Pirometallurgiya jarayonlari nazariyasi



Download 6,35 Mb.
bet36/154
Sana31.12.2021
Hajmi6,35 Mb.
#277811
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154
Bog'liq
Pirometallurgiyajarayonlarinazariyas

Nisbiy elektromanfiylik bu – bir element atomi ikkinchi element atomidan elektronlarni tortib olish xususiyatidir.

Ba’zi muhim elementlarning nisbiy elektromanfiyliklari quyidagi jadvalda keltirilgan, eV:

1.2-jadval.


Element:

Na

K

Be

Mg

Ca

Ba

Elektromanfiyligi:

0,9

0,8

1,5

1,2

1,0

0,9

Element:

Ti

V

Cr

Mn

Fe

Co

Elektromanfiyligi:

1,5

1,6

1,6

1,5

1,8

1,8

Element:

Ni

Cu

Zn

Al

Si

Pb

Elektromanfiyligi:

1,8

1,9

1,6

1,5

1,8

1,8

Element:

As

O

S

Se

Te

Cl

Elektromanfiyligi:

2,0

3,5

2,5

2,4

2,1

3,0

Kovalent bog‘lanishda shu bog‘ni hosil qilgan elementlarning nisbiy elektromanfiylik farqi (ayirmasi) qiymati 0 dan 1,7 eV gacha (0<Δx<1,7) bo‘lishi kerak. Masalan, HCl, NH3, CH4, H2, O2, SiO2 va hokazo. Kovalent bog‘lanishli moddalarning nisbiy molekular massalari kichik, qaynash va suyuqlanish haroratlari past, qutbsiz (organik) erituvchilarda yaxshi eriydi, qutbli erituvchilarda yaxshi erimaydi, elektr tokini yaxshi o‘tkazmaydi. Kovalent bog‘lanishli moddalar ikkiga bo‘linadi: qutbsiz va qutbli kovalent bog‘lanishli moddalar.


1.7-rasm. Birikmalarda bog‘ qutblanuvchanligining ortib borish sxemasi.


Nisbiy elektromanfiylik farqi 0 dan 0,4 eV gacha (0<Δx<0,4) bo‘lgan metallmas atomlari orasidagi bog‘lanish qutbsiz-kovalent bog‘lanish deyiladi. Masalan, H2 molekulasidagi bog‘ qutbsiz-kovalent xususiyatiga ega, chunki undagi vodorod elementi atomlarining nisbiy elektromanfiyliklari ayirmasi: 2,1 – 2,1 = 0 ga teng. Bu esa yuqoridagi shartni qanoatlantiradi.

Nisbiy elektromanfiyliklari farqi 0,5 dan 1,7 eV gacha (0,5<Δx<1,7) bo‘lgan metallmas atomlari orasidagi bog‘lanish qutbli-kovalent bog‘lanish deyiladi. Masalan, SO2 molekulasidagi S – O bog‘i qutbli- kovalent xususiyatga ega, chunki undagi kislorod va oltingugurt atomlarining nisbiy elektromanfiyliklari ayirmasi: 3,5 – 2,5 = 1 eV ga teng. Bu esa yuqoridagi qutbli-kovalent bog‘ shartini qanoatlantiradi.

Kovalent bog‘lanishning to‘rt xil xossasi mavjud. Ular: bog‘ uzunligi, bog‘ energiyasi, to‘yinuvchanlik va yo‘naluvchanlikdir.

Bog‘ uzunligi – bu bir atom bilan ikkinchi atom orasidagi masofadir. Bog‘ uzunligi nanometrlarda ifodalanadi (1nm = 10-9 m). Bog‘ uzunligi atom radiusiga ham bogliqdir. Atomlar orasidagi nisbiy elektromanfiylik farqi qanchalik katta bo‘lsa kimyoviy bog‘ shuncha qisqa bo‘ladi. Bog‘ uzunligi karralilikka ham bogliq, ya’ni ikki element atomi orasida bog‘lar soni ortib borishi bilan bog‘ning uzunligi qisqarib boradi.

Bog‘ energiyasi – bu ikki atom orasidagi kimyoviy bog‘ni uzish uchun sarf bo‘ladigan energiya miqdoridir. Nisbiy elektromanfiylik farqi qanchalik katta bo‘lsa u bog‘ni uzish uchun shuncha ko‘p energiya talab etiladi. Bu kattalik kimyoviy bog‘ning mustahkamligini tavsiflaydigan miqdoriy kattalikdir va u kJ/mol yoki kkal/mol larda o‘lchanadi (1 kilokaloriya = 4,187 kiloJoul). Elementlar orasidagi kimyoviy bog‘ning soni oshishi bilan bog‘ energiyasi ham ortib boradi.

To‘yinuvchanlik – bu atom tashqi elektron qavatidagi valent elektronlarini berishi yoki toq elektronlarini juftlashtirib olish imkoniyatidir. Masalan, H2S molekulasida S (-2) oksidlanish darajasiga ega, bunda S ning tashqi qavatida ikkita toq elektronlari mavjud bo‘lib, reaksiya natijasida S ning elektromanfiyligi yuqorilik qilib vodorodlarning elektronlari o‘zi tomonga og‘dirdi va natijada uning toq elektronlari juftlashib tashqi qavati elektronlar bilan butunlay to‘ldi. To‘yinuvchanlik xususiyatini namoyon qilib element atomlari inert gazlarga o‘xshab qoladi. Yuqoridagi misolda S ikkita elektron olib argonga o‘xshab qoldi (argon bilan izoelektron o‘xshashlik nazarda tutiladi).

Yo‘naluvchanlik – bu kovalent bog‘lanishda s-, p-, d-orbitallaridagi elektronlarning o‘zaro juftlashuvi sababli yuzaga keladigan fazoviy yo‘nalishlarni ko‘rsatadigan xususiyatdir (1.8-rasm).

Kristall panjarada uning tugunlaridagi metal atom-ionlari bilan elektronlar o‘rtasida yuzaga keladigan tortishuv kuchlari metal bog‘lanish deyiladi. Metal bog‘lanish faqat metallar orasida vujudga keladi. Ularning qaynash va suyuqlanish haroratlari yuqori, suvda erimaydi, elektr tokini qattiq holatda yaxshi o‘tkazadi. Ularga davriy sistemadagi barcha metallar, intermetallar va qotishmalar kiradi.




Download 6,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish