Polineziya (yun. poli... va nesos — orol) — Okeaniyadagi orollar. Tinch okeanning markaziy qismida, 23°30’ shahrik. — 28° j.k. va 176° shq.u. — 109°20’ gʻ.u.lar oraligʻida. P. tarkibida Tonga, Gavayi, Tuvalu, Feniks, Tokelau orollari, Kuk arxipelagi, Gʻarbiy Samoa, Sharqiy Samoa, Layn, Tubuai, Markiz orollari, Pasxa orol, Jamiyat orollari, Tuamotu orollari va boshqa bor. Maydoni 26 ming km². Orollarning aksari qismi vulkan otilishi natijasida paydo boʻlgan yoki marjon orollardir. Vulkan orollari relyefi togʻlik (eng baland joyi 4205 m, Gavayi oroldagi Mauna-Kea soʻngan vulkani), marjon orollarining yer usti yassi va pasttekislik. Gavayi, Samoa va Tonga orollarida harakatdagi vulkanlar mavjud. Foydali kazilmalardan fosforit, boksit konlari bor. Orollar marjon riflari bilan oʻralgan. Iqlimi ekvatorial, tropik, passatli iqlim. Oʻrtacha yillik temperatura 22—26°. Yillik yogʻin 1500 mm dan 3500 mm gacha, kuchli dovullar boʻlib turadi. Orollar doim yashil subekvatorial va tropik oʻrmonlar bilan qoplangan, shamolga teskari yon bagʻirlar savannalardan iborat. Sohillarda kokos palma-si, non daraxti, pandanuslar usadi. Kofe, kakao, kauchukli daraxtlar oʻstiriladi. Shakarqamish, ananas, sholi, yams, maniok yetishtiriladi. Dengiz hayvonlari ovlanadi, marvarid olinadi. Xalqaro turizm rivojlangan. P. orollari yevropaliklarga 16-asr oxiridan maʼlum. Okeaniya deb- atalgan bepoyon Tinch okeanida joylashgan kwp sonli katta-kichik arxipelag va orollarda turli xalq va elatlar yashaydi. Odatda ularni uch qismga bwladilar. Polineziya Yangi Zelandiya bilan, Melaneziya Yangi Gvineya bilan va Mikroneziya. Okeaniya xalqlari beshinchi qit`a aholisiga qaraganda nisbatan yuqori madaniyatga ega bwlgan. Dastlabki odamlar Melaneziyaga Janubi-sharqiy Osiyodan neolit davri boshlarida kelganlar. Antropologik jihatdan umuman yagona turga ega bwlgan melaneziyaliklar (qora tanli, jingalak sochli negroidlar mazkur viloyat nomini kelib chiqishiga sabab bwlgan, chunki melaneziya – «qora orollar» degan ma`noni anglatadi) Okeaniyaning eng qadimiy aholisi hisoblanadi. Antropologik va lingvistik jihatdan ham polineziyaliklar Janubiy Osiyoga borib taqaladi. Ular til va madaniy qiyofasi bilan umumiy xarakterga ega bwlsa-da, irqiy jihatdan negro-avstraloid va mongoloidlar aralashmasidan tashkil topgan wziga xos tipdan iborat. Malayya-polineziya til oilasiga kirgan indoneziya tiliga ekanligi ham polineziyaliklarning vatani Osiyo bilan bog`liq degan fikrni ma`qullaydi. Moddiy va ma`naviy madaniyat belgilarining ancha qismi ham polineziyaliklarni Indoneziya va Hindi-Xitoy (Malayziya) bilan bog`laydi. Etiboringiz uchun rahmat Diniy e`tiqodda buyuk tabiat xudolariga sig`inish kuchli bo’lgan. Butun Polineziyada to’rtta xudo Tane, Tu, Rongo, Tangaroa tabiat kuchlarini ifodalaydi. Shuning uchun ham, kosmogonik afsona va rivoyatlar keng tarqalgan. Shunisi qiziqki, xalq ijodining asosiy ma`nosi olam va inson bepoyon Okeaniya orollarini izchil -lik bilan egallashi tarixidan kelib chiqqan. Barcha afsona va rivoyatlarning bosh qahramonlari jasur dengizchilar, yangi er va arxi-pelaglar axtaruvchi sayyohlar ekanligi shundan. Diniy e`tiqodlarning xususiyati har bir inson tug`ilishi bilan qudratli g`ayritabiiy kuchmanaga ega bo’lishdan iborat. Mana juda xavfli bo’lib, birovga tegsa o’lim keltirishi mumkin. U tabaqalarga qarab har xil kuchga ega, qullarda mana bo’lmagan, ammo buyuk boshliqlar qudratli mana egasi hisoblangan. «Mana» tushunchasi «tabu» - so’zi bilan bevosita bog`liq. Nimaiki managa ega bo’lsa, o’sha narsa xavfli, ya`ni unga tegish man qilingan – tabu qwyilgan. Tabu so’zi asli Polineziyada paydo bo’lib, uni dastlab Evropaga atoqli dengiz sayyohi Kuk keltirgan. Tabu orolliklarda juda keng tarqalgan jamiyatdagi kasta (tabaqalanish) tizimini ifodalaydi. Barcha diniy urfodat va marosimlar kohinlar qwlida bwlib, ular merosiy kasta hisoblangan. Kohinlar ham tadaqalangan, ba`zilari ibodatxonalarda xizmat qilsa, ayrimlari tabibchilik, folbinlik bilan shug`ullanganlar. Qabila boshliqlari bilan kohinlar qavmqarindoshchilik munosabatiga kirishganlar. Ibodat qilish ashula aytish yoki duo wqish, qurbonlik qilishdan iborat bwlgan. Anchadan beri mustaqil davlat hisoblangan (1907-yildan dominion hududiga ega) Yangi Zelandiyaning 3,2 milliondan ortiq aholisining 80%i Buyuk Britaniya va Irlandiyadan kelgan, tub aholi maorilar esa hozir taxminan 300 ming kishini tashkil qiladi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |