Polimerlarning kristall holati



Download 0,65 Mb.
bet4/6
Sana26.02.2022
Hajmi0,65 Mb.
#473435
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Маъруза5

b) Mono- va parakristallar. Polimerlarning nuqsonsiz, ya’ni eng yuqori darajada takomil topgan - ideal kristalli monokristall deyiladi. Monokristall yagona kristall panjaradan iborat bo‘lib, uning uch o‘lchamli yacheykasining faqat bir o‘qi yo‘nalishi bo‘yicha makromolekulalar bir xil parallel joylashadi. Tugunlar orasidagi masofa o‘zgarmasdan ular o‘rtasidagi burchak o‘zgarsa, bunday fazoviy tuzilishga ega bo‘lgan polimer tuzilish parakristall deyiladi. Polimer kristallaridagi nuqsonlar termodinamik o‘tishlar va fazaviy almashishlar sodir bo‘ladigan harorat sohasining kengayishiga va mexanik xossalarining o‘zgarishiga olib keladi.
Monokristallar, odatda, suyultirilgan eritmalardan (C < 1 %) sekin sovutish yoki muvozanatli erish haroratidan past ma’lum bir izotermik haroratda shakllanadi. Monokristallning tashqi ko‘rinishi (o‘lchami, shakli, tuzilishini muntazamligi) polimerning kimyoviy tuzilishi va kristallanish sharoitiga (harorati, konsentratsiyasi, erituvchining tabiati, sovutish tezligi va sh.k.) bog‘liqdir.
с) Lamella va kristallitlar. Monokristall, romb shaklidagi ko‘p qatlamli sodda plastinka ko‘rinishida bo‘ladi. Uni odatda lamella ham deyishadi. Masalan, polietilenni C = 0,01 % ksiloldagi eritmasini 80 oC dan asta sekin sovutish orqali monokristalli plastigi shakllantiriladi. Plastikning qalinligi 10-15 nm, uzunligi esa 1 mkm dan oshmaydi. Bunda a va в kristall yacheyka o‘qlari rombning uzun va qisqa diagonallariga mos keladi hamda makromolekulalar с o‘q bo‘yicha yo‘nalgan bo‘lib, ular kristall tekisligiga tik joylashgan bo‘ladi.
g) Sferolit va fibrillalar. Sferolit deb markazdan radial tarqaluvchi nurlardan tuzilgan sferik simmetrik ravishda tashkil topgan fazoviy tuzilishga aytiladi. Sferolitlar polimerlarning suyultirma va yuqori konsentratsiyali eritmalardan kristallanishi tufayli hosil bo‘ladi. Sferolitlar o‘lchami nihoyatda keng masshtabda bo‘lib, u bir necha mikron dan millimetr gacha, ayrim hollarda santimetr gacha etadi. Kristallanishning bu turi polimerlar uchun nisbatan ko‘proq tavsiflidir.
Sferolitlar ko‘plab fibrillyar yoki plastinkasimon kristallardan tuzilgan bo‘lib, ular radial yo‘nalishda, bir biriga nisbatan ma’lum tartibda, umumiy markazdan boshlab o‘sadi. Makromolekulalar sferolitlarning radiusiga nisbatan tik yoki 60o dan kam bo‘lmagan burchak hosil qilgan holda joylashgan bo‘ladi. Sferolitlar deyarli barcha kristallanuvchi polimerlarga xos strukturadir. Ular plenkalar, plastinka, tolalar, konstruksion polimer materiallar tarkibida uchraydi.
Radial simmetriyaning mavjudligi sferolitlarga anizotropik xossa beradi. Buni yupqa polimer plenkalar polyarizatsion nurlar orqali kuzatilganda ko‘rish mumkin. Ularni optik-anizotropik shakliga qarab radial yoki halqasimon sferolitlarga ajratiladi. Optik anizotropiyasi maltiya krestiga o‘xshagan namunalar radial sferolit va rang-barang halqalar mavjud bo‘lsa halqasimon sferolitlar deyiladi.
Fibrillalar - ko‘ndalang o‘lchami nisbatan cheklangan, mikro- va nanometrlarda bo‘lgan, bo‘ylama uzunligi deyarli cheklanmagan va makromolekulalari orientirlangan tartibda joylashgan ustmolekulyar, ya’ni kristall tuzilishdir. Fibrilla yorqin anizotropik xossaga ega bo‘ladi.
5.5. Qatlangan va rostlangan zanjirlar kristallanishi
Hattoki, makromolekulaning uzunligi 1000 nm dan ortiq bo‘lganda ham monokristall qalinligi dm » 20 nm dan oshmaydi. Bunday ustmolekulyar tuzilishda polimer zanjiri kristall tekisligiga tiklikni saqlab qolgan holda 180o ga ketma-ket ravishda burilib, qatma-qat taxlanadi. Bunda muntazam qatlamli va nomuntazam qatlamli monokristall plastinkalar hosil bo‘lishi kuzatiladi (5.5.1 rasmga qarang).

5.5.1-rasm. QZK tipidagi plastinka monokristallar ko‘rinishi: a - muntazam qatlamli (nuqtalar bilan zanjirning bukilgan joylari ko‘rsatilgan); b - nomuntazam qatlamli (plastinka sirtida zanjirning uchlari (1) va qismlari sirtmoq (2) ko‘rinishida ifodalangan); c - zanjirning yo‘nalishi; dm - monokristall qalinligi.
Ularning hosil bo‘lish jarayoni qatlangan zanjirlarning kristallanishi (QZK) deb yuritiladi. Masalan, 12 nm qalinlikdagi monokristallda taxminan 100 ta uglerod atomi joylashadi va buning asosidagi, massasi 105 bo‘lgan makromolekula 70 martacha qatlanadi. Plastinkaning sirtidan uning ichiga makromolekula qaytishi bir xil masofa va tartibli, ya’ni muntazam ravishda bo‘lsa, unda yuqori darajadagi QZK amalga oshadi. Agar makromolekulaning qaytishi har xil masofada va tartibsiz bo‘lsa, unda nomuntazam QZK natijasida monokristall plastinka yuzasida sirtmoq hosil bo‘ladi. Makromolekula doimo bir plastinkaning ichida bo‘lmasdan, ya’ni uning sirtidan chiqib boshqa plastinkalarning tarkibida bo‘lishi va ulardan qaytgan bo‘lishi ham mumkin. Bunday hollarda plastinka kristallit deb yuritiladi. Plastinkalarni tutashtirib turadigan makromolekula qismi o‘tuvchi zanjir deyiladi. O‘tuvchi zanjir qismi, odatda, amorf tuzilishga ega bo‘ladi (5.5.1,a - rasm).
Shuningdek, ma’lum bir kristallanish sharoitida (muvozanatli suyuqlanish haroratiga yaqin sohada) qattiq molekulali polimerlarning kristallanishida zanjirlar konformatsiyasi yoyilgan va rostlangan bo‘lsa o‘ta mukammal monokristallar olish mumkin (5.5.1,b-rasm). Shu kabi rostlangan zanjirlarning kristallanishi (RZK) tufayli olingan kristallarning с o‘qi bo‘ylab makromolekulalarning yo‘nalishi mos keladi va ularning qalinligi 200 nm dan oshmaydi. Bu jarayon kristallanishning termodinamik qulay va muvozanatli shakli bo‘lib, ular yuqori bosim ostida (107÷108 Pa), polimerlar suyuqlanganda, eritmalar oqayotganda va boshqa shu kabi holatlarda amalga oshadi.
Umuman olganda polimer kristallarning oddiy kristallografik parametrlari bir-biriga mos keladi. Monokristallning asosiy tavsifi - bu uning plastinkasini qalinligi bo‘yicha makromolekulaning qatlangan qismini uzunligidir (5.5.2-rasmga qarang).

a b


5.5.2-rasm. Qatlangan zanjirlar kritallanishi (a) va rostlangan zanjirlar kristallanishida (b) katta davrlarning (d) hosil bo‘lish chizmasi
Plastinka qalinligi (l) va o‘tuvchi qismi uzunligi (l’) ning yig‘indisi d = l - l’ butun polimer materiali uchun doimiy bo‘lib, u katta davr deyiladi. Aslida l/l’ nisbat orqali polimerni kristallanish darajasini baholash mumkin.


5.6. Polimerlarning orientatsion kristallanishi
Odatda makromolekulalar kristall tuzilishda ma’lum bir tartibda joylashadi. Orientirlangan makromolekulalar deyarli barcha tolalar asosini tashkil etadi va ular fibrillyar kristall tuzilishida bo‘ladi. Ammo kristall strukturaning hosil bo‘lishining sabablari, ayniqsa, tolalarda fibrillalararo qatlamlarni vujudga kelishi to‘liq o‘rganilmagan (5.6.1-rasm).

5.6.1-rasm. Polivinil spirt tolasining fibrillyar tuzilishini elektron-mikroskopik tasviri

Orientirlangan amorf-kristall polimerlar asosidagi fibrillalar bo‘ylama yo‘nalish bo‘yicha yuqori tartibga ega kristall sohalar kam tartiblangan amorf sohalar bilan ketma-ket joylashgan. Ushbu sohalarning ko‘ngdalang va bo‘ylama o‘lchamlari bir necha nanometrlardan to o‘nlab nanometrlargacha bo‘ladi.


Amorf polimerlardan tuzilgan fibrillalarda, makromolekulalar orientirlangan bo‘lsada, ularda uzoq tartibli bog‘lanish bo‘lmaydi, ya’ni amorflik xossasi saqlanadi. Kristallanuvchi polimerlar asosidagi fibrillalarda kristall sohalar makromolekulalarning uch o‘lchamli uzoq tartibli joylashishi bilan tavsiflanadi. Kristall sohalarning fibrillalari bo‘ylama yo‘nalishi bo‘yicha o‘lchami 10-50 nm gacha va ko‘ngdalang yo‘nalishi bo‘yicha o‘lchami esa fibrillaning hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liq bo‘lib, turli xil miqdorlarda bo‘lishi mumkin. Fibrillalarda bitta makromolekula bir nechta kristall va amorf sohalarda bo‘ladi (5.6.2-rasm). Agar makromolekulalar yuqori egiluvchanlikka ega bo‘lsa, ular kristall sohada ustma-ust qatlanishi va natijada, uning kattagina qismi kristall sohalarga kirishi mumkin. Egiluvchanligi cheklanganda yoki qattiq zanjirli polimerlar fibrillalarida kristall sohada qatlanishi deyarli bo‘lmasligi mumkin.




Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish