Pirimqul Qodirovning ‘‘Avlodlar dovoni’’ asarida tarixiy obraz yaratash mahorati



Download 20,22 Kb.
Sana14.09.2021
Hajmi20,22 Kb.
#174417
Bog'liq
Pirimqul Qodirovning ‘‘Avlodlar dovoni’’ Taqriz Beksaidova Maftuna


Pirimqul Qodirovning ‘‘Avlodlar dovoni’’ asarida tarixiy obraz yaratash mahorati

Beksaidova Maftuna

Rasulmuxamedova D

Ma’lumki, tarixiy romanlarda badiiy to’qimaning ikki xil tipi mavjud bo’ladi: birinchisi – tarixiy shaxslar talqinidagi badiiy to’qima bo’lsa, ikkinchisi – sof badiiy to’qima mahsuli bo’lgan xayoliy obrazlarda davr haqiqatini ifodalashdan iboratdir. Tarixga doir ilmiy tadqiqotlarda xayol qonuniyatlari aniq dalillar tahlili vositasida ochib berilgan holda, tarixiy romanlarda ana shunday qununiyatlari yaqqol ochib beruvchi abadiy tiplarning badiiy talqini ustivorlik qiladi. Tarixiy voqelikning badiiy to’qima bilan qo’shilib ketishi yozuvchi tasvirlayotgan davr haqiqatini yanada aniqroq va yaqqolroq tasavvur qilishga imkon beradi. Shuning uchun ham adabiy asardagi badiiy to’qimani boshqa hech bir vosita bilan almashtirib bo’lmaydi. Badiiy to’qimaning boshlanishi ijodiy niyatning tug’ilishadayoq yarq etib ko’zga tashlanadi. P.Qodirovning ‘‘Avlodlar dovoni’’ romanida ‘‘muallifdan’’ deyilgan izoh bor. Ana shu bitikda yozuvchini roman yaratishga ilhomlantirgan ijodiy niyatning tug’ilishiga asos bo’lgan sabablarga quyidagicha ishora bor:

‘‘Zamonaviy ehtiyojlar bizni tarixdan saboq olishga undaydi. Bugungi odamzodni bezovta qilayotgan katta muammolar o’tmish zamonlarda boshqacha shakllarda va o’zgacha miqyoslarda bo’lsa ham ajdodlarimizning boshiga tushgan. Ular bu muammolarni tushunish va hal qilish yo’lida juda ko’p ma’naviy izlanishlarni boshidan kechirganlar va o’z tarixiy tajribalarini bizga meros qilib qoldirganlar.

Ana shu muammolar orasida inson zotiga juda ko’p azoblar bergani – turli davlatlar va mafkuralar adovatidan kelib chiqadigan qirg’in urushlardir. Ayniqsa, hozirgi dunyoga hokim bo’lish ishtiyoqida yurgan yovuz kuchlarning sovuq urush uchqunlarida dahshatli atom alangasini yoqishga intilayotgani odamzod hayotini xavf ostida qoldiradi. Bu xavfni bartaraf etishiga butun dunyoning taraqqiyparvar kuchlari va barcha xalqlarning eng ibratli tajribalari safarbar etilmoqda.

Shu umuminsoniy safarbarlikka bizning ajdodlarimiz orttirgan tarixiy tajribadan ozgina bo’lsa ham hissa qo’shish niyati mazkur romanning yozilishiga turtki berdi. Uning asosiy voqealari bizga qo’shni va do’st malakat – Hindistonda, XVI asrda bo’lib o’tadi. Bu davrda hind xalqi hayotida yuz bergan madaniy ko’tarilish jarayoniga Movarounnahrga borgan iste’dodli tarixiy shaxslarning mehnati singganligi ko’pchilikka ma’lum. Xalqlarimiz tarixining chatishgan va payvand bo’lgan nuqtalaridan turli elatlarni bir – biriga ruhan yaqinlashtiradigan va turfa madaniyatlarni yuksaltiradigan ma’naviyat mevalari yetilib chiqdi.

O’sha davrda dunyoning eng qudratli va taraqqiyparvar mamlakatlaridan biriga aylangan Hindiston barcha xalqlarni milliy nizo, diniy adovat balolaridan xalos qilishning yangi yo’llarini izlagan, hamma elat va xalq e’tiqodlarni teng deb e’lon qilgan, jahonda birinchilardan bo’lib ‘‘sulhi kull’’ – har tomonlama tinchlik siyosatini boshlab bergan edi. Hindistonda tug’ilib o’sgan va uni o’zining vatani deb bilgan Akbar mana shu siyosatning tashabbuskori bo’lgan edi. Albatta siyosat bilan hayot orasida katta farqlar va kuchli ziddiyatlar mavjud edi. Akbar ham, uning otasi Xumoyun ham umr bo’yi ichki va tashqi ziddiyatlar girdobida yashaganlar. Eng xatarli asnolarda beg’araz, halol mehnatkash xalq vakillari ularni naqd o’limlardan qutqarib qolganligi tarixiy hujjatlardan ma’lum. Shu sababli romaning g’oyaviy yo’nalishini Nizom, Salim, La’l, Chand, Mohim enaga kabi xalq vakillari orqali belgilashga intildim’’

Badiiy to’qima ijodiy niyatning tug’ilishidan boshlanadi deyilganda, eng avvalo, obrazli g’oya ko’zda tutiladi. Chunki, yozuvchi bugungi zamonaviy ehtiyojlarni ham, tarix saboqlarini ham badiiy tahlil qilish jarayonida olgan taassurotlaridan ta’sirlanib ketadi-yu, yozilajak romanga asos bo’ladigan bosh g’oyani topib oladi. Zamondoshlarimizni bezovta qilayotgan ko’pgina muammolar qachonlardir ajdodlarimiz boshiga ham tushgani, ular esa bu muammolarni hal qilib, o’z tarixiy tajribalarini bizga meros qilib qoldirganliklarini yozuvchi obrazli tasavvur qila boshlaydi. Ana shu obrazli g’oya Xumoyun va Akbar singari tarixiy shaxslar faoliyatlarini yozuvchi ruhiy olamga muhirlab, ularning umuminsoniy ahamiyatga molik ulug’ ishlari adovat tufayli kelib chiqadigan qirg’in-barot urushlarning oldini olish va tinchliksevarlik g’oyalarini keng yoyishdek ezgu faolyatlari yozuvchi ijodiy niyatini to’lishtira boradi.

Yozuvchining ijodiy niyati shu qadar ulkanki, u birgina o’z ona xalqini emas, butun insoniyat istiqbolini o’ylaydi:

‘‘Barcha elatlarni bir-biriga ruhan yaqinlashtirish qanchalik muhim bo’lsa turli avlodlar orasidagi nizoni yo’qotish va mehru oqibatni mustahkamlash ham shunchalik zarurdir. Tabiat qonuniga binoan avlodlar almashinib turadi. Yangi avlod avvalgisining o’rniga kelganida nizo chiqishi, alg’ov-dalg’ov bo’lishi tarixda ko’p uchraydigan hodisadir. Yangi avlod o’z ota-bobolarining eng yuksak insoniy va ijodiy tajribasini egallaganda tarixning baland bir dovonidan oshganday tuyuladi. Bunday ma’naviyat dovonlaridan oshish, ayniqsa, o’tmishda mutloq hokimiyat, xurofot va jaholat avj olgan zamonlarda benihoya mushkul kechgan, bu dovon yo’llarida og’a bilan ini yovlashgani, bola otaga qarshi isyon qilgani, barcha yo’qotishlar va mushkulotlarga bo’y bermay tog’ oshgan odamlarning hayotiy tajribalari va ma’naviy meroslari bugungi avlodlarimizga tarixiy saboqday xizmat qilsin, degan niyat ham shu romaning yozilishiga sabab bo’lib’’ (8-son, 9-bet).

‘‘Barcha yo’qotishlar va mushkulotlarga bo’y bermay’’ dovon oshganlar orasida Xumoyun va uning o’g’li Akbar shoh siymosi va faolyatlari romanning yetuk mazmuni va mukammal syujetini shakllantiradigan g’oyaviy niyat negizidir. Romanda tasvirlangan tarixiy va to’qima obrazlarning barchasi yetakchi adabiy tip – ya’ni Akbar shoh atrofiga to’planib, badiiy mushtaraklikni tashkil etadi. O’z-o’zidan anglashiladiki, Akbar shoh siymosi romandagi fikr birligini – ya’ni obrazli g’oyaning negizini tashkil qiluvchi urug’dir. Yozuvchi o’z romanini ana shu urug’ni gurkiratib ko’kartirgan barakali va serhosil zaminni – tarixiy voqelikning manzaralarini mohirona chizishdan boshlaydi. Kitobxonlar ko’z o’ngida 1528 yil voqealari jonlanadi.

Yozuvchi yaratgan manzarada yoshi oltmishlardan oshgan, sochlari oqarib, jussasi kichik bo’lib qolgan Xonzoda begim xomush bir qiyofa bilan yolg’iz o’tirgani tasvirga kiritiladi:

‘‘Bog’ juda orasta, yo’lkalarga oltinrang qumlar solingan, marmar ariqlardan tiniq suvlar jildirab oqadi. Chorchamanlarda mamlakatning eng noyob gullari muattar hid taratib ochilib turibti. Lekin bu hammasi Xonzoda begimga juda omonat tuyuladi: Qonli janglarda barpo etilgan ulkan davlat hanuzgacha hind yeriga teran ildiz otolgan emas. Fotihlik qilichining yaralari tezda tuzalmas ekan, mamlakatning turli o’lkalarida Xumoyun va uning inilariga qarshi ketma-ket isyonlar bo’lmoqda. Shu xatarli vaziyatda og’a-inilar inoq bo’lish orniga bir-birlari bilan, chaplashib, hokimiyat talashadilar. Xonzoda begim ularni murosaga keltira olmay qiynaladi. Hozir bog’da o’ltirgan paytda ham, butun o’y-u xayoli og’a-inilarining uzoqdagi nizolaridan beri kelmaydi’’ (8-son, 9-bet).

Begimning parishon nazari tushib turgan ko’kalamzor maydonda esa bir to’p otliq qizlar chavgon o’ynashmoqda. Ular orasida Xonzoda begim ham bor. U Xumoyunga arzigulik umr yo’ldoshini izlaydi.

Yozuvchi mohirlik bilan chavgon o’ynayotgan qizlar orasida Hamida bonuni alohida ajratib, uni Xonzoda begim bilan uchrashtirib, bu go’zal qizni nozik ta’b begim nigohi bilan sinovdan o’tkazadi. Xonzoda begim o’z davrining ilg’or kishisi, akasi Bobur tuzgan yirik davlatning barcha quvonch-u g’amlariga sherik, Xumoyun shohga kamarbasta zamonasidagi qirg’inbarot urushlarning oldini oluvchi, tinch-totuv va baxtu farovon turmushning tarafdori bo’lgan yetuk bir inson. Yozuvchi uning zimmasiga davrning zalvarli yukini yuklagan, ruhiy olam go’zalligi va aql – idrok komilligi bilan bog’liq barcha tasavvurlarini ham shu ayol obrazida mujassamlashtirilgan adib uni davrning ilg’or adabiy tipi darajasiga ko’targan. Biroq, bularning barchasi Akbarshoh obrazining badiiy zamini ekanligini sezgir kitobxon tezda idrok etadi. Xonzoda begimning ko’pni ko’rgan tajribali ko’zlari Hamida bonuga umid bilan tikilishi ham bejiz emas. Xonzoda begim uzoq umri davomida naryog’i Shayboniyxondanu, shoh Ismoildan tortib bu yog’i temuriy tojdorlargacha qancha-qancha shahzodalarning oilaviy hayoti bilan yaqindan tanish bo’lgan, ne-ne malikalarning toju taxt talashlarida shikast yetganliklariga guvoh bo’lgan. Hamidaning husniga yarasha aqli ham yetukligi, pishiqligi Xumoyunning ichki va tashqi ziddiyatlarga to’la mashaqqatli hayotiga balki shu qizning bardoshi yetar, balki ular orzu qilgan zurriyotni shu qiz dunyoga keltirib berar degan umid Xonzoda begimni unga tobora yaqinlashtiradi. Shu tariqa qizlarning chavgon o’yini tasviri Navro’z shodiyonalari tasvirlari bilan mohirona bog’lab yuboriladi. Tasvirdan tasvirga o’tilgani sayin tarixiy shaxslarning soni ham, salmog’i ham oshib boradi. Yozuvchi hayot bag’riga, o’zi yaratayotgan tarixiy shaxslar dunyosiga shu qadar chuqur boradiki, natijada har bir manzara, har bir obrazning ruhiy olami tiniq ko’zguda aks etgan kabi o’sha davr taraqqiyotini bor salobati bilan namoyon etadi. Xumoyun inilari bilan orasi buzilsa ham, Said Xalil boshliq ruhoniylar e’tirozlariga yo’liqsa ham o’zi tanlagan adolat va haqiqat yo’lidan hech bir chekinmaydi, dadil olg’a boraveradi. Ota meros davlati rivoji va istiqboli yo’lida barcha to’siqlarni yengib o’tishga intiladi. ‘‘Qonuni Xumoyuniy’’ degan yangi nizom o’ylab chiqaradi. Tarixchi Xondamir kitobot qilgan bu qonunga binoan Xumoyunning qo’l ostidagi odamlar uch qismga bo’lib chiqilgan. Birinchi toifa – ahli saodat, ya’ni din peshvolari, ulamolar, shoirlar, olimlar. Uchinchi toifa – ahli murod, ya’ni aslzoda ayollar, sozandalar, xonandalar, musavvirlar va boshqa nafis san’at sohiblari, Xumoyun mirzo tabiatidagi to’rt unsur qonuniga asosan nazoratdagi lavozimlarni ham to’rtga bo’ladi: sarkori otash, sarkori havoyi va sarkora xoki. Ana shu qonun tufayli shayxulislom Said Xalil bilan oradagi munosabati buziladi.

Yozuvchi o’sha davr tojdorlarining taxt talashishlariga amiru beklargina emas, hattoki, ruhoniylar ham aralashishganligini shayxulislom Said Xalil faoliyati vositasida tasvirga olib kiradi. Romanda tasvirlanishicha Bobur ta’limini olgan zukko Xumoyun din peshvolariga yon bermaydi: ulardan yuqoriroq turish, davlatni adolat ila boshqarish uchun tinimsiz intiladi. Biroq Said Xalil ham o’z yo’liga kirmagan Xumoyunning davlatini buzish maqsadida ichki nizolar keltirib chiqaradi Komron mirzo bilan Sherxonni Xumoyunga qarshi gij-gijlaydi. Xumoyun uzoq viloyatlarga ketganda Said Xalil Komron Mirzoga shoshilinch xufya yuborib, Loxo’rni tezda egallashga undaydi. Uning fitnasiga uchgan Komron Qobulga Panjobni ham qo’shib oladi. ‘‘Endi agar Sharqda Sherxon bosh ko’targani rost bo’lsa, Xumoyun otda bir oylik yo’l bo’lgan Bixorga qo’shin tortib ketishi aniq’’ deb o’ylaydi. O’shanda Said Xalil Komron Mirzoga yana bitta yashirin maktub yozib, ‘‘Agrani egallash payti keldi’’ deb da’vat qiladi. Mana sizga shayxulislom Said Xalilning asl qiyofasi.

‘‘Avlodlar dovoni’’ romanida tasvirlangan Sherxon ham Xumoyun singari tarixiy shaxs. U Sherxon Sur nomi bilan ‘‘Boburnoma’’ ning 1527-1528 yilgi voqealari tavsifida ikki martta tilga olingan. Yozuvchi tarixiy xabar tarzida yetib kelgan ana shu ma’lumot asosida yirik adabiy tip obrazini yaratgan.



Yozuvchi shohlik doimiy huzur – halovatdan iborat emasligini, saltanatni boshqarish dovyurak va tadbirkor shaxslargagina nasib etishini, qaysi bir podshoh o’z hukmdorligi davrida xalqqa qayishsa, el-u yurt ham unga balogardon bo’lishini adolat va insof, xalqparvarlik va ma’rifatparvarlik podshohlar umrini adabiylashtirishini ana shu tarixiy shaxslar badiiy obrazga singdirilgan davr haqiqatlari misolida teran ifodalab bera olgan. Adib badiiy mahoratining o’ziga xosligi shundaki, u ana shu haqiqatlarni badiiy to’qima vositasida o’zi yaratgan shohlar adabiy tiplariga singdirib yuborgan. Tarixdan shu haqiqat ayonki, Bobur, Xumoyun, Akbarlarning ulkan iste’dodlarini yuzaga chiqargan Hindiston ularni o’zining unutilmas tarixiy shaxslari qatoriga qo’shib olgan edi. Yozuvchi ham ana shu tarixiy haqiqatlarni chuqur va atroflicha o’rganib, ularning diniy va milliy adovatlarni yo’qotish borasidagi faolyatlarini o’z tarixiy asarida bosh g’oyaviy yo’nalish qilib tanlay olgani uchun ham insoniyat istiqboliga daxldor nodir yodgorliklar yaratadi P.Qodirov tarixiy romanlarining yetuk adabiy hodisa sifatidagi ahamiyati ham ana shunda.
Download 20,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish