4 Polimerlar klassifikatsiyasi
1.1. Polimer materiallarning klasaifikatsiyasi
Polimer materiallar asosan: tarkibiga, makromolekula shakliga,
fazoviy holatiga, bog‘lanish turiga va haroratiga ko'ra klassifl-
katsiyalanadi.
Polimerlar tarkibiga ko‘ra barcha: organik, elementli organik va
noorganik sinflarga bo‘linadi. Bunda eng salmoqli o‘rinni organik tur-
dagi polimerlar egallaydi. Agar organik polimeming asosiy zanjirini
faqat uglerod atomlari tashkil etsa, bunday polimetlarga korbozanjirli
polimer deyiladi.
Juft zanjirli polimerlarda uglerod atomlaridan tashqari, boshqa
elementlaming atomlari ham qatnashishi mumkin. Ular materialning
xossalarini keskin ravishda o‘zgartiradi, masalan: makromolekula
tarkibida kislorod atomining bo‘lishligi zanjiming bikrligini oshiradi,
fosfor va xlor atomlari esa zanjimi olovga bardoshligini oshiradi,
oltingugurt atomlari esa zanjiming gaz singmasligini oshiradi, ftor
atomlari polimerga yuqori kimyoviy turg‘unlikni ta’minlaydi.
Organik polimerlarga asosan kelib chiqishi turlicha bo‘lgan
smolalar va kauchuk kiradi.
Elementli organik birikmalar asosiy zanjiri noorganik
elementlaming atomlari (Si, Ti, Al) va organik radikallar (SN3, S6N5,
SN2) dan tuzilgan bo‘ladi. Undagi bu radikallar materialga yuqori
mustahkamlik va bikrlik bersa, noorganik elementlaming atomlari
unga yuqori issiqbardoshlik beradi. Shuni aytib o‘tish kerakki bunday
birikmalar tabiatda uchramaydi. Bunday turdagi polimerlarga
kremniyorganik birikmalar misol bo‘la oladi.
Noorganikpolimerlarga asosan selikatli shisha, keramika, slyuda
va asbest kiradi. Bu birikmalarinig tarkibida uglerod atomlari
bo‘lmaydi. Noorganik materiallarning tarkibini asosan kremniy oksidi,
alyuminiy oksidi, magniy oksidi, kalsiy oksidi va boshqa oksidlar
tashkil etadi.
Selikatlarda ikki turdagi bog‘lanish, ya’ni bo‘g‘indagi atomlar bir-
biri bilan (Si - O) kavolent bog‘langan bo‘lsa, zanjirdagi bo‘g‘inlar
bir-biri bilan ion bog‘langan bo‘ladi. Noorganik polimerlar yuqori
zichligi, yuqori issiqbardoshligi bilan ajralib turadi. Ammo ulardan
selikatli shisha va keramika juda yuqori mo‘rtlikka ega bo‘lib,
tebranma va yo‘nalishi o‘zgaruvchan yuklamalarga bardoshi juda past.
Bulardan tashqari, noorganik polimerlarga grafit ham kiradi, ammo
ulardan farqli oMaroq, korbozanjirdan tashkil topgan.
Polimer materiallardagi o‘ziga xos xossalari ulaming
makromolekulyar strukturasi bilan izohlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |