Plastmassalarning asosiy xossalari
Reja:
Plastmassa turlari va ishlatilish sohasi.
Plastmassali detallar tayyorlash texnologiyasi.
Rezina materiallari
Plastmassa - plastik (yunon. qayishqoq) va massa (lot. yumaloqfangan narsa) so‘zlarining birikmasidan tashkil topgan. Albatta, bu so‘z shartli tushunchaga ega. Birinchi kashf qilingan plastmassalar bostm va qizdirish natijasida muayyan shaklga aylanib, sovigandan keyin tashqi muhit ta’sirida ilgarigi holatiga qaylolmas edi. Keyinchalik issiqlik ta’sirida qayta ishlanadigan plastmassalar ham ixtiro qilingan. Jahonda birinchi bo‘lib plastmassa - selluloidni 1856- yili ingliz kimyogari Aleksandr Parkes ixtiro qilgan.
Plastmassalar deb siyrak molekulali suyuq smola yoki sintetik kukunlarni maxsus texnologik usulda ishlab olingan zich molekulali qattiq va egiluvchan ashyolarga aytiladi. Bu ashyolarning eng muhim xossalaridan biri, ulardan yuqori haroratda xoxlagan shakldagi buyumlar ishlash mumkinligidir.
Plastmassadan to‘ldirgichsiz va to‘ldirgich qo‘shib ishlangan juda zich buyumlar, ko‘p kavakli yoki tolali engil ashyolar, temir va oynasimon plastiklar, sirti chiroyli qilib ishlangan qoplamabop o‘rama ashyolar, havo o‘tkazmaydigan to‘qimalar, shuningdek, emulsiya, elim, mastika (bo‘tqa) va tolalar juda ko‘plab ishlab chiqariladi. Plastmassalarning bunchalik keng tarqalganligiga sabab shuki, ular tabiiy ashyolarga ko‘ra yuqori sifatli hamda qurilish uchun juda qimmatli xossalarga ega. SHunday xossalardan biri uning yuqori mustahkamligi va hajmiy og‘irligining kichikligidir. SHu bilan birga agressiv muhitga chidamliligi, issiqni kam o‘tkazishi, elektr tokini o‘tkazmasligi va tashqi ko‘rinishining chiroyliligidir.
Zich molekulali birikmalar bir necha yuz mingdan ortiq atomlardan tashkil topgan. Bunday birikmalardagi yirik molekulalardan tuzilgan o‘lcham birligi ko‘p marta qaytarilgan holatda joylangan bo‘ladi. Siyrak molekulalardan zich molekulalarga o‘tish jarayoni polimerizatsiya deb ataladi. Uning darajasi yirik molekulalardagi tuzilish o‘lcham birligining soniga bog‘liq. Siyrak molekulali birikmalardagi molekulalar og‘irligi 500 dan yuqori emas. Siyrak va zich molekulali birikmalar o‘rtasidagi moddalarni oligomerlar deb ataladi.
Tabiatda uchraydigan sellyuloza, ipak, jun, tabiiy kauchuk, < kaxrabo va boshqalar zich molekulali birikmalarga kiradi. Bundan ikki asr oldin tabiiy kauchukni oltingugurt bilan qizdirib rezina olingan. Nitrotsellyulozani kamfara bilan qayta ishlab sellyuloid deb ataluvchi birinchi plastmassa ishlab chiqildi. SHuningdek, oqsil (kazein) moddadan galalit plastmassasini olishga erishildi.
Plastmassalar shaklini qayta tiklanishi bo‘yicha termoplast va reaktoplast turlariga bo‘linadi. Termoplast plastmassalarning (masalan, polietilen, polivinilxlorid, polistirollarning) molekulalari bo‘ylama joylashganligi sababli issiqlik ta’sirida shaklini o‘zgartiradi. Ya’ni ulardan qilingan buyumlar chiqindilarini qayta ishlash mumkin. Reaktoplastlarning (masaian, aminoplast va ftoroplastlarning) molekulalari to‘rsimon joylashganligi sababli ularni qayta ishlab bo‘lmaydi.
Plastmassalar arzonligi va ba’zi xususiyatlari bo‘yicha boshqa materiaUardan qolishmasligi sababli, ishlab chiqarishda ko‘p qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan materiallarning 20%ini plastmassa tashkil qiladi. Lekin ular parchalanmasligi tufayli atrof-imihitni ifloslaydi, o‘simliklartomirlarini oziqlanishiga to‘sqinlik qiladi va gidrofobligi (suv shimmasligi) uchun organizmga zarari bor. Jizzax viloyatida Italiya bilan hamkorlikda qurilgan «O‘zitalplast» turli xil xalq iste’mol mollari ishlab chiqarmoqda. Plastmassalar olinishi bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi: polimerizatsion hamda polikondensatsion qatronlar va tabiiy polimerlar asosida olinadigan plastmassalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |