Pirometallurgiya jarayonlari nazariyasi


Fe – O sistemasining fazalar diagrammasi



Download 6,35 Mb.
bet50/154
Sana31.12.2021
Hajmi6,35 Mb.
#277811
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   154
Bog'liq
Pirometallurgiyajarayonlarinazariyas

2.4. Fe – O sistemasining fazalar diagrammasi

Temirning oksidlari misli, nikelli va qo‘rg‘oshinli ruda va boyitmalarni eritishda, shuningdek, rangli metallar metallurgiyasida hosil bo‘ladigan shlaklarning asosiy qismini tashkil etadi. Temir oksidlari va metall sulfidlari orasidagi o‘zaro ta’sir darajasi eritish mahsulotlari va qimmatli komponentlar orasida vujudga keladigan tarqalish muvozanati orqali aniqlanadi. Temirning yuqori oksidlar saqlashi sistemaning oksidlovchi potensialiga, kislorodning muvozanat holatdagi bosimiga, tiklanish paytidagi gazlarning muvozanat tarkibiga uzviy bog‘liqdir.

Temir – kislorod sistemasida uchta kimyoviy birikma ma’lum: gematit (Fe2O3), magnetit (Fe3O4) va vyustit (Fe1-xO). Shuningdek, mazkur birikmalar ham oldingilari kabi holat diagrammalaridagi tarkiblarning aniq diapazonlarida mavjud bo‘ladi (2.6-rasm).

Gematit beqaror kimyoviy birikmalar qatoriga kiradi. Ochiq havoda ( Po2 = 0,21 atm.) u 1350° C haroratda parchalanadi. Bu kimyoviy birikmaning nisbatan kam barqarorlik xususiyati uning yuqori haroratlarda oksidlovchilik xossasiga ega ekanligi bilan tushuntiriladi. Bu birikmaning holat diagrammalaridagi gomogen mintaqalari va struktura nuqsonlari yetarli darajada o‘rganilmagan. Uning faqat ba’zi modifikatsiyalari Fe2O3 – gematit, megemit kabi ko‘rinishlari ma’lum. Yuqori haroratlarda oqib o‘tadigan pirometallurgik jarayonlarda, odatda Fe2O3 oson parchalanadi yoki magnetit holigacha tiklanadi. Shuning uchun, bu moddaning jarayonlarga ko‘rsatadigan ta’siri uncha katta rol o‘ynamaydi. U faqatgina temir sulfidlarini oksidlovchi kuydirish jarayoni olib borilayotgan sharoitlarda, yuqori kislorod bosimida va quyi haroratlarda hosil bo‘ladi.

Magnetit (Fe3O4) rangli metallar pirometallurgiyasining eng muhim birikmalari qatoriga kiradi. U shlak va shteynlarning doimiy mavjud bo‘ladigan komponenti bo‘lib, eritmalarning sirt xossalariga, ularning qovushqoqligiga, elektr o‘tkazuvchanligiga va sulfid hamda oksid fazalarining bir-birida erishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Magnetit yuqori erish haroratiga ega bo‘lib (1590° C), erish vaqtida parchalanmaydi, chunki u yuqori haroratlarga nisbatan barqaror birikma sanaladi. Magnetitning gomogen mintaqasi quyi haroratlarda tor hududlarda mavjud bo‘lib, 1000° C dan yuqori haroratlarda keskin kengayib ketadi.

2.6-rasm. Fe – O sistemasining holat diagrammasi.


Vyustit (Fe1-xO) holat diagrammasining ko‘p mintaqalarida mavjud. Masalan, 1200° C da vyustitdagi kislorodning miqdori 23% dan 25% gacha o‘zgaradi. Shunisi diqqatga sazovorki, vyustitda kislorodning saqlanishi hatto gomogen mintaqalarning temirli hududlarida ham ko‘p miqdorda tarqalgan. Vyustit faqat harorat 570° C dan yuqori bo‘lgan mintaqalarda mavjud bo‘ladi.

Download 6,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish