Javob: 279 kJ/mol.
3-masala: 80 g gematitni (Fe2O3) is gazi (CO) bilan tiklanishida 13,4 kJ issiqlik ajralib chiqadi. Fe2O3 ning hosil bo‘lish entalpiyasini aniqlang.
Yechish. Fe2O3 ning CO bilan tiklanish reaksiyasi tenglamasini tuzamiz:
Fe2O3(q) + 3CO(g) = 2Fe(q) + 3CO2(g)
1 mol Fe2O3 tiklanishidagi qiymatini topamiz.
80 g 13,4 kJ
160 g x
x = = 26,8 kJ = - 26,8 kJ
Ma’lumotnomadagi hosil bo‘lish standart entalpiyasi berilgan jadvaldan foydalanib CO va CO2 uchun Δ qiymatini topamiz.
CO(g) Δ = - 110,5 kJ/mol
CO2(g) Δ = - 393,5 kJ/mol
3 mol CO uchun Δ = 3 · (- 110,5 kJ/mol) = - 331,5 kJ
1 mol CO2 uchun Δ = 3 · (- 393,5 kJ/mol) = - 1180,5 kJ
Bulardan foydalanib, (4.2) formula orqali Fe2O3 ning hosil bo‘lish issiqligini x bilan belgilab, quyidagi tenglamani tuzamiz:
= ΣΔHreak.mah. – ΣΔHdast.modda.
-26,8 = - 1180,5 - (- 331,5 + x)
-26,8 = - 1180,5 + 331,5 - x
x = - 1180,5 + 331,5 + 26,8
x = - 822,2 kJ/mol
Do'stlaringiz bilan baham: |