Hayot faoliyatida muhim bo’lgan biologik faol moddalar - Katta e'tibor organik moddalarning kimyoviy tuzilishi va stereokimyosiga qaratilgan, chunki moddalarning biologik faolligi ko’p jihatdan ularning fazoviy tuzilishi bilan bog’langandir. Bioorganik kimyo fani o’rganadigan asosiy soxalariga biologik polimerlar va bioboshqaruvchilar kiradi.
- Biopolimerlar - yuqori molekulyar tabiiy birikmalar. Bularga peptidlar, oksillar, polisaxaridlar va nuklein kislotalar kirsa, bioboshqaruvchilar - modda almashinuvini kimyoviy usul bilan tartibga soluvchi moddalardir. Ularga vitaminlar, gormonlar va ko’pgina sintetik faol birikmalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |