Polimerlar ikkiga bo’linadi:
1-Polipropilen-oq rangli qattiq, propilenning polimerizatsiyasi mahsulotidir va poliolifenlar sinfiga kiradi. Yangi yuqori texnologiyali materiallar ekologik jixatdan qulay va qayta ishlash oson. Zamonaviy jaxon iqtisodiyotning barcha asosiy tarmoqlarida: elektronika, mashinasozlik, qurilish va boshqa ko’plab soxalarda keng qo’llaniladi.
2-Polietilen-termoplastik etilen polimeridir. Dunyodagi eng keng tarqalgan plastik. Qayta ishlashda 2 dan 5 mm gacha bo’lgan granulalar shakliga kiradi. Elektr simlari, plyonka, temir mahsulotlarini izolyatsiya uchun ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda polimerlar asosida olingan mahsulotlar qishloq xo'jaligi, avtomobilsozlik, qurilish materillari va boshqa ko'pgina tarmoqlarda juda keng ko'lamda qo'llanilmoqda. Xususan, mamlakatimizda ham sintetik polimerlarning bir necha turlari - polipropilen (PP) (“Uz-Kor Gas Chemical” MChJ korxonasi), polietilen (PE) (Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi), polivinilxlorid (PVX) («Navoiyazot» AJ korxonasi) turli xil markalarda ishlab chiqarilib, xorijiy mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
O'zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari tomonidan yuqorida mazkur polimerlar asosida turli ekspluatatsion xossali polimer mahsulotlar olish ustida chuqur ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Institut va “UZKABEL” AJ korxonasi bilan tuzilgan xo'jalik shartnomasi doirasida polivinilxlorid (PVX) asosida kabel qoplamalari uchun kam tutun hosil qilish ko'rsatkichiga ega bo'lgan qiyin yonuvchan kompozitsiya olindi. Olingan kompozitsiya yong'inli muhitda qiyin alangalanish xossasini namoyon qilib, yong'inda zaharli tutun chiqarish ko'rsatkichi kam, kislorod indeksi ko'rsatkichi yuqori, hamda yong'in xavfsizligi talablariga javob beradi.
Hozirgi vaqtda kompozitsiyalarning sinov partiyasi chiqarilib, mazkur namunalarni kabel qoplamalarida qo'llash bo'yicha sinovlar olib borilmoqda.
Ushbu yo'nalishdagi tadqiqotlarni yanada rivojlantirgan holda polivinilxlorid/polietilen polimer aralashmalari asosida yuqori samarali kompozitsiya olish maqsadida izlanishlar olib borilmoqda.
Polimerlarning konsepsiyasi zamonaviy texnologiyada keng qo’llaniladigan murakkab kimyoviy moddalar ekanligi aytiladi.
Polimerlar o’zaro bog’lovchi vositalar bilan foydalangan holda kapsulalar uchun qoplamalar tayyorlashda foydalaniladi.
Bugungi kunda O`zbekistonda polimerlarni qayta iShlaSh korxonalari va ular iShlab chiqarayotgan maqsulotlar quyida keltirilgan:
- Oxangaronlenplast: PVX, PE lardan linoleum, truba, plyonka, santexnik buyumlar olayapti.
- . Jizzax plastmassa zavodi: 1972 yilda iShga tuShgan bo`lib, sobiq ittifoqda eng yirik korxonalar qatoriga kirgan.
- ToShkentda bir qancha plastmassalarni qayta iShlaSh korxonalari bor. Bularga "Sovplastital" QK, "Spetspolimerdrenaj", "GSKB po irrigatsii" maxsus rezina-texnika zavodi, deraza romini yasaydigan (PVX kompozitsiyasidan) quyoSh nuridan saqlaydigan uskunalar tayyorlovchi zavod va boshqalar mavjud.
- Angren rezina-texnika zavodi: kauchuklardan rezina tayyorlab ulardan keng iste`mol tovarlari va texnika uchun kerakli bo`lgan buyumlar iShlab chiharayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |