadan o‘tgandan so‘ng barcha yig‘im va bojlar bilan qo‘shib o‘sha kungi markaziy bank kursi bilan o‘zbek so‘mida omborga kirim qilinadi. Chunki mareiallar to omborga kelib tushgunga qadar AQSH dollarida hisobga olinadi (1-ilova).
Ilovadan ko‘rinib turibdiki ―O‘z Hanwoo Engeenering‖ korxonasida ―GM O‘zbekiston‖ avtomobillari uchun 23 turdagi troslar ishlab chiqariladi. Bu loyihani korxona tenderda yutib olgan bo‘lib, oktabr oyidan boshlab mol yetkazib berishni boshlaydi. TMZ larning avvalroq keltirilganligining sababi shundaki, to maxsulot yetkazib berish muddati yetmagunga qadar korxona sinov maxsulotlarini chiqarib, tajriba orttirishi va yuqorida aytib o‘tkanimizdek o‘z maxsulotlari uchun ISO 9001- 2001 sertifikatini olishi kerak.
Korxonaning materiallar bilan bog‘liq operatsiyalarining yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, mol yetkazib beruvchilardan materiallar komlekt holda va bir
bahoda olinadi. Ya‘ni bir tayyor mahsulotga ketadigan hamma materiallar bir komplekt holda va komplekt bahosida keladi (2-ilova). Bu ortiqcha hisob-kitoblarni bajarish zaruruyatini qisqartiradi. Lekin buning boshqa zararli tomonlari ham borki, bu kuzatuvimiz oxide ma‘lum bo‘ladi.
Ko‘rinib turibdiki, har bit komlektda 11 – 15 turdagi materiallar birlashgan bo‘ladi. Bular trosning asosiy sim o‘rami, tashqi qoplamasi, mahkamlagish va boshqa 7 – 10 turdagi mustahkamlash kichik materiallaridir. Ularning bir trosga qancha miqdorda sarflanishiga qarab, komplektga kiritiladi. Materiallarning asosiy qismini INNER deb nomlangan ichki o‘rama simi, OUTER nomli tashqi qoplama charmi va ayrim troslar uchun LINNER ushlagichi sanaladi. Shuning uchun ham bu materiallarning kodi tros kodi bilan bir xil. Lekin, yana bir narsani ta‘kidlab o‘tish kerakki, materiallarning kengaytirilgan hisobotida har bir qism uchun alohida tartib raqami (Hanwoo qism t/r) berilib, kodlari (KD va HS) asosida ajratib ko‘rsatiladi.
―O‘z Hanwoo Engeenering‖ ning ilk material zahiralari 2012 yilning avgust oyi oxirida yetib keldi. Korxona buxgalteriyasitovar moddiy zahiralarni 2012 yil 28 avgust kungi markaziy bank kursi bilan omborga kirim qildi (3-ilova).
Ilovadagi ma‘lumotlar 1926.04 so‘m4 ga ko‘paytirib, so‘mga o‘girilgan. Keltirilgan materiallarning AQSH dollaridagi bahosi ichida bojxona bojlari va tashib keltirish xarajatlari mavjud bo‘lganligi uchun materiallar narxi ortiqcha hisob- kitoblarsiz so‘mga aylantiriladi.
Korxona dastlabki sinov davrida TMZ larning bir qismidan foydalandi. Lekin bu davrdagi tayyor maxsulotlarni sotmadi.
Rasman 1 oktabrdan boshlab, korxona maxsulot ishlab chiqara boshladi. Birgalikda tros ishlab chiqarish sexini ishini kuzatsak. ―O‘z Hanwoo Engeenering‖ hozircha ikki smenada ishlayapti, keyinchalik uch smenali tizimga o‘tishni rejalashtirishgan.
1-smena ish vaqti boshlanishidan 20 daqiqa oldin tros sexi katta ustasi material olish uchun talabnoma olib keladi. Unda qanday turdagi materialdan qancha kerakligi va oluvchi usta rekvizitlari bo‘ladi (yuqorida bu hujjat haqida batafsil to‘xtalib



4 28.08.2012 y. kuniga Markaziy bank kursi (1 AQSH dollari)
o‘tganmiz). Ombor xodimi talabnomaga (M 10) asosan kerakli materiallarni beradi va buni o‘z jurnalida belgilab qo‘yadi. Ta‘kidlanayotganidek, materiallar komplekt tarzda va so‘mda beriladi (4-ilova).
Omborchi har smena yakunida materiallardagi o‘zgarishlarni (M 22a yoki M34) buxgalteriyaga ma‘lum qiladi. Buxgalteriya, 4 – ilovaga binoan materiallarni hisobdan chiqaradi.
Korxona hisob siyosatiga ko‘ra materiallar o‘rtacha tortilgan qiymat usuli asosida hisobdan chiqaradi. Buning boyisi bu hisobot yili korxonaning ilk ish yilidir. O‘rtacha tortilgan qiymat usulini qo‘llashning yana bir sababi - korxonaga materiallarning kelish oralig‘i ancha vaqt (3 oyda bir marta) ni tashkil etkanligidir. Bunday holatda boshqa har ikkala usulni qo‘llash ham turli yo‘qotishlarga olib kelishi mumkinligi e‘tiborga olingan. Masalan, FIFO usuli qo‘llanilganda materiallar partiyasi almashganda mahsulot tannarxining keskin oshishi (pasayishi) yuz beradi va natijada korxonaning bozordagi talabi kamayadi (ko‘payadi). Nihoyada esa korxonada tayyor mahsulot ortiqchaligi (taqchilligi) yuzaga keladi. Agar korxonada so‘nggi xarid narxlarida baholash usulidan foydalansa ham, korxona omboridagi materiallar qoldig‘i birinchi kirim narxlarida qolib, bir necha vaqtdan so‘ng omborda arzon narxda ko‘p materiallar qoladi. Moliyaviy natijalarda ham tannarxni sun‘iy ko‘tarilib ketishiga olib keladi.
Ilovadan ma‘lum bo‘lyaptiki, har smenada har bir material komplektidan turli miqdorda olinadi (maxsulot talabiga asosan). Odatda, smena davomida olingan hamma material komplektlar to‘liq sarflanadi.
―O‘z Hanwoo Engeenering‖ ning hisobot yiliga tayyorlagan moliyaviy hisobotlarni kuzatar ekanmiz, korxona ilk ish yilida foydaga erisha olmaganini ko‘ramiz. Bunga turlicha sabablar mavjud. Masalan, korxona moliyaviy natijalar to‘grisidagi hisobotidan ko‘rinib turganidek, bu hisobot davrida korxonaning davr xarajatlari ko‘payib ketgan. Buning sababi yuqorida aytib o‘tkanimiz – menejerlarning sinov muddatidagi asosiy xarajatlarni tashkiliy xarajatlarga kiritganidir.
Yana bir asosiy ko‘zga ko‘rinib turgan holat valyuta kursidan ko‘rilayotgan katta zarar (47 861 100 so‘m) dir. Buning sababi korxona materiallarni AQSH dollari hisobida sotib olib, so‘mda kirim qiladi. Vaqt davomida sarflarni milliy valyutada olib borib, yakunda tayyor mahsulotni ―GM O‘zbekiston‖ ga ham AQSH dollarida sotadi. Ma‘lumki, korxona hisobotlari so‘mda yuritilgan. Bundan tabiiy ravishda kurs farqidan zarar ko‘payib ketgan.
Korxona moliyaviy natijalarining zarar bilan yakunlanishi birinchi ish yili uchun tabiiy bo‘lsada, baribir bunday katta miqdordagi zarar (118 802 300 so‘m) korxonaning hisob tizimida yoki ishlab chiqarish texnologiyasida hali ko‘p izlanishlar qilinishi zarurligini ko‘rsatadi. Korxonada katta soliq imtiyozlari mavjud bunday vaziyatda shunday imkoniyatli yillarda katta foyda olish o‘rniga zarar bilan chiqib imtiyozli yillarni boy berishi ham potensial investor va korxonaning o‘zi uchun katta yo‘qotishdir.
Korxona balansi qisqa davrni o‘z ichiga olgan bo‘lsa ham balans mablag‘lari aylanmasi katta bo‘lganligidan korxona kelgusi davrlarda o‘z faoliyatini foyda bilan yakunlanishini tahmin qilishga imkon yaratadi. Korxona balansidagi qarzlar va zarar summasi aylanmaga nisbatan hech qancha foizni tashkil etmasligi ham bunga kafolat beradi.

    1. Download 234,87 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish