Pirometallurgiya jarayonlari nazariyasi


Metallurgiyada shlak eritmalari. Shlak eritmalari haqida ma’lumot



Download 6,35 Mb.
bet119/154
Sana31.12.2021
Hajmi6,35 Mb.
#277811
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   154
Bog'liq
Pirometallurgiyajarayonlarinazariyas

Metallurgiyada shlak eritmalari. Shlak eritmalari haqida ma’lumot
Shlak eritmalari deb, ruda yoki oraliq mahsulotlarni pirometallurgiya usuli bilan qayta ishlash natijasida paydo bo‘ladigan oksidlarning murakkab eritmalariga aytiladi. Shlak turli oksidlar va ularning o‘zaro bog‘lanishidan paydo bo‘ladigan birikmalardan tuzilgan. Shlak dastlabki xomashyo – tog‘ jinslari va maxsus qo‘shiladigan flyuslardan iborat bo‘ladi. Shlakning asosiy vazifasi – metall va shunga o‘xshash foydali moddalarni tog‘ jinslaridan ajratib olishdir.

Pirometallurgiyada shlakli eritmalarning ahamiyati juda katta. Shlak fazasida jarayonga ta’sir etuvchi asosiy fizik-kimyoviy reaksiyalar oqib o‘tadi. Jarayonning termodinamikasi va kinetikasi asosan shlakning xususiyatlariga bog‘liqdir. Dastlabki xomashyoda metallning miqdori kam bo‘lgani uchun va bo‘sh tog‘ jinsining miqdori ko‘proq bo‘lgani sababli metallurgik pechlarda juda ko‘p shlaklar paydo bo‘ladi. Ularning massasi dastlabki rudaning massasiga deyarli tengdir. Shlaklarning xususiyatlari bilan metallurgik jarayonning ishlab chiqarish unumdorligi, mahsulotning tan-narxi, yoqilg‘ining sarfi, metallning chiqindi bilan isrofi va boshqa ko‘rsatkichlari belgilanadi. Ko‘p jarayonlarda shlakning hosil bo‘lishi yuqori haroratda qizib turgan suyuq metallni oksidlanishidan muhofaza qiladi. Elektrometallurgik jarayonlarda shlak qarshilik vazifasini bajarib, elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirib beradi va natijada pechga yuklangan shixta massasini tezroq erishiga olib keladi. Bir necha metallurgik jarayonlarda shlak asosiy metallni tozalash uchun ishlatiladi.

Bitta moddani ikkita bir-biriga aralashmaydigan fazalarga taqsimlanish qonuniga ko‘ra shlaklarda bir necha foiz metall eriydi. Ko‘pincha shlaklarda metallning miqdorligi 0,5 – 3,5% ni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich ozdek ko‘rinsada, lekin shlak miqdori ko‘p bo‘lgani sababli shlak bilan metallning isrofi ham ko‘p bo‘lishi tayindir. Bu holat metallurgiyaning eng katta muammosidir.

Shlakni tashkil etuvchi asosiy moddalar: SiO2 (kremnezem, kvars), Al2O3 (glinozem), CaO (so‘ndirilmagan ohak), Fe3O4 yoki FeO·Fe2O3 (magnetit), MnO (marganes (II) oksidi), MgO (magnezit) va boshqalar.

Shlaklarda bir qancha sulfidlar ham (asosan, FeS ko‘rinishida) eriydi. Ularning miqdori 2 – 3% ni tashkil qiladi.

Bir necha shlak tarkibi namunalari:

1) Mis shteynini olishda:

33 – 50% SiO2; 2 – 12% CaO; 34 – 45% FeO.

2) Nordon muhitli po‘lat eritish pechida:

45 – 60% SiO2; 35 – 45% FeO.

Download 6,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish