Piyodalarning fazifalari



Download 27 Kb.
Sana18.10.2019
Hajmi27 Kb.
#23768
Bog'liq
PIYODALARNING FAZIFALARI

PIYODALARNING FAZIFALARI


5.1

Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yo’lkasidan, ular bo’lmaganda esa yo’l yoqasidan yurishlari kerak. Qo’pol yuklarni olib ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz aravasida borayotgan shaxslarning trotuar yoki yo’l yoqasidan yurishlari boshqa piyodalarning harakatlanishiga halaqit berayotgan bo’lsa, ular qatnov qismining chetidan yurishlari kerak.
Trotuarlar, piyodalar yo’lkasi, yo’l yoqasi bo’lmasa yoki ulardan yurishning imkoniyati bo’lmagan hollarda piyodalar velosiped yulkasidan yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi bo’lagi bor yo’llarda qatnov qismining o’ng chetidan) bir qator bo’lib yurishlari mumkin.
Aholi yashaydigan joylardan tashqarida yo’lning qatnov qismida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi yo’nalishda yurishlari kerak.
Nogironlarning yurgizgichsiz aravasida ketayotgan, mototsikl, moped, velosiped etaklab ketayotgan shaxslar esa bunday hollarda transport vositalarining harakat yunalishi buylab yurishlari kerak.
Eslatma: piyodalar yulkasida, trotuarlarda, yo’lning yoqasida piyodalarning harakatlanishiga halaqit beradigan qurilma va jihozlar o’rnatish man etiladi.

5.2

Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga bir qatorda to’rt kishidan ortiq bo’lmasdan yo’lning qatnov qismida faqat transport vositalarining harakat yunalishi bo’ylab o’ng tomondan yurishga ruxsat etiladi.
Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, qoronri vaqtda yoki etarlicha ko’rinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq ko’targan kuzatuvchilar bo’lishi kerak.
Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo’lkalaridangina, ular bo’lmaganda esa yo’l yoqasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruhsat etiladi.

5.3

Piyodalar yo’lning qatnov qismini piyodalar o’tish joylaridan, shuningdek, er osti va er usti o’tish joylaridan, ular bo’lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo’l yoqasi bo’ylab kesib utishlari kerak.
Ko’rinadigan oraliqda o’tish joyi yoki chorraha bo’lmasa, ajratuvchi bo’laksiz va to’siqsiz yo’llarda piyodalarga yo’lning ikki tomoni yaxshi ko’rinadigan joyidan qatnov qismining chetiga nisbatan to’g’ri burchak ostida kesib o’tishlariga ruhsat etiladi.

5.4

Piyodalar yo’l harakati tartibga solingan joylarda tartibga soluvchining yoki svetoforlarning, ular bo’lmaganda esa transport svetoforlarining ishoralariga amal qilishlari kerak.

5.5

Piyodalar harakat tartibga solinmaydigan piyodalar o’tish joylarida, yaqinlashib kelayotgan transport vositasigacha bo’lgan masofani va uning tezligini chamalab ko’rib, o’tish o’zlari uchun havfsiz ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan so’ng yo’lning qatnov qismiga chiqishlari mumkin.
Shuningdek, ular yo’lning qatnov qismini piyodalar o’tish joylaridan tashqarida kesib o’tishda transport vositalarining harakatlanishiga halaqit bermasliklari, yaqinlashib kelayotgan transport vositalarining yo’qligiga ishonch hosil kilmasdan turib kurinishni cheklovchi to’xtab turgan transport vositasi yoki boshqa biror to’sik panasidan chiqmasliklari kerak.
Piyodalar to’xtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yo’lni kesib o’tishlari shart.

5.6

Agar yo’l harakati havfsizligini ta’minlash bilan bog’liq bo’lmasa, qatnov qismiga chiqqan piyodalar ushlanib qolmasliklari va to’xtamasliklari kerak.
O’tishga ulgurmagan piyodalar qarama-qarshi yo’nalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda to’xtashlari lozim.
Keyingi harakatlanish havfsiz ekanligiga ishonch hosil qilgandan so’ng va svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralarini hisobga olgan holda o’tishni davom ettirishlari mumkin.

5.7

Yalt-yalt etuvchi ko’k rangli yoki ko’k va qizil rangli chiroq-mayoqchasi va (yoki) maxsus tovush ishorasi yoqilgan transport vositalari yaqinlashib kelayotgan bo’lsa, piyodalar qatnov qismidan o’tmasliklari, unda harakatlanayotganlar esa bu transport vositalariga yo’l berishlari va zudlik bilan qatnov qismini bo’shatishlari kerak.

5.8

Belgilangan yo’nalishdagi transport vositalari va taksilarni faqat bekatlarda, ular bo’lmagan taqdirda esa trotuarlar yoki yo’l yoqasida kutish kerak.
Maxsus jihozlangan bekatlari bo’lmagan to’xtash joylarida transport vositasi to’la to’xtagandan so’ng unga chiqish uchun yo’lning qatnov qismiga chiqishga ruxsat etiladi. Undan tushgandan keyin ushlanib qolmasdan yo’lning qatnov qismini bo’shatishlari shart.
Bekatlarga borayotgan yoki undan kaytayotgan piyodalar Qoidalarning 5.4-5.7 bandlari talablariga amal qilishlari kerak.



Piyodalarning o’tish joylari va belgilangan yo’nalishdagi transport vositalarining bekatlari


16.1

Transport vositasining haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o’tish joyida qatnov qismidan o’tayotgan piyodalarga yo’l berishi shart.

16.2

Agar tartibga solinmagan piyodalar o’tish joyi oldida transport vositasi harakatini sekinlashtirsa yoki to’xtatsa, qo’shni bo’laklarda harakatlanayotgan boshqa haydovchilar bu transport vositasi oldida piyodalar yo’qligiga ishonch hosil qilganlaridan so’nggina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.

16.3

Tartibga solingan piyodalar o’tish joylarida haydovchilar svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yongan taqdirda ham piyodalarga qatnov qismini shu yo’nalishda kesib o’tishni tugallashga imkon berishlari kerak.

16.4

Agarda, piyodalar o’tish joylaridan keyin paydo bo’lgan tirbandlik tufayli haydovchi piyodalar o’tish joyida to’xtashga majbur bo’ladigan bo’lsa, bunday piyodalar o’tish joylariga kirish taqiqlanadi.

16.5

Barcha hollarda, shu jumladan, piyodalar o’tish joylaridan tashqarida ham haydovchi oq hassa bilan ishora berayotgan ko’zi ojiz piyodalarni o’tkazib yuborishi kerak.

16.6

Agar yo’lovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan maydonchada amalga oshirilayotgan bo’lsa, haydovchi bekatda to’xtagan belgilangan yo’nalishdagi transport vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyodalarga yo’l berishi kerak..

16.7

“Bolalar guruhini tashish” taniqliq belgisi o’rnatilgan transport vositasi to’xtab turganda, unga yaqinlashayotgan haydovchi harakat tezligini kamaytirishi, zarur bo’lsa to’xtashi va bolalar guruhini o’tkazib yuborishi kerak.

Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish