Polifenollarning foydalari
Polifenollar hujayralarni erkin radikallardan himoya qiladi, ular hujayralar membranalariga, genetik materiallarga, lipidlarga va oqsil tuzilmalariga zarar etkazishi mumkin. Polifenollar stress, giyohvand moddalarni iste'mol qilish va spirtli ichimliklar tufayli kelib chiqqan oshqozon yarasi va o'n ikki barmoqli ichak yaralarini rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Erkin radikallarning salbiy ta'sirini zararsizlantirish uchun siz kuniga bir necha meva porsiyasini iste'mol qilishingiz kerak.
Polifenollar yallig'lanishga qarshi, antibakterial va antiviral ta'sirga ega. Shuningdek, ular tromboz va aterosklerozning oldini oladi. Polifenollar kollagenni bog'laydi va gistamin hosil bo'lishining oldini oladi. Zamonaviy bilimlar asosida, allergiya va past xolesterolni oldini olish uchun polifenollarning foydali ta'siri haqida ma'lumot topish mumkin.
3. Terpenoidlar (yoki izoprenoidlar) tabiiy birikmalarning keng bir guruhi bo`lib, ular o`simlik dunyosidа (hayvonlarda ham) keng tarqalgan. Terpenlar yoki izoprenoidlar biologik faol moddalarning katta guruhini tashkil qiladi. Ularning ilk vakillarini 1887 – 1889 yillarda O.Vallax va U.G.Perkinlar birinchi marta skipidar (terpenli moy – guruh nomi shundan kelib chiqqan) dan ajratib olingan.
Bu birikmalarning izoprenoid deyilishini sababi, bu molekulalarning uglerod skeleti izoprenolli (izopentanli) (C5H8)n fragmentlardan tuzilgan. Bunday birikmalarga turlicha tuzilgan moddalar: efir moylari, smolalar, steroid birikmalar, karotinoidlar, kauchuk, poliprenol va boshqalar kiradi. Ilgari terpenlar deyilganda asosan efir moylari to`g`risida fikr yuritilar edi. Chunki ko`pchilik efir moylarining engil uchuvchan fraktsiyalari C10H16 umumiy formulaga ega bo`lgani uchun ularni terpenlar deb atalgan edi. Keyinchalik o`simlik tarkibidagi moddalarning kimyoviy tuzilishini keng ko`lamda o`rganish natijasida o`simliklardan umumiy formulasi efir moylariga yaqin bo`lgan bir qancha moddalarni topish, yangi efir moylarini ajratib olish va ular tarkibini aniqlash sababli “terpenlar” termini shu tipdagi moddalarni o`z ichiga olishga torlik qilib qoldi. Shuning uchun umumiy formulasi (C5H8)n bo`lgan hamma tabiiy birikmalarni bitta so`z bilan ifoda qilish maqsadida keng ma`nodagi “terpenoidlar” (“izoprenoidlar”) termini (atamasi) qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |