PKMlar
matritsasining
deformatsiyalanish
xususiyatiga
qarab
qovushoq-bikr va elastik kompozitlarga sinflanadi. Elastik kompozitlarga kauchuk
va rezinalarni misol keltirish mumkin.
Puxtalovchi elementlarining shakli bo'yicha
qatlamli va tolali turlarga
bo'linadi. Ularni xalq xo'jaligida armaturalar deb yuritiladi. Xususan,
tekstolitlarning qatlamli puxtalanishi matolar, lentalar va mato bo'lmagan
materiallar yordamida amalga oshiriladi. Plenkasimon puxtalangan materiallar esa-
qog’ozlar, shponlar, plenkalar yordamida olinadi. Tolasimon PKMlar elementar
uzluksiz ingichka tolalar, iplar, arg’amchilar va bu tolalarning mayda bo'laklari
yordamida olinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |