Politexnika instituti


Xom-ashyo va materiallar tannarxini hisoblash usullarini rasmiylashtirish va hujjatlarda aks ettirish



Download 234,87 Kb.
bet7/10
Sana24.04.2022
Hajmi234,87 Kb.
#578320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
«moliyaviy hisob»-конвертирован

Xom-ashyo va materiallar tannarxini hisoblash usullarini rasmiylashtirish va hujjatlarda aks ettirish.


Materiallar harakatini hisobi materiallarni hisobi bo‘yicha asosiy nizom talablariga javob beradigan va axborotlarni avtomatlashtirishga moslashgan tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Yoziladigan hujjatlarning nusxalar soni va ularning hujjat aylanishi korxonaning harakteriga, ishlab chiqarishni tashkil etish xususiyatlariga, moddiy – texnik ta‘minotiga va hisobni tashkil etish tizimiga qarab belgilanadi. Yoziladigan hujjatlarning nusxalar soni minimal bo‘lib, EHMdan foydalanilsa bir nusxa, hisob qo‘lda yuritilsa – ikki nusxadan oshmasligi kerak.
Materiallar korxona ishlab chiqarish zaruriyati xo‘jalik ehtiyojlari uchun va ortiqcha va keraksiz bo‘lganlarini esa chetga sotishi mumkin. Shuningdek, korxonalar ayrim materiallarni chetga qayta ishlash uchun berishi mumkin.
Korxonada ishlab chiqarish zahiralarining tug‘ri sarflanishini nazorat qilish va rasmiylashtirish uchun tegishli tashkiliy tadbirlar ishlab chiqiladi. Moddiy qiymatliklarning tejamli sarflanishining zaruriy shartlaridan biri reja - iqtisod (marketing) bo‘limi tomonidan har bir maxsulot (xizmat) va bajariladigan ishlar birligiga sarflanadigan normalar va ular asosida belgilanadigan limit katta ahamiyatga egadir.
Barcha korxonalarga moddiy qiymatliklarning sarflanishi va chetga berilishiga ruxsat beruvchi shaxslarning ro‘yxati tuzilishi va ularning imzolarining nusxasi
buxgalteriyada bo‘lishi shart. Berilayotgan materiallar aniq o‘lchangan, sanalgan va tortilgan bo‘lishi zarur.
M-7 shakli- "Materiallarni qabul qilib olish dalolat-nomasi" TMZ kuzatuvchi hujjatlarsiz (fakturasiz) kelgan taqdirda yoki kuzatuvchi hujjatlardagi ma‘lumotlar (summasi, miqdori, sifati va hokazolar) haqiqiy mavjudligiga to`qri kelmagan holatlarda ikki nusxada tuziladi va 1 nusxasi bux-galteriyaga ushbu ma‘lumotlarni qayd qilish, kamomad yoki ortiqcha summani qayd qilish uchun va mol etkazib beruvchiga jo`natish maqsadida marketing bo`limiga beriladi. Ushbu dalolatnoma tuzilgandan keyin kirim orderini yozishga zaru-riyat qolmaydi.
Tovar-moddiy zahiralarining hisobini yuritishga asos bo`lgan, TMZ hisobga olish bo`yicha tegishli Standartning talabiga javob beradigan va hisobni avtomatlashtirishga moslangan dastlabki hisob hujjatlari qo`llaniladi.
Mahalliy va chetdan olinadigan TMZ sub‘ekt tomonidan vakil, yuk tashuvchi (ekspeditor) olib sub‘ektning omborxo-nasiga topshiradi. Yuk tashiyotgan transport tashkilotlaridan tegishli yuklarni qabul qilib olayotgan ekspeditor (yukni kuzatuvchi) asosiy e‘tiborini idishlarning holati, surguchi - plombasining holatiga qaratishi lozim. Agarda ularga shikast etgan bo`lsa ushbu yukni tekshirib qabul qilishi lozim. Tekshirish natijasida yukning kamomadi yoki buzilishi (sinishi, ezilishi) aniqlangan holatda darhol kommertsiya (oldi-sotdi) dalolatnomasi tuzilib tegishli javobgar shaxslarga, mol yetkazib beruvchilar yoki transport tashkilotlariga da‘vo bildiriladi.
Ushbu yukni kuzatuvchi olib kelgan yuklarini omborxonaga topshirayotganda omborxona mudiri uning hujjatlarda ko`rsatilgan miqdori, sifati, turlarini haqiqiy mavjudligiga taqqoslab tekshiradi va qabul qiladi. Hujjatda ko`rsatilgan TMZ haqiqatda mavjud bo`lgan qiymatliklarga to`g‘ri kelsa ombor mudiri materiallarning kirim orderi (M-4) ni to`lg‘azadi.
Dastlabki hujjatlarning miqdorini kamaytirish maqsadida ayrim hollarda ushbu TMZ hujjatsiz qabul qilinadi, ya‘ni kirim orderi tuzilmaydi. Agarda mol yetkazib beruvchining hujjatida ko`rsatilgan TMZ haqiqatda qabul qilinganga to`g‘ri kelsa, u holda uning hujjati - to`lov talabnomasi to`lg‘aziladi va shtamp bilan tasdiqlanadi. Chunki shtampda kirim orderining hamma rekvizitlari bo`ladi.
Agarda TMZ markazlashgan holda yetkazib berilayotgan yoki mol yetkazib beruvchi olib kelsa u holda tovar-transport yuk xati to`lqaziladi.
TMZ kelgan va omborga qabul qilingan kuniyoq kirim hujjatlari to`lg‘aziladi. Laboratoriya tekshirishidan o`tkaziladigan, texnikaviy tekshiriladigan va mas‘ul saqlashga qabul qilingan TMZ ayrim holda yoki ayrim omborxonada saqlanadi. Tekshirish o`tkazib bo`linmaguncha ularni kirim qilish va sarflash qat‘iyan man qilinadi.
Ushbu TMZ maxsus daftarlarda hisobga olib boriladi va ularning butligi, saqlanishi ustidan nazorat o`rnatishga yordam beradi. Bundan tashqari TMZ ichki harakatini nazorat qilish va hisobga olish uchun ombordan - omborga, sexlardan foydalanishdan ortiqcha yoki tejalgan materiallarni va chiqindilarni omborga topshirishni nazorat qilish lozim.
Yaroqsiz mahsulotlarni, asosiy vositalarni buzishdan, tugatilishdan olingan qiymatliklarni omborga topshirish jarayonlarida yuk xatlari va talabnomalar (M - 11) tuziladi. TMZ topshirayotgan javobgar shaxs ushbu hujjatni ikki nusxada tuzadi:
1-nusxa - sexning javobgarligidagi materiallarni hisobdan chiqarishga; 2-nusxa - omborxonaga ularni qabul qilish uchun asos bo`ladi.
Sub‘ektga qabul qilingandan keyin tovar-moddiy zahiralaridan asosan quyidagi tartibda foydalaniladi:

  • xom-ashyolar, materiallar asosan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish uchun, ayrim hollardagina xodimlarga yordam tariqasida ajratiladi va ortiqcha bo`lgan materiallar sotiladi;

  • tovarlar asosan sotish uchun, ta‘sischilarning ulushi, barter muomalasi va mehnat xaqi, mukofot va yordam sifatida berish uchun.

TMZ sub‘ektning ishlab chiqarishi va xo`jalik zaruriyati (imorat va inshootlarni asrash, ta‘mirlash, ko`rikdan o`tkazish) uchun sarflanganda ularning chiqimini tasdiqlaydigan hujjatlar tuziladi. Ushbu hujjatlar chegaralangan olinadigan karta, talabnoma, yuk xati va bildirishnomalardir. Ushbu hujjatlardan eng qulay va sarfning ustidan nazorat qilishni osonlashtiradigan hujjat chegaralangan olinadigan kartadir. Ushbu karta marketing bo`limi tomonidan — texnolog bilan kelishilgan
holda ikki nusxada (M-8 va M-9) tuziladi. Bu karta ishlab chiqarishning xususiyatiga qarab 1 xil yoki bir necha turdagi materiallarga va ayrim texnologik jarayonga tuziladi. Ushbu ikkita kartada tegishli sarflangan materiallar qayd qilinadi va qoldiq summasi ko`rsatilib boriladi. Belgilangan material yoki xom ashyolar sarflanib bo`lgandan keyin yoki oy tugagandan keyin ushbu kartalar omborxonaning mudiri va sex boshlig‘i tomonidan o`zining hisobotlariga qo`shib buxgalteriyaga topshiradilar. Ushbu kartalarga asosan buxgalteriyada xom ashyo va materiallarning chiqimi aks ettiriladi va ularning sarflangan xajmi va yo`nalishlari nazorat qilib boriladi. Ushbu kartada foydalanilmagan (qaytarilgan) xom ashyo va materiallar ham ko`rsatiladi.
Chegaralangan oluv kartalari ushbu xom-ashyo yoki materiallarni doimiy yoki tizimli olish zaruriyati tug‘ilganda ishlatiladi. Ayrim hollarda materiallarga bo`lgan zaruriyat ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyatida doimiy tusda ro‘yobga chiqmaydi. Bunday hollarda zaruriyat uchun talabnoma yoki qo`shimcha xom ashyo, material uchun talabnoma-dalolatnoma (M-10) tuziladi. Bu hujjat ikki nusxada tuzilib bittasi omborxonada qolsa ikkinchi nusxasi iste‘molchiga, sex yoki bo`limga beriladi.
Me‘yordan ortiqcha olinadigan har bir xom ashyo yoki material uchun (yaroqsiz mahsulotning o`rnini qoplash, ortiqcha sarflash, ishlab chiqarish rejasining ortiqcha bajarilishi va hokazo) maxsus talabnomalar tuziladi, chunki unda sababi, kodi va javobgar shaxslar ko`rsatiladi. Ushbu xom-ashyo yoki materiallarni berish faqatgina maxsus mas‘ul xodimlarning (direktor, muhandis, texnolog) topshirig‘i (imzosi)ga asosan amalga oshiriladi.
Xom-ashyolar, material va tovarlar chetga, mustaqil balansga ajratilgan bo`limlarga xullas, sub‘ektning manzilidan chetga chiqarilayotganda M-11 yuk xati to`lqaziladi. Ushbu yuk xati sotish bo`limi tomonidan uch nusxada to`lg‘aziladi. Uni to`lqazish uchun tuzilgan shartnomalar, buyruq yoki topshiriqlar asos bo`ladi. Agarda ushbu TMZ shartnomaga muvofiq transportda iste‘molchilarga jo`natilsa tovar transport yuk xati to`lqaziladi.
Sub‘ektlarda material va xom ashyolarni hisobga olish quyidagi dastlabki va yig‘ma hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.
Materiallar bilan bog‘liq muomalalarni yana quyidagi hujjatlarda hisobga olinadi:
M-1. Keltirilgan yuklarni hisobga olish jurnali - bu jurnal sub‘ektning buxgalteriyasi yoki moddiy ta‘minot bo`limida yuritilib, unga xom-ashyo va materiallarning kuzatish hujjatlari — schyot-faktura, yuk xatlar qayd qilib beriladi va ayrim ustunda puli to`langanligi to`g‘risida belgi qo`yiladi.
M-2. Ishonchnoma — ayrim shaxslarga material olish uchun vakillik huquqini beradi va sub‘ekt tomonidan bir nusxada yozilib shu shaxsga imzo bilan beriladi va muddati 10-15 kunga belgilanadi.
M-2a. Ishonchnoma — agarda sub‘ekt u yoki bu tashkilotdan doimiy ravishda xom-ashyo yoki material olib tursa qo`llaniladi va ushbu berilgan M2b ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida qayd qilib boriladi (kimga, qachon va nima uchun berildi).
M-3 va M-4 kirim orderlari - omborxonaga tovar-moddiy zahiralarni qabul qilish uchun omborxona mudiri tomonidan to`lqaziladi.
M-8 oylik chegaralangan olish kartasi — bitta material uchun.
M-8a kvadratlik chegaralangan olish kartasi — bir xil materialni uchun. M-9 chegaralangan olish kartasi — materiallarning 2-5 turi uchun.
M-9a chegaralangan olish kartasi — bir xil mahsulot uchun sarflanadigan materiallar uchun.
Yuqorida qayd qilingan sub‘ektlarda ishlab chiqarish texnologiyasi xaritasi yoki loyiha smetasiga asosan chegaralangan olish kartasi tuzilib sex rahbari tomonidan tasdiqlanadi va 1-nusxasi omborxonaga, 2 nusxasi ishlab chiqarish ob‘ektiga berilib olingan xom ashyo va materiallar qayd qilib boriladi. Xom ashyo va materiallar olib bo`lingandan keyin yopilib hisobotlar omborxona mudirining hisoboti va ishlab chiqarish hisobotlari bilan buxgalteriyaga topshiriladi.

    1. bir qatorli talabnoma — bitta materialning olinganligi uchun.

M-10a ogoxdantiruvchi talabnoma — tasdiqlangan me‘yordan ortiqcha olingan materiallar uchun.

    1. ko`p qatorli talabnoma — har xil materiallarni olish uchun.

Bu talabnomalar xam sex rahbari tomonidan yozilib tasdiqlangandan keyin omborxonadan olinadi va hisobotlarga ilova qilinib buxgalteriyaga topshiriladi.

    1. bir qatorli yuk xati — bitta materialning ombordan omborga yoki sexdan sexga o`tkazilishi uchun.

    2. ko`p qatorli yuk xati — har xil materiallarning ombordan omborga yoki sexdan sexga o`tkazilish uchun.

Bu yukxatlar orqali materiallarning sub‘ekt ichidagi harakatini (sarflanishi emas) nazorat qilish va hisobga olib borish uchun qo`llaniladi.

    1. bir qatorli yuk xati — bitta materialni chetga sotish yoki berish uchun.

    2. ko`p qatorli yuk xati — bir nechta materiallarni chetga sotish yoki berish uchun.

Bu yuk xatlari sub‘ektning filiallariga materiallarni berish yoki shartnomalarga asosan boshqa shaxslarga sotish uchun qo`llanilib, ikki nusxada tuziladi.

    1. omborxonada materiallarni hisobga olish kartasi-omborxonadagi mavjud tovar-moddiy zahiralarining navi, miqdori, bahosi bo`yicha harakatini hisobga olib boradi.

Bu kartalarni omborxona mudiri tuzadi va yurgazib boradi va ushbu kartalar omborxonadagi materiallar to`qrisida tezkor mu‘lumotlar olish uchun xizmat qiladi.

    1. hujjatlarni qabul qilib olish qaydnomasi - ombor mudiri tomonidan tuzilib unda buxgalteriyaga topshirilgan kirim va chiqim hujjatlari qayd qilinadi.

M-20 omborxonada qolgan materiallarning jamg‘armasi - ma‘lum davrga (asosan oy, kvartal va yil oxirida) omborda mavjud bo`lgan materiallarning qoldig‘i ombor kartochkalariga asosan tezkor buxgalteriya hisobi usulida aniqlanadi.
M-22a sarflangan materiallarni hisobdan chiqarish va materiallar qoldiqi to`qrisida dalolatnoma.
`M-34 materiallarning haqiqiy qoldig‘i bilan zahira me‘yori o`rtasida farq to`g‘risidagi ogohlantiruvchi bildirishnoma. Bu bildirishnoma ombor mudiri tomonidan M-17 ma‘lumotiga asosan to`lqazilib unda materiallarning harakati, keraksiz yoki ortiqcha materiallar bo`yicha ma‘lumotlar olinib kelgusi oyda moddiy -
texnika ta‘minoti (marketing) bo`limi xodimlarining faoliyatini tartibga solishga yordam beradi.
TMZ omborxonalarda va buxgalteriyada hisobini yuritish tartibi "Tovar- material zahiralari" nomli 4-Milliy stan-dartga asosan sub‘ekt tomonidan tasdiqlangan hisob siyosatiga muvofiq yuritiladi. Hozirgi davrga nisbatan to`laroq javob beradigan usullar bu tezkor - buxgalteriya usuli va miqdor - summa usullaridir. Bu usullarni qo`llaganda TMZ harakati ustidan nazorat ombor mudirlarining ma‘lumotlariga asosan amalga oshiriladi.
Tezkor-buxgalteriya (saldo) usulining asosiy shartlari quyidagilardan iboratdir:

  • buxgalteriya xodimlari tomonidan omborxonadagi TMZ harakatini to`g‘ri va o`z vaqtida hujjatlashtirishni, omborxonada hisobni yuritishni doimiy va tizimli ravishda nazorat qilish, omborxona mudirlarining hisoboti bo`yicha aks ettirilgan qoldiq TMZ haqiqatdagi qoldig‘iga to`gri kelishini tekshirish huquqini buxgalterlarga berish;

  • buxgalteriyada TMZ harakatini faqat pul ko`rinishda tasdikdangan baholarda, guruhlari, joylari va turlari bo`yicha hisobini yuritish;

  • TMZ qoldiqlarini omborxona hisobi bilan buxgalteriya hisobi ma‘lumotlarini doimiy ravishda taqqoslash yo`li bilan tasdiqlash.

TMZ tezkor-buxgalteriya (saldo) hisobini qo`llaganda omborxonada ularning turlari va navlari faqat miqdor ko`rsatkichda hisobga olinadi. Ushbu hisob maxsus miqdor - summa kartochkasida (M-12) yuritiladi. Ushbu kartochka xar bir TMZ uchun ayrim holda ochilib unda nomi, navi, o`lchov birligi, bahosi, qoldiqi, kirimi va chiqimi ko`rsatilib boriladi va ushbu kartochkalar omborxona mudiriga tilxat bilan beriladi.
TMZ kirimi jarayonida tegishli hujjatga asosan omborxona mudiri ularni maxsus kartochkalarda qayd qiladi. Sarflash hujjatlariga (chegaralangan - oluv kartasi, talabnoma, yuk xati) asosan ularning chiqimi qayd qilib boriladi.
Chegaralangan-oluv kartasidagi ma‘lumotlar omborxona hisobi kartochkasiga ushbu kartadagi xom-ashyo va materiallar (yoki undagi materiallarning bitta turi) olib bo`lingandan keyingina, lekin keyingi oyning 1-kunigacha o`tkaziladi. Bu hollarda omborxona kartochkalari ushbu chegaralangan-oluv kartalari bilan birga saqlanadi.
Ushbu kartochkalardagi qoldiqlar har bir muomala qayd qilingandan keyin hisoblab chiqiladi. Omborxona mudiri olingan hujjatlarga belgilangan bahoni qo`yadi va kartochkaga hujjatning nomeri, sanasi, olingan xom ashyo, material eki tovarning miqdorini qayd qiladi.
Buxgalteriya tomonidan belgilangan grafikka asosan belgilangan vaqtda ombor mudiri kirim va chiqim hujjatlarining ro`yxatini (M-13) tuzadi. Unda hujjatlarning nomerlari, TMZ miqdori, guruhi va turlari ko`rsatiladi. Material bo`limining buxgalteri esa moddiy javobgar shaxs - omborchidan ushbu hujjatlarning reestrini (hisobot) qabul qilib oladi va o`zining imzosi bilan tasdiqlaydi. Shundan keyingina ushbu hisob kartochkalari buxgalteriya qaydnomasi huquqini oladi.
Har oyning 1-kuni holatiga ombor mudiri kartochkalardagi TMZ qoldiqini "Tovar-material zahiralarining qoldiqini hisoblash qaydnomasi" (M-14)ga o`tkazadi. Bu qaydnoma xar bir ombor uchun ayrim yurgaziladi va yillik ma‘lumotlar yig‘iladi. Ushbu qaydnoma buxgalteriyada saqlanib oyning oxirida ombor mudiriga beriladi, u esa ushbu qaydnomani to`lg‘azib, keyingi oyning 1-3 kunlari (tasdiqlangan grafikka asosan) buxgalteriyaga topshirishi lozim. Moddiy javobgar shaxs tegishli TMZ turlari bo`yicha haqiqiy qoldig‘ining marketing bo`limi tomonidan o`rnatilgan zahira me‘yori va nisbatlariga mos kelishini nazorat qilib borishi lozim.
TMZning kirimi va u bilan bog‘liq sarflarning majmuasi, ya‘ni uning tannarxi quyidagilardan tashkil topgan:

  • oy boshida omborxonada TMZ oy boshiga qoldig‘i, belgilangan bahoda;

  • mol yetkazib beruvchilar jo`natgan TMZ (schyot-fakturada ko`rsatilgan qiymatda);

  • kirim qilingan TMZ olib kelish sarflari;

  • hisobdor shaxslar tomonidan olib kelingan TMZ;

  • hisobdor shaxslar tomonidan to`langan yuklash-tushirish sarflari;

  • yukchilarga hisoblangan mehnat haqi;

  • hisoblangan mehnat xaqiga nisbatan majburiy ajratmalar;

  • yordamchi ishlab chiqarishda tayyorlangan va omborga topshirilgan TMZ;

  • asosiy yordamchi ishlab chiqarish tomonidan tejalgan va omborga topshirilgan materiallar va chiqindilar;

  • asosiy vositalarni hisobdan chiqarish natijasida olingan materiallar;

  • yaroqsiz mahsulotni tugatish natijasida olingan materiallar;

  • asosiy ishlab chiqarishdan olingan chiqindilar va tejalgan materiallar. Jami. Kirim qilingan TMZ haqiqiy tannarxi.

Xo`jalik yurituvchi sub‘ektlarda qabul qilingan TMZ foydalanish va ishlab chiqarish yo`nalishlari bo`yicha guruhlashtirish tartibi sub‘ektda sintetik hisobini tashkil qilishga asos bo`ladi.
Sub‘ektning buxgalteriyasi "Moddiy qiymatliklarning harakati" (pul ko`rinishida) qaydnomasidan foydalangan holda TMZ harakatini so`m ko`rinishida hisobga olib boradi. Ushbu qaydnoma TMZ butligini nazorat qiluvchi, joylarda harakatini hisobga oluvchi asosiy registr hisoblanadi. Ushbu 10-qaydnoma quyidagi tarkibda tuzilgan:

  1. bo`limda — singetik schetlar va guruhlar bo`yicha hisob-reja bahosida va haqiqiy tannarxida TMZ kirimi va qoldiq summasi;

  2. bo`limda — transport-tayyorlov sarflari va materiallarning guruhlari bo`yicha haqiqiy tannarxi bilan hisob-reja tannarxi o`rtasidagi farqning summa va foiz ko`rinishlari;

  3. bo`limda — haqiqatda sarflangan TMZ haqiqiy tannarxini hisoblash, ombordan jo`natish, bo`limlarda sarflanishi, bo`limlardagi, markaziy ombordagi qoldiqi (haqiqiy va hisob-reja tannarxida).

10-qaydnomani tuzish uchun ma‘lumotlar omborning registrlari va M-4 jamg‘arma qaydnomasidan olinadi.
10-qaydnomaning 3-bo`limida buxgalteriya hisobining muhim ko`rsatkichlaridan biri bo‘lmish sarflangan TMZ haqiqiy tannarxi, ularning haqiqiy sarfi, materiallar guruhi bo`yicha oy oxiridagi qoldig‘i to`g‘risidagi balans moddalarini to`lg‘azish uchun zarur ma‘lumotlar keltiriladi.
Endi tovar moddiy zahiralarni hiobga olishning buxgalterik uslubi haqida to‘xtalsak. Avvalo, shuni qayd qilish kerakki, TMZlarni hisobga olishning buxgalterlik uslubini tovar-moddiy boyliklar soni uncha ko‘p bo‘lmagan korxonalarda qo‘llanish tavsiya qilinadi.
Materiallarning tayinlanishi va ishlab chiqarish jarayonida foydalanishini turkumlash korxona buxgalteriyasi tomonidan ularning sintetik hisobini to‘gri tashkil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Materiallarning har bir guruhi tegishli schyotlarda hisobga olinadi. Bu 1000- «Materiallar» sintetik schyot bo‘yicha ochilgan ikkinchi tartibli schyotlarda ularning analitik hisob ma‘lumotlari bo‘yicha to‘liq ma‘lumotlar hisobga olinadi.
Bunday uslub qo‘llanilganida xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt buxgalteriyasida subschyotlar razryadida (1010) ishlab chiqarish zahiralarining har bir turi uchun son-miqdorli hisob-kitob varaqalari ochiladi. Buxgalter ushbu varaqalarda ombordan kelib tushgan dastlabki asoslovchi hujjatlar (kirim orderlari, TMZlarni qabul qilib olish dalolatnomalar, yuk xati talabnomalari va boshqalar) ning ma‘lumotlari asosida moddiy boyliklar xarajati (saldo, kirim, chiqim) ni aks ettiradi. Shunday qilib, ombordagi hisob-kitob varaqalaridagi axborot keyinchalik moddiy javobgar shaxslarga doir tovar-moddiy boyliklarning sintetik schyoti (1010) ning har biri uchun alohida ochiladigan analitik (son-miqdorli) aylanish vedmostlariga ko‘chiriladi. Materiallarning ombor (M-12 shakli) va buxgalterlik hisob-kitobi (son-miqdorli) varaqalarida operatsiyalarni aks ettirish to‘g‘riligi va to‘liqligini tekshirish maqsadida har oyda moddiy boyliklarning har bir turi bo‘yicha ularning natural ko‘rsatkichlarini quyidagi pozitsiyalar yuzasidan taqqoslash o‘tkaziladi: Oy boshidan saldo, oydagi kirim va chiqim bo‘yicha aylanishlar, oy oxiridadagi saldo. Bu ko‘rsatkichlar ombor va buxgalteriya varaqlarda bir x il bo‘lishi lozim, chunki kirim va chiqim bo‘yicha barcha operatsiyalar bir xildagi dastlabki hujjatlar ma‘lumotlari asosida ro‘yxatga olinadi. Agar nomuvofiqlik aniqlansa, analitik hisob-kitobda yo‘l qo‘yilgan xatoni topish va bartaraf qilish kerak. Shuningdek, aylanish vedomostlarining yakuniy ma‘lumotlari ham bosh daftarga yoki nazorat jurnalida qayd qilingan 1010 schyotdagi aylanishlar va qoldiqlar bilan taqqoslab chiqilishi kerak: ular ham bir x ilda bo‘lishi lozim. Tafovutlar bo‘lishi sintetik hisob-kitobda xatoga yo‘l qo‘yilganidan dalolat beradi.
Ishlab chiqarishga xom-ashyo va materiallar kiritilishi har uchala usulda ham
bir xil rasmiylashtiriladi. Bunda quyidagicha xo‘jalik o‘tkazmalari amalga oshiriladi:3

    1. To‘g‘ri material xarajatlari mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatishga hisobdan chiqarildi:

Dt 2010 ―Asosiy ishlab chiqarish‖
Kt 1010-1090 ―Materiallarni hisobga oluvchi schotlar‖

    1. Yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun materiallar sarflandi: Dt 2310 ―Yordamchi ishlab chiqarish‖

Kt 1010-1090 ―Materiallarni hisobga oluvchi schotlar‖

    1. Umumishlabchiqarish maqsadlarida materiallar sarflandi: Dt 2510 ―Umumishlab chiqarish‖

Kt 1010-1090 ―Materiallarni hisobga oluvchi schotlar‖

    1. Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar ehtiyojlari uchun materiallar sarflandi: Dt 2710 ―Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar‖

Kt 1010-1090 ―Materiallarni hisobga oluvchi schotlar‖

    1. Materiallarning asosiy ishlab chiqarishdan qaytarilishi, o‘zida ishlab chiqarilgan materiallar, shuningdek qaytariladigan chiqindilarning kirim qilinishi:

Dt 1010-1090 ―Materiallarni hisobga oluvchi schotlar‖ Kt 2010 ―Asosiy ishlab chiqarish‖
Material qiymatliklar butligini amaliy nazorat qilishni ta‘minlashda korxonada ta‘minot bo‘limini tashkil etish, shuningdek, ombor va torozi o‘lchov xo‘jaligining holati katta ahamiyatga ega. Shu boisdan, korxona bo‘yicha chiqarilgan buyruqda har bir omborga doimiy raqam berkitilib, keyinchalik bu raqam mazkur omborga tegishli barcha hujjatlarda ko‘rsatiladi. Хo‘jalikda bir necha omborda ma‘lum guruh materiallar saqlanishi kerak. Shu maqsadda materiallarni saqlash joylariga yorliq (M- 36-shakl) yopishtirib qo‘yiladi. Omborlar to‘g‘ri torozi o‘lchov buyumlari va o‘lchov idishlari bilan ta‘minlangan bo‘lishi kerak.





3 “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schotlar rejasini qo’’ash bo’yicha yo’riqnoma (21-sonli BHMS)”

    1. Download 234,87 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish