Politexnika instituti



Download 234,87 Kb.
bet2/10
Sana24.04.2022
Hajmi234,87 Kb.
#578320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
«moliyaviy hisob»-конвертирован

Tovar-moddiy zahiralar - bu xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning quyidagi shakldagi aktivlaridir:

  1. ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida ishlatilishi ko‘zda tutilgan xomashyo, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg‘i, extiyot qismlar, boshqa materiallar;

  2. tugallanmagan ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish;

v) xo‘jalik yurituvchi subektning faoliyatida sotish uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulot va tovarlar.
Sotib olingan yarim fabrikatlar-qayta ishlashning ma‘lum boskichini utgan, lekin tayyor maxsulot xolatiga etmagan xom-ashyo va materiallardir. Maxsulot ishlab
chikraish jarayonida ular ham asosiy materiallar rolini bajaradi va ularning moddiy asosini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarishdan qaytarilgan chikindilar-tayyor maxsulot ishlab chiqarish jarayoniga sarflangan xom-ashyo va materiallar, yarim fabrikatlar qayta ishlash jarayonidagi qoldiqlari.
yokilgilarni uchga bulish mumkin,-texnologik yokilgilar, dvigatel va xujalik yokilgilari. Texnologik yokilgilar texnologik maqsadlar uchun foydalaniladi. Dvigatel yokilgilari esa dvigatelni yurgizish uchun ishlatiladi. Xujalik yokilgilari isitish uchun foydalaniladi.
Tara va tara materiallari (korobkalar, koplar va boshqalar) tayyor maxsulotlar, yarim fabrikatlar, materiallar va boshqa narsalarni kadoklash, transportirovka qilish va saklash uchun foydalaniladi.
Extiyot kismlar-mashina, asbob-uskuna va boshqa mexnat vositalarini ta‘mirlash uchun ishlatiladi.
Bundan tashqari ishlab chiqarish zahiralari har bir turkumning ichida ham ma‘lum belgilari va sifat kursatkichlariga qarab guruhlanadi. Masalan: Materiallarning yuqoridagi turkumlanishi ularning sintetik va analitik xisobini tashkil qilish uchun foydalaniladi.
Inventarlash qilinayotgan davrda kompaniyaning egalik qilish huquqi bo‘lmagan tovarlar aniqlanishi mumkin. Bu mijozning buyurtmasiga asosan tayyorlangan, u tomonidan to‘langan (ya‘ni, oldi-sotdi bitimi bajarilgan), unga qarashli va jo‘natishni kutayotgan tovarlardir. Ularni sotish jarayonini qayd qilish zarur..
Aytilganlar asosida materiallar hisobining vazifalariga quyidagilar kiradi:
Materiallar harakati bilan bog`liq o‘zgarishlarni o‘z vaqtida tegishli hujjatlarda rasmiylashtirish;
Materiallarni joylashda ularning to`g`ri saqlanishi ustidan nazorat olib borish; Moddiy-teхnika ta`minoti rejasining bajarilishi ustidan nazorat olib borish;
Materiallarning ishlab chiqarishga to`g`ri berilishi va ularni sarflash me`yoriga rioya qilish ustidan nazorat olib borish;
Mahsulot tannarхini hisoblashda sarflangan materiallarni kalkulyatsiya ob‘ektlari o`rtasida to`g`ri taqsimlash;
Ichki resurslarni ishga solish maqsadida ortiqcha va foydalanilmayotgan materiallarni aniqlash va sotish.
Ushbu vazifalarni bajarishda korхonaning ta`minot tizimini va ombor хo‘jaligini tashkil qilishni yaхshilash muhim rol o‘ynaydi. Shu jumladan, materiallarni saqlash uchun omborni yaхshi jihozlash, uni kerakli tarozilar va o‘lchov asboblari bilan ta`minlash zarur. Materiallar hisobini to`g`ri olib borishning muhim shartlaridan biri ularni turkumlashdir.
Materiallar hisobini to‘g‘ri tashkil qilishda ularni ilmiy asosda turkumlash muxim ahamiyatga ega.
Materiallar yangi mehnat mahsulotini yaratishdagi roliga qarab ikkiga bo`linadi:

  1. Хom-ashyo va asosiy materiallar,

  2. Yordamchi materiallar.

Ishlab chiqarishilayotgan mahsulotning asosini asosiy materiallar tashkil kiladi. Masalan, mashinasozlikda - metall, mebel ishlab chiqarishishda - yog`och, gazlama ishlab chiqarishishda - paхta va boshqalar.
Qazib chiqaruvchi sanoat va qishloq хo‘jaligi mahsulotlari хom-ashyo deb ataladi. Masalan, neft, ruda, paхta, qandlavlagi va boshqalar. Boshqa korхonalardan olinadigan mashina va agregatlarning turli detallari va boshqalar yarim tayyor mahsulotlar deb ataladi. Хom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlar asosiy materiallarga o‘хshab mahsulot asosini tashkil qiladi.
Yordamchi materiallarga ishlab chiqarishilayotgan mahsulotning asosini tashkil qilmaydigan, mahsulotga ma`lum sifat berishi yoki korхona хodimlarining mehnat sharoitini yaхshilash maqsadida (mehnat jarayoni uchun binoni ozoda tutishda, estetik did berishda, shinam qilishda) ishlatilayotgan har хil materiallar kiradi.
Shuni e‘tiborga olish zarurki, materiallarni asosiy va yordamchi materiallarga bo‘lish shartli harakterga ega bo‘lib, bir tarmoqda asosiy hisoblangan materiallar boshqa tarmoqlar uchun yordamchi material bo‘lishi mumkin.
Korxonada ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishni yengillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida ularni turkumlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ishlab chiqarish zahiralari ulardan foydalanishning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:1

  • Xom-ashyo - mahsulotning moddiy asosini tashkil etadigan mehnat ashyolaridir. Masalan, paxta, ruda va boshqalar;

  • Materiallar - xom-ashyoga ta‘sir etish uchun qo‘llaniladigan va mahsulotga ma‘lum iste‘mol xususiyatini berishda foydalaniladigan vositalardir. Ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini tashkil etadi, ya‘ni gazlama, charm, metall va hokazolar;

  • Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar - ma‘lum darajada ishlov bosqichidan o‘tgan, lekin hali pirovard mahsulot darajasiga yetkazilmagan mahsulotlar;

  • Yoqilg‘i - ko‘mir, benzin, torf, gaz hamda neft mahsulotlari;

  • Ehtiyot qismlar - mashina va jihozlarni tuzatishda, ishdan chiqqan qismlarni almashtirishda qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlarning detal, agregat va qismlari;

  • Qurilish materiallari - bevosita qurilish va montaj ishlari jarayonida, qurilish qismlarini tayyorlashda, bino va inshootlarning alohida konstruktsiya va qurilmalarini ko‘tarishda va qurib tugatishda foydalaniladi. Ularga qurilish uchun zarur bo‘ladigan yog‘och-taxta, shifer, mix va boshqalar kiradi;

  • Idish va idish materiallari - turli material va mahsulotlarni o‘rash, joylashtirish, tashish hamda saqlashda ishlatiladigan buyumlardir. Ularga yog‘och, karton, metalldan yasalgan, shisha va boshqa idishlar kiradi;




1 “Tovar moddiy zahiralar (BHMS 4)”

  • Inventar va xo‘jalik anjomlari - ushbu guruhga korxona xo‘jalik faoliyatida ishlatiladigan inventar buyumlar hamda arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar kiradi;

  • Boshqa tomonga qayta ishlashga berilgan materiallar - korxona balansida turgan, qayta ishlash uchun boshqa korxonaga berilgan materiallar. Ularga, asosan, qayta ishlash uchun o‘zga korxonaga berilgan o‘simlikchilik, chorvachilik hamda o‘rmon xo‘jaligi mahsulotlari kiradi;

  • Boshqa materiallar - yuqoridagi satrlarda ko‘rsatib o‘tilmagan boshqa materiallar kiradi. Ularga chiqitlar, tuzatilmaydigan braklar, metallom va boshqalar misol bo‘ladi.

Modernizatsiyalash sharoitida xom-ashyolar, materiallar va yoqilg‘ilar xarajatlari salmog‘ini kamaytirishga o‘xshagan sifat ko‘rsatkichlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunga ilg‘or konstruktiv materiallardan, metall upalari va plastmassalardan, qimmat turadigan materiallar o‘rniga mahsulot sifatini pasaytirmaydigan, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytiradigan arzon materiallardan foydalanish yo‘li bilan erishiladi.
Тabiat resurslaridan kompleks foydalanish zarur, yo‘qotishlar va noratsional sarflarga barham berish zarur, xo‘jalik aylanmasiga ikkilamchi resurslarni, shuningdek yo‘l - yo‘lakay mahsulotlarni keng jalb qilish kerak.
Ishlab chiqarish jarayonida turli material qiymatliklaridan foydalaniladi. Ularni xo‘jalik yurituvchi subyektlarda materiallardan foydalanish usuli va ishlab chiqarish jarayonida foydalanishiga qarab turkumlarga ajratish mumkin. Sanoat korxonalarida, bundan tashqari, materiallar texnik xususiyatlariga qarab qora metallar, prokat, trubalar, rangli metallar, ximikatlar va hakozalarga bo‘linadi.
Buxgalteriya hisobining axborotlari materiallardan ratsional foydalanish, xarajat normalarini kamaytirish, materiallarni oqilona saqlash va ularni butligini ta‘minlash yo‘li bilan mahsulot tannarxini kamaytirishga undashi kerak.
Bu sohada buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • material qiymatliklarni joylarida saqlash va ulardan barcha bosqichlarda foydalanish ustidan nazorat qilish;

  • materiallar harakati bo‘yicha barcha muomalalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hujjatlashtirish; ularni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni aniqlash va aks ettirish; saqlash joylari va balans moddalari bo‘yicha sarflangan materiallar va ularning qoldiqlarini haqiqiy tannarxini hisoblash;

  • belgilangan zahira normalariga rioya qilish ustidan nazorat qilish, ortiqcha foydalanilmaydigan materiallarni aniqlash, ularni sotish;

  • material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida olib borish, yo‘ldagi va fakturlanmagan materiallar ustidan nazorat qilish.

Buxgalteriya hisobi oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun qo‘yidagilar zarur: narx – nomenklaturaga ega bo‘lishi; aniq hujjatlashtirish va hujjat aylanish tizimini belgilab olish; belgilangan tartibda materiallar qoldiqlarini inventarizatsiya qilish va tanlab nazorat qilishni uyushtirish, ularning natijalarini buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirish; hisobni avtomatlashtirishning hozirgi zamon vositalarini keng qo‘llash.
Shunday qilib, xo‘jalik yurituvchi subyektlar materiallardan optimal foydalanish va ularning ishlatilishini belgilangan me‘yorlarga muvofiq sarflashda bevosita buxgalteriya hisobining naqadar to‘g‘ri tashkil etilishi hamda uning nazorat qilish funksiyasining amal qilinayotganligiga ham bog‘liqdir.

    1. Download 234,87 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish