Polimeraza zanjir reaksiyasi (pzr)



Download 292,53 Kb.
bet2/3
Sana27.06.2022
Hajmi292,53 Kb.
#709252
1   2   3
Bog'liq
Polimeraza zanjir reaksiyasi (pzr)

PZR bosqichlari. PZR reaksiyasining asosiy tarkibiy qismlari Taq polimeraza, praymerlar, andoza DNK va nukleotidlar (DNK qurilish birliklari)dir. Ferment uchun zarur boʻlgan kofaktorlar bilan birga yuqoridagilar bitta probirkaga yigʻiladi, keyin yuqori va past harorat almashinib turuvchi takroriy siklga qoʻyiladi, natijada DNK sintezlanadi.
Asosiy bosqichlar:

  • Denaturatsiya (96 °\text C96°C96, °, start text, C, end text): DNK zanjirlarini denaturatsiya qilish yoki ajratish uchun reaksiyaga yuqori harorat beriladi. Natijada keyingi bosqich uchun kerakli bir zanjirli andoza hosil boʻladi.

  • Yumshatish (555555 - 656565°\text C°C°, start text, C, end text): praymerlar andoza DNKdagi komplimentar qismlariga bogʻlanishi uchun reaksiyada harorat pasaytiriladi.

  • Uzaytirish (72 °\text C72°C72, °, start text, C, end text): Taq polimeraza praymerlarni uzaytirib, yangi DNK zanjirlarini sintezlashi uchun reaksiyada harorat koʻtariladi.


Bu sikl oddiy PZR reaksiyasida 25- 35 marta takrorlanadi, umumiy hisobda DNKning koʻpaytiriladigan qismiga bogʻliq ravishda 24 soat vaqt sarflanadi. Agar reaksiya samarali (yaxshi natijali) boʻlsa, nishon qism bir nechtadan milliard marotabagacha koʻpayishi mumkin.
Chunki har reaksiyada faqat boshlangʻich DNK andoza sifatida xizmat qilmaydi, balki bitta reaksiyada yangi sintezlangan DNK ham keyingi reaksiyada andozaga aylanadi. Reaksiyada praymerlar va Taq polimeraza molekulalari juda koʻp miqdorda boʻladi, shu tufayli DNK molekulalari soni har reaksiya siklida ikki barobarga ortishi mumkin. Bunday eksponensial oʻsish darajasi quyidagi rasmda tasvirlangan.
PZR natijalarini vizual tekshirish uchun gel elektroforezdan foydalaniladi
PZR reaksiyasi natijalari odatda gel elektroforez usuli yordamida vizual (koʻz bilan koʻriladigan) tahlil qilinadi. Gel elektroforez – bu DNK fragmentlarini elektr toki yordamida gel matritsasi orqali oʻtkazib, ularni hajmiga koʻra ajratadigan usul. Odatda PZR namunasidagi boʻlaklarning oʻlchamlarini aniqlash uchun standart yoki DNK chizgʻichlari kiritiladi. Bir xil uzunlikka ega boʻlgan DNK fragmentlari gelda “tasma” hosil qiladi va gel DNK bogʻlovchi boʻyoq bilan boʻyalgan boʻlsa, oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin. Misol uchun, 400 asos jufti (aj) hosil boʻladigan PZR reaksiyasi gelda quyidagicha koʻrinishda boʻladi: DNK tasmasi DNK nishon qismining bitta yoki bir nechta nusxasini emas, balki juda koʻplab nusxasini oʻz ichiga oladi. DNK mikroskopik oʻlchamda boʻlgani sababli koʻz bilan koʻrish uchun juda koʻp nusxalar bir joyga yigʻilishi kerak. Bu PZR muhimligini koʻrsatuvchi yana bir isbot: DNK ketma-ketligi yetarlicha nusxada ishlab chiqariladi va koʻz bilan koʻrish orqali boshqariladi.

Download 292,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish