Kalit so‘zlar: To‘plangan kuchlanish, po‘latning charchashi; po‘latning asimmetrik koeffisiyenti; dinamik koeffisiyent; qoldik kuchlanish; elastik deformasiya.
Po‘latdan tiklanadigan maxsus inshootlar: rezervuarlar, gazgolderlar, siloslar, bunkerlar, shu jumladan kran osti to‘sinlari ma’lum vaqt davomida takror-takror ta’sir etuvchi yuk va bosim natijasida ularning payvand choklarida to‘plangan qoldiq kuchlanish sababli avariyalar sodir bo‘lishi ko‘p uchraydi [1]. Shu sababli bunday inshootlar payvand choklarini hisoblashning konstruktiv yechimlarini keltiramiz.
Payvand birikmalarini chokda to‘plangan kuchlanishni hisobga olgan holda mustahkamlikka hisoblashda ShNQ 2.03.05-13 «Po‘lat konstruksiyalar. Loyihalash me’yorlari» talablariga mos ravishda amal qilinishi shart.
Po‘lat konstruksiyalari va birikmalari chidamlilik bo‘yicha quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
(1)
bu yerda - po‘latning charchashi bo‘yicha hisobiy qarshiligi; [2] da keltirilgan 32-jadvaldan aniqlanadi. 2-guruh konstruksiyalar uchun ; - yukning ma’lum bir vaqt oralig‘ida takrorlanishlar soni. Agar bo‘lsa 1 va 2 guruh konstruksiyalari uchun:
(2)
- kuchlanish holati va kuchlanishning asimmetrik koeffisiyenti - (3)
bu yerda va - konstruktiv jihatidan xislash uchun mo‘ljallangan elementning sof (netto) kesim yuzasida hosil bo‘ladigan minimal va maksimal kuchlanishning absolyut qiymatlari. Bunda - koeffisiyentlar va dinamik koeffisiyentlar inobatga olinmaydi.
Biroq, yuqorida keltirilgan hisoblash usuli payvand chokida hosil bo‘ladigan qoldiq kuchlanishni hisobga olmaydi.
Payvand chokining uzoq vaqt davomida chidamliligini ta’minlashda qoldiq kuchlanishni inobatga olish [2] da keltirilgan hisoblash uslubi, bardoshlik chegarasini, qoldiq kuchlanishni hisobga olgan holda aniqlab beradi. Bu formula:
(4)
bu yerda - qoldiq kuchlanish hosil bo‘lmagan holatda ma’lum vaqt davomida kuchlanishning simmetrik yo‘sinda sodir bo‘lishini inobatga olgan holdagi bardoshlilik chegarasi.
Qurilish amaliyotida po‘latdan tayyorlangan maxsus inshootlar (turli sig‘imdagi rezervuarlar, yuqori bosim ta’sirida ishlaydigan gazgolderlar, issiq suv, gaz va kimyoviy suyuqliklarni uzatish quvurlari, turli xil mahsulotlar saqlash uchun mo‘ljallangan siloslar, bunkerlar) keng qo‘llaniladi [3].
Bunday maxsus inshootlar, qisqa vaqt oralig‘ida tez takrorlanib turadigan yuk ta’sirida konstruksiya materiali va payvand choklarida charchash holati sodir bo‘ladi.
Shu boisdan shunday maxsus inshoot elementlari va ulardagi payvand choklarining qisqa vaqt davomida charchashi natijasida sodir bo‘ladigan avariyalar oldini olish uchun, charchash natijasida deformasiyalanish alomati bo‘yicha hisoblashni taqazo etadi.
Metall konstrruksiyalari va ulardagi payvand choklarini charchashdan hosil bo‘ladigan deformasiya bo‘yicha hisobni Koffin va Menson tomonidan taklif etilgan usul bilan amalga oshirish mumkin [4]. Metall konstruksiyalarida ko‘pincha zanglashi oqibatida element qalinligi t ning yupqalashishi va vaqt oralig‘ida yuk (bosim)ning kamayib, ko‘payib takrorlanib turishlar soni N ga bog‘liq holda sodir bo‘ladi. Yukning takrorlanish soni quyidagicha aniqlanadi:
(5)
bu yerda - yukning vaqt davomida o‘zgarishi natijasida sodir bo‘ladigan elastik deformasiyasi amplitudasi; - uzoq vaqt davomida chidamlilik bo‘yicha mustahkamlik zaxirasi koeffisiyenti; - statik kuch ta’siridagi element kesim yuzasining nisbiy yupqarishi; - davriy qiymat; - materialning elastiklik moduli. Po‘lat uchun kN/sm2 mPa.
Huddi shuningdek, po‘latdan tayyorlangan maxsus inshootlarida mikroyoriqlar sodir bo‘lmasdan oldin yukning takrorlanib ta’sir etish soni “Po’latdan tayyorlangan vertikal rezervuarning chidamlilik bo‘yicha qoldiq zaxirasi baholash va tekshirish ko‘rsatmasi”da ham keltirilgan [4]:
(6)
bu yerda - rezervuar devorining hisoblashga mo‘ljallangan nuqtasi yoki kesimidagi kuchlanishning shartli amplitudasi; (7)
bu yerda - rezervuar devorining hisobiy nuqtasidagi kuchlanish amplitudasi.
Agar bo’lganda , (8)
bu yerda - rezervuar devoridagi nominal kuchlanish; agar bo‘lganda
bu yerda - rezervuar devori materialining elastik-plastik holatda ishlaydigan qismida deformasiyaning to‘planish koeffisiyenti. Neyber taklif etgan bog‘lanish bo‘lib quyidagicha aniqlanadi:
(10)
bu yerda - kuchlanish to‘planishining nazariy koeffisiyenti bo‘lib, [1] dagi 3.1 jadval bo‘yicha aniqlanadi; - elastik-plastik holat bo‘yicha kuchlanishning to‘planish koeffisiyenti.
(11)
bu yerda - kuchlanish bo‘yicha zahira koeffisiyenti. ; - kam elektrodli po‘lat elementlarni payvand qilishda kuchlanishning kamayish koeffisiyenti;
Qo’l yordamida bajarilgan elektr yoy payvand uchun ; avtomatik elektr yoy payvand uchun .
(4) formulani inobatga olganda (6) formula quyidagi ko‘rinishga ega bo’ladi:
(12)
Yuqorida keltirilgan konstruktiv hisob yupqa devorli bukilgan profillardan tuzilgan konstruksiyalar payvand choklarining yechimlarida ham qo‘llash mumkin.
Biroq bunday yengil konstruksiyalar payvand choklarida hosil bo‘ladigan hosil bo‘ladigan to‘plangan kuchlanishlar ta’sirida ularda hosil bo‘ladigan deformasiya holati murakkabroq ko‘rinishda sodir bo‘ladi.
Xulosa
Maqolada po‘latdan tiklanadigan maxsus inshootlar (rezervuar, gazgolder, silos, bunker va b.) ning payvand choklarida to‘planadigan qoldiq kuchlanishlarni e’tiborga olgan holda ma’lum vaqt davomida takrorlanib ta’sir ko‘rsatadigan yuk (bosim)larga inshootning chidamliligi bo‘yicha konstruktiv yechimlar keltirilgan. Bunda inshoot materiali elastik-plastik holatda ishlaydi deb qabul qilingan.
Bunday konstruktiv hisob, maxsus inshootlarning uzoq vaqt davomida ekspluatasiya qilishga xizmat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |