II. O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fani o’qitishdan maqsadi - talabalarda mashinasozlikda va boshqa soxalarda
qo’llaniladigan va qo’llanilishi rejalashtirilgan polimer materiallarning turlari,
tuzilishi, strukturasi, xossasi, markalanishi va ulardan buyumlar va detallar olishda
qo’llaniladigan eng mos texnologik usullarini tanlash bo’yicha yo’nalish profiliga
mos bilim, ko’nikma va malakani shakllantirishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy
ko’nikmalar, xodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv xamda ilmiy
dunyoqarashini shakllantirish vaziflarini bajaradi.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar
qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |