Tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, dunyodagi ilk muzey Museon deb nomlanib, oʻquv maskani koʻrinishida boʻlgan va taxminan eramizdan avvalgi 290-yili Aleksandriyada Ptolomey-1 tomonidan tashkil etilgan. Uning tarkibida turar joylar, ovqatlanish hamda mutolaa xonalari, oʻsimlik va hayvonot bogʻlari, rasadxona hamda kutubxona ham boʻlgan. Keyinchalik esa, tibbiyot va astronomiyaga oid jihozlar, jonivorlarning qotirilgan nusxalari va shu kabi oʻquv jarayonlarida asqatadigan turli namoyish qurollari ham muzeydan oʻrin ola boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |