Polimer ishlab chiqarish jihozlari


Chizmalar tarqibi va soni



Download 1,19 Mb.
bet2/8
Sana23.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#696711
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“Сассia Rotaut 1200” rusumli rotasion shakllash mashinasi konsruksiyasi (2)

5.Chizmalar tarqibi va soni: 1. Asosiy dastgox
2.Asosiy dastgox qirqimi
6.Kurs loyixa raxbari: __________ dots. Ayxodjaev B.B.
7.Topshiriqni qabul qildim: “14” dekabr 2020 y.
8.Kurs loyixa bajaruvchi: Alixodjaeva M.M. _________
(imzo)
TOSHKENT–2021
MUNDARIJA

1.

Kirish

4

2.

Mavzuni asoslash

9

3.

Asosiy dastgoxning ishlash prinsipi va asosiy parametr, rejimlari

14

4.

Issiqlik balansi

19

5.

Asosiy dastgox mexanik hisobi

22

6.

Texnika xafsizligi

24

7.

Foydalanilgan adabiyotlar

29


KIRISH

Hozirgi kunda yurtimizda va dunyo bo’ylab rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan soxalar rivojlanib bormoqda. Jumladan yengil va to’qimachilik sanoati, mashinasozlik, radio va elektrotexnika, qurilish sanoatlari hamda qishloq xo’jaligining rivojlanishi turli tuman qimmatli xossalarga ega bo’lgan kimoviy tolalar, kauchuklar, lok va bo’yoqlar ishlab chiqarish bilan bog’liqdir. Ushbu talablarni inobatga olib va bexisob qimmatbaxo xom-ashyolar, ko’mir, neft va gazlarni moyiligini ko’zda tutib, O’zbekiston nafaqat tabiiy polimerlar diyori, shu bilan birga asosiy va ko’p tarmoqli sun’iy polimerlar va elastomerlar markaziga aylanib bormoqda.


Mustaqil O’zbekiston Respublikasining taraqqiy topishi, rivojlangan davlatlar qatorida o’z munosib o’rnini egallashi, hamda eng asosiysi xalq forovonligini har tomonlama o’stirish uchun xalq xo’jaligining barcha sohalarida yangi va zamonaviy texnologiyalarni qo’llash, ishlab chiqarish jarayonlarini sifatli va yuqori unumdorlik darajasida tashkil qilish zarur. Sanoatning eng muhim va eng murakkab tarmoqlaridan biri hisoblangan kimo sanoatining rivojlanishi xalq xo’jaligining barcha sohalarini taraqqiy topishiga, shuningdek Vatanimiz iqtisodiyoti va xalq farovonligini o’sishiga ijobiy ta’sir etadi. Shuni hisobga olgan holda yurtimizda bu sohani har tomonlama rivojlantirish uchun yurtboshimiz boshchiligida katta e’tibor qaratilmoqda va keng kо’lamli ishlar amalga oshirilmaqda.
Jahonda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz kengayib va chuqurlashib borayotgan bir paytda, hayot O’zbekistonda iqtisodiy-ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli barpo etilgan omillar bunday inqirozlar ta’sirini yumshatishga qodir ekanligini ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda jahon moliyaviy - iqtisodiy inqiroziga qarshi choralar dasturi ishlab chiqildi va uni amalga oshirish boshlab yuborildi. Mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning "Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari" asarida, inqirozga qarshi choralardan biri - bu" korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish" deb ta’kidlanadi. Yangi, raqobatbardosh texnologiyalarni qo’llash masalasi bevosita fan va ta’lim-tarbiya sohasiga ham tegishlidir.
Hozirgi kunda mamlakatni iqtisodiy rivojlantiruvchi asosiy sohalardan biri sanoat hisoblanadi. Mamlakatimizda kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xususiylashtirish, chetel invistitsiyalarini olib kirib zavot va fabrikalar qurish, yosh tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar berilib ularga shaxsiy biznesini rivojlantirish uchun moddiy va manaviy yordam berilib kerakli yo’l-yo’riqlarni o’rgatib, jamiyatda ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida ko’plab ishlar olib borilmoqda. Buning natijasida bo’sh ish o’rinlari yaratilib insonlarning turmush sharoiti yaxshinanmoqda. Shu o’rinda polimerlar sohasi ham jadal rivojlanmoqda. Misol uchun 2014-yilda ish boshlagan “Ustyurt Gaz-kimyo” majmuasi O’zbekiston va Janubiy Koreya qo’shma korxonasini keltirish mumkin.
Hozirda Vatanimizda inson ehtiyojlarini qondirish uchun va ularni ish bilan ta’minlash uchun juda ham ko’p imkoniyatlar yaratib berilgan. Masalan juda ham ko’p korxonalar, banklar, ishga tushirilgan. Xususan “Sovplastital” korxonasini oldigan bo’lsak, bu korxona juda ko’p yillardan beri o’z faoliyatini olib bormoqda. “Sovplastital” korxonasi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan boyitilib borilmoqda. “Sovplastital” xalq iste’moli uchun turli xil buyumlar ishlab chiqarmoqda.
Vatanimizda xo’jalik mollariga extiyoj tobora oshib bormoqda. Shu sababli kimyo sanoatini ya’ni ayniqsa polimer yo’nalishni yuksaklantirish maqsadida mening proektimga qo’yilgan mavzu juda o’rinlidir.
Nafaqat xalq xo’jalik emas balki texnika, meditsina, og’ir sanoat, qishloq xo’jalik va xokazo tarmoqlarida talab ortmoqda.
Hozirgi paytda plastmassa buyumlar turli hil usullar bilan ishlab chiqariladi. Bu usullarni aniqlash polimer turiga, uning dastlabki holatiga, shuningdek, buyumning shakli va o’lchovlariga bog’liq. Plastmassani qayta ishlash sanoati yangi usullar va uskunalarga asoslangandir. Individual polimerlar polimerkompozitlar va polimerlar aralashmasi bilan almashtirilib borilayapti. Bularning natijasida materiallarning hossalari kengaymoqda va ulardan xalq iste’mol buyumlaridan tortib to harbiy va kosmik texnikada qo’llaniladigan detallarni olish imkoniyatlari yaratilmoqda.
Ayni damda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida plastmasslarni qayta ishlashda yarim avtomat va avtomatlashgan liniyalarni qo’llash, mikroprotsessorli texnikani va sanoat robotlarini keng qo’llash hozirgi kun talabidir.
Sanoatda ishlab chiqarilgan polimerlarni qayta ishlash orqali undan turli xil buyumlar olish texnologiyalarini turli usullari ishlab chiqilgan. Misol uchun Ekstruziyalash orqali, Bosim ostida quyish usuli orqali, Kalandrlash orqali, Preslab buyum olish va Rotatsion shaklash usuli orqali turli xil buyumlar olish mumkin. Shularni inobatga olgan holda , menga topshirilgan kus loyiha ishida “Caccia Rotaut 1200” markali rotatsion shaklash mashinasi konstruksiyasi topshirilgan bu markali rotatsion mashinasida turli hajmli bolalalar o’yinchog’i detalini olish mumkin. Aynan shu usulda buyum olish topshirilgan deydigan bo’lsak, bu usulda yaxlit bir buyumni o’zini ichi bosh holatda ishlab chiqarish mumkin bo’ladi. Bolalar o’yinchog’i ham huddi shunday yaxlit bir buyum xisoblanadi. Bu usulni boshqa usullardan asosiy farqi ham aynan shunda bo’ladi. Kurs loyihamni keyingi qisimlarida men Rotatsion mashinani ishlash va qanday detallardan tuzilgani yoritib berishga harakat qilaman.


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish