Plastentaning oldinda kelishi


Normal joylashgan yo’ldoshning barvaqt ko’chishini davolash



Download 293,5 Kb.
bet4/25
Sana22.07.2022
Hajmi293,5 Kb.
#837941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Plastentaning oldinda kelishi

Normal joylashgan yo’ldoshning barvaqt ko’chishini davolash uning klinik darajasi va tug`ruqda bachadon bo’yni ochilish darajasiga qarab olib boriladi.
Agar yo’ldoshning ozgina qismi barvaqt ko’chgan bo’lib, ayol va homilaning ahvoli o’zgarmagan bo’lsa, ayolni darhol tug`ruqxonaga yotqizib, nihoyatda tinch sharoit yaratiladi, so’ngra qonni quyultiruvchi vikasolning 10%li eritmasidan 3ml teri ostiga, jelatindan 10ml mushakka, askorbin kislotasini 5%li eritmasidan 5mlni glyukozaga qo’shib qon tomirga yuboriladi.
Spazmolitik dorilardan no-shpa 2ml, papaverin 2ml mushak orasiga, baralgin 5ml qon tomirga yuborish bilan bachadonning qisqarishini to’xtatish amalga oshiriladi. Albatta, homila gipoksiyasiga qarshi dori darmonlar yuborish ham tavsiya etiladi.
Bachadon bo’yni 3-4sm ochilganda amniotomiya bajariladi. Bu plastenta ko’chishini sekinlashtiradi yoki to’xtatadi. Agar plastenta ko’chishi davom etsa homila xalok bo’lgan taqdirda ham tug`ruq tezkor jarrohlik yo’li bilan tugatiladi.
Homilador ayolni davolash davomida uning tomir urishi, qon bosimi, umumiy ahvolini kuzatib, vaqti-vaqti bilan qorin aylanasi, bachadon tubi balandligini o’lchash, homila yurak urishini eshitib turish kerak. Bundan tashqari ayolning qon va siydik tarkibi, qonning ivish xususiyatlarini (koagulogramma) tekshirib turish kerak. Agar bu kuzatishlar vaqtida bachadonni paypaslab ko’rganda biror joyida duppayish, taranglashish, shu joyida og`riq sezilsa, ayolning tomir urishi tezlashib, qon bosimi pasaysa, homila yurak urishi o’zgarishi kuzatilsa, bularning hammasi yo’ldoshning barvaqt ko’chishi davom etayotganligidan darak beradi. Bunday ayolga tezkor yordam ko’rsatish kerak bo’ladi. Bunda homilador ayol tug`ruq paytida bo’lmasa, darhol kesar-kesish operastiyasi qilinadi. Operastiya vaqtida bachadonning mushak tolalari orasiga qon quyilib Kyuveler bachadoni bo’lsa, keyinchalik gipotonik va atonik hamda koagulopatik (qon ivimaslik) qon ketishini oldini olish maqsadida bachadon tanasi, ba’zan bachadonni butunlay kesib olishga to’g`ri keladi.
Tug`ruqning ikkinchi davrida tug`ruqni tezlatish maqsadida homilani akusherlik qisqichlari orqali tortib tug`dirib olinadi.
Xulosa qilib aytganda, yo’ldoshning barvaqt ko’chishining birinchi darajasida operastiya qilmasdan dori-darmonlar bilan davolab, ayol kuzatilib turilsa, yuldoshning o’rtacha og`ir va og`ir darajasida tezkorlik bilan operastiya qilish yo’li bilan davolanadi. Ayolni tug`dirish vaqtida qanday choralar qo’llangan bo’lishidan qat’iy nazar, yo’ldosh tug`ilgandan so’ng engil narkoz berib, bachadon qo’l bilan tekshiriladi, bachadonni qisqarishini ta’minlaydigan dori-darmonlar (metilergometrin) va qorin pastiga muzli xalta qo’yiladi. Shu bilan birga qon va uning o’rnini bosuvchi suyuqliklar tomchilab yuboriladi.

Download 293,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish