Mavzuga oid namunaviy masala va mashqlar yechish
1-masala. Pirrotinning formulasi Fe1-xS bo‘lib, bu yerda X – pirrotinning kristallik tuzilishidagi temirning vakansiyasidir. Agar shu vakansiya 0,1 ga teng bo‘lsa, birikmadagi elementlarning foiz (%) tarkibi qanday bo‘ladi? (M(Fe)= 56 g/mol; M(S)= 32 g/mol.)
Yechish.
X = 0,1 bo‘lsa, u holda 1 - X = 1 - 0,1 = 0,9 mol Fe bo‘ladi.
Demak, bu birikmaning formulasi Fe0,9S ga to‘g‘ri keladi.
Har bir tashkil qiluvchi elementning massasini aniqlaymiz:
0,9 · 56 = 50,4 g Fe
1 · 32 = 32 g S
Jami: 50,4 + 32 = 82,4 g Fe0,9S
Endi har bir elementning massa ulushini (%) aniqlaymiz:
82,4 — 100% 82,4 — 100%
50,4 — x 32 — x
X = = 61,17 % Fe X = = 38,83 % S
Do'stlaringiz bilan baham: |