Pirotexnika vositalari



Download 24.61 Kb.
Sana30.11.2019
Hajmi24.61 Kb.
Pirotexnika vositalari

Hammamiz orziqib kutayotgan Yangi yilning kirib kelishiga, qishki ta’til boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Bolalarimizni archa atrofida bo‘ladigan bayram tadbirlari kutib turibdi. Albatta, bunday bayramlar turli xil paqildoqlar, mini-feyerverklarsiz o‘tmaydi. Biroq, ba’zida nafaqat bolalar va ularning ota-onalari, balki bunday tadbirlarning tashkilotchilari ham sifatsiz pirotexnika vositalari yoki ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik inson sog‘lig‘i, hatto hayoti uchun jiddiy xavf solishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rmaydilar. Shu bois O‘zbekistonda pirotexnika buyumlaridan foydalanishni tartibga solish, bu boradagi tegishli qonunchilik bazasini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti guruh rahbari, yuridik fanlari doktori Muzaffarjon Mamasiddiqov O‘zA muxbiriga mamlakatimizda ushbu sohadagi mavjud huquqiy normalar haqida so‘zlab berdi:

– Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan barcha jabhalarda inson manfaati va farovonligi uchun ijtimoiy yo‘naltirilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda, – deydi M.Mamasiddiqov. – Bozor munosabatlari iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qiladigan milliy qonunchiligimiz asosida shakllanmoqda. Bu normalar odamlar salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan pirotexnika buyumlari kabi tovarlarning aylanishida alohida ahamiyat kasb etadi.

Ta’kidlash kerakki, pirotexnika vositalari tez yonadigan moddalar, masalan, poroxdan tayyorlanadi va ularning deyarli barchasi yong‘in chiqishi nuqtai nazaridan xavfli buyumlar toifasiga kiradi. Milliy va xalqaro tasnifga muvofiq, pirotexnika buyumlari birinchi toifaga mansub portlovchi materiallar va buyumlarning alohida toifalariga kiritilgan. Negaki, ular odamlarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning mol-mulkini asrashga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

So‘nggi yillarda butun dunyoda asosan maishiy pirotexnika buyumlaridan foydalanish hajmi keskin ko‘paydi va bu fojiali holatlarga olib kelmoqda. Ma’lumki, bir yil avval Rossiyaning Perm viloyatidagi “Xromaya loshad” kafesida ro‘y bergan yong‘in oqibatida 156 kishi halok bo‘lgan, 64 kishi qattiq jarohat olgan. Jinoiy ish bo‘yicha jami 400 nafardan ortiq kishi jabrlangan deb topilgan. Tergov davomida texnika xavfsizligi hisobga olinmasdan foydalanilgan pirotexnika buyumlari yong‘inga sabab bo‘lgani aniqlangan. Rossiyada ushbu fojiali voqeadan so‘nggina yonish xavfi bo‘lgan bino va imoratlarni ommaviy aniqlash boshlandi.

Mamlakatimizda portlovchi va zaharli moddalarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish sohasida xavfsizlikni ta’minlashni nazorat qilish bo‘yicha ishlar muntazam, tizimli asosda amalga oshirilayotir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 martda qabul qilingan tegishli qarori bilan yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish litsenziyalanishi kerak bo‘lgan bunday moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalari ro‘yxati tasdiqlangan. Pirotexnika buyumlarining o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi hisobga olinib, ular ushbu ro‘yxatga kiritilmagan edi. Pirotexnika buyumlarining xavfliligiga qaramay, ularning katta qismi qonunchilikka muvofiq yetarli darajada tartibga solinmagan edi. 2006-2009 yillar mobaynida ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan reydlar va boshqa tadbirlar natijasida, pirotexnika buyumlarini olib kelish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish bo‘yicha belgilangan qoidalar qo‘pol ravishda buzilgan holatlar aniqlandi, 3 ming 481 nafar shaxsdan 3 milliard 276 million donadan ortiq pirotexnika buyumlari olib qo‘yildi.

Ushbu sohadagi milliy qonunchilikni takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010 yil 28 avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchinchi yalpi majlisida “Pirotexnika buyumlari muomalasi tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi va matbuotda e’lon qilinganidan so‘ng, shu yilning 23 sentabridan kuchga kirdi.

Mazkur qonunga binoan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi “Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi” deb nomlangan 250¹-modda bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda mamlakatimizga olib kirish va olib chiqish yoki sotish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Yangi moddaga muvofiq, bunday harakatlar ko‘p miqdorda yoki ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ham sodir etiladigan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.

Shuningdek, mazkur moddada bu kabi qonunga xilof xatti-harakatlar ko‘p miqdorda, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilib, tanaga o‘rtacha og‘ir yoki o‘ta og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab juda ko‘p miqdorda sodir etilgan yoxud odam o‘lishiga sabab bo‘lgan qonunbuzarliklar uchun besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum etish ko‘zda tutilgan. Bunda agar bir qancha odamlar o‘limiga yoki boshqacha o‘ta og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan qonunbuzarlar sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi ham shu nomdagi 185¹-modda bilan to‘ldirildi. Uning normalariga binoan pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda mamlakatimizga olib kirish va olib chiqish yoki sotish uchun huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinib, eng kam ish haqining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solinadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi qarorining birinchi ilovasi ham to‘ldirildi. Bundan buyon pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, yo‘q qilish va utilizatsiya qilish litsenziyalanishi shart. Boshqa mamlakatlarda, jumladan, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar, Kanada, AQSHning ayrim shtatlari, Qozog‘iston, Moldova, Latviya, Rossiya va Estoniyada ushbu sohadagi faoliyatni litsenziyalash amalga oshirilmoqda.

Demak, qabul qilingan ushbu qonun pirotexnika buyumlarining noqonuniy aylanishi va ulardan qonunga xilof ravishda foydalanishning oldini olishga qaratilgan davlat nazoratini samarali amalga oshirishni ta’minlaydi. Uning hayotga tatbiq etilishi esa iste’molchilar haq-huquqlarini himoya qilish, shuningdek, turli madaniy-tomoshabop tadbirlarni o‘tkazishda xavfsizlik choralariga rioya etishni ta’minlashga xizmat qiladi.



Ayniqsa, bayram arafasida har bir kishi pirotexnika buyumlaridan foydalanish – bu bir lahzalik xursandchilik emas, balki qonun tomonidan belgilangan katta mas’uliyat ekanini esdan chiqarmasligi lozim. Unga rioya etish esa har birimizning manfaatlarimizga xizmat qiladi.
Download 24.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat