Kimyoviy tаhlillar аsоsidа jismning minerаl tаrkibini va solishtirma issiqlik sig‘imini аniqlаsh
1819-yilda fransuz olimlari Dyulong va Pti turli metallarning issiqlik sig‘imini tekshirib ko‘rib, qattiq holatdagi oddiy modda solishtirma issiqlik sig‘imining shu oddiy moddaga tegishli element atom og‘irligiga ko‘paytmasi ko‘pchilik elementlarda taminan bir xil bo‘lib, o‘rta hisob bilan 6,3 ga teng ekanligini topdilar. Bu ko‘paytma 1 gramm-atom elementni 1o ga qizdirish uchun zarur issiqlik miqdori bo‘lganligidan, u atom issiqlik sig‘imi deb ataladi. Shu qonuniyat Dyulong va Pti qoidasi deb ataladigan bo‘ldi.
Elementlarning atom issiqlik sig‘imi taxminan 6,3 kal/g = atom.grad. gat eng. 12.1 - jadval bu qoidani yaqqol ko‘rsatib beradi.
12.1-jadval
Ba’zi elementlarning issiqlik sig‘imlari
Element
|
Atom og‘irligi
|
Solishtirma issiqlik sig‘imi, kal/g ∙ grad
|
Atom issiqlik sig‘imi, kal/g atom-grad
|
Magniy
|
24,31
|
0,235
|
6,1
|
Oltingugurt
|
32,06
|
0,176
|
5,6
|
Temir
|
55,85
|
0,107
|
6,0
|
Mis
|
63,54
|
0,092
|
5,9
|
Rux
|
65,37
|
0,091
|
6,1
|
Qalay
|
118,69
|
0,053
|
6,4
|
Yod
|
126,90
|
0,052
|
6,6
|
Oltin
|
196,97
|
0,031
|
6,0
|
Qo‘rg‘oshin
|
207,19
|
0,031
|
6,3
|
Dyulong va Pti qoidasidan 6,3 ni oddiy moddaning solishtirma issiqlik sig‘imiga bo‘lish yo‘li bilan ayni element atom og‘irligining taqribiy qiymatini topish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Oddiy moddaning solishtirma issiqlik sig‘imini esa tajriba yo‘li bilan topish oson.
Atom og‘irliklarini aniqlashning yuqorida ko‘rib chiqilgan metodlari juda aniq natijalar bermaydi, chunki birinchidan tomondan, molekular og‘irlikni bug‘ zichligiga qarab topishning aniqligi ahyon-ahyonda 1% dan oshadi; ikkinchi tomondan Dyulong va Pti qoidasi atom og‘irlikning taqribiy qiymatinigina topishga imkon beradi. Ammo bu metodlarning biri bilan topilgan atom og‘irlikni shu elementning ekvivalentiga solishtirib ko‘rish yoli bilan to‘g‘rilash (ya’ni, atom og‘irlikning aniq qiymatini topish) qiyin emas. Masalan, volfram (W) metalining solishtirma issiqlik sig‘imi CW = 0,035 kal/g ∙ grad ga va uning ekvivalenti EW = 30,65 g ∙ ekv ekanligini bilgan holda Dyulong va Pti qoidasiga binoan atom massani aniqlaymiz:
Ar (W) = 6,3/CW = 6,3/0,035 = 180 g
Bu qiymat esa taqribiy qiymatdir, shuning uchun uni ekvivalenti bilan solishtirgan holda avval valentligini va so‘ngra aniq atom massasini topamiz:
Valentlik (W) = Ar/EW = 180/30,65 = 5,87
Valentlikning qiymati butun songa teng bo‘lgani uchun bu sonni yaxlitlab (5,87 ≈ 6), so‘ngra ekvivalentiga ko‘paytiramiz:
Ar (W) = 6 ∙ 30,65 = 183,9 m.a.b. ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |