YUQORI BOSIMLI POLIETILEN
Sanoatda yuqori bosimli (YuBPE) polietilen etilenni 200-280℃ da 150-300 MPa bosim ostida kondensirlangan gaz fazasida radikal polimerlanish initsiatorlari ishtirokida polimerlab olinadi. Olingan polimer 920-930 kg/m3 zichlikka, 80000-500000 o`rtacha massaviy molekulyar oqirlikka va 50-65% kristallik darajasiga ega bo`ladi.
YUQORI BOSIMLI POLIETILEN OLISH JARAYONINING JIHOZLARI
Sanoatda YUMB polietilenni ishlab chiqarish uchun bir-biridan konstruktsiyalari bilan farqlanuvchi ikki xil reaktor qo`llaniladi. Bulardan biri ideal siqib chiqarish printsipida ishlovchi quvur ko`rinishidagi apparat bo`lsa, ikkinchisi aralashtirgichli idel aralashtirish printsipidà ishlovchi, aralashtirgichli avtoklavlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |