Pirimqul Qodirov
(1928- yil tug`ilgan)
Adibning hayot va ijod yo'li. Pirimqul Qodirov o'zbek adabiyotiga XX asrning o'rtalarida kirib kelgan yangi avlodning atoqli vakilidir. Bolajak adib 1928- yil 25- oktabrda tug'ilgan.Halol cho'ponlikdan suruv-suruv qo'ylar egasiga aylangan badavlat Qodir aka oilasi sho'ro tuzumi tomonidan boy-zodagonlikda ayblanib, jo'jabirday farzandlari bilan Tojikistonning Shahristonidagi Kengko'ldan O'zbekistonning Xovos tumanidagi Iskandar qishlog'iga badarg'a qilinadi. Bu adolatsiztik, uqubatlar Pirimqulning bolaligidan hayotga tiyrak ko'z, sinchkov nazar bilan qarashga o'rgatdi.
Maktabda a'lo baholarga o'qidi. Toshkent Davlat universitetining sharqshunoslik fakulletida tahsil oldi. Moskva aspiran-turasini tugatib, Abdulla Qahhor ijodi yuzasidan disserlatsiya yoqladi va fan nomzodi bo'ldi.
Bu vaqtga kelib u el nazariga tushgan adib edi. Pirimqul Qodirov badiiy va ilmiy ijodni birga qo'shib olib bordi. O'zbek realistik prozasidagi badiiy til jozibasi, tilning xalq tili bilan aloqalari masalasiga bag'ishlangan tadqiqotlar e'lon qildi.
Tashkilotchi, olim, jamoat va davlat arbobi sifatida Moskvadagi yozuvchilar uyushmasida, Respublika Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutida va mustaqillik davriga kelib, mamlakat Oliy Majlisida mas'ul lavozimlarda ishladi.
Badiiy tarjima yozuvchi Pirimqul Qodirov mahorati shakllanishida muhim rol o'ynadi. U rus adiblari Tolstoyning ,,Kazaklar", K. Fedinning "Ilk sevinchlar", turkman yozuvchisi X. Deryayevning "Qismat" romanlarini o'zbek tiliga o'girdi.
Adabiyotimizni rivojlantirishdagi katta xizmatlari uchun ,,O'zbekiston xalq yozuvchisi" yuksak unvoniga sazovor bo'ldi.
P. Qodirov xassos, nozikta'b, o'ziga xos yozuvchi. Uning asarlaridagi yetakchi xususiyattar so'zdagi hissiyot tiniqligida, asar hujayralaridagi uyg'unlik va yaxlitlikda, qahramonlar va muallif tilining musiqiy ranginligida, fikrlasli madaniyatidagi jozibada ko'zga tashlanadi.
“Yulduzli tunlar”
Asar nainki adib ijodi, balki, umuman,ro’man va XX asr o'zbek adabiyot tarixida muhim o'rin tutadi. Uning chop etilib, o'quvchilar
qo'liga tegish tarixi ham o'ziga xosdir. Sho'ro zamonida o'zbek adabiyotidagi buyiik tarixiy siymolarga bag'ishlangan birorta asarining
qismati oson kechmadi. Bunga ,,Abulfayzxon", ,,Muqanna",
,,Navoiy”, ,,Mirzo Ulug'bek”, ,,Ko'hna dunyo” singari asarlar
misoldir. “Yulduzli tunlar”ham bundan mustasno emas. Sho'rolar bunday asarlar xalqning ko'zini ochadi, isyonkor ruhni charxlaydi, ulug' ota-bobolar orqali buyuk o'tmishga, ma'naviy qudrat an'analariga intilish va sadoqalni kuchaytiradi, deb qo'rqdilar va yanglisnmadilar. Bunday asarlar mohiyat e'tibori bilan o'zlikni anglashga chorlashi, xalqni zimdan mustaqillikka tayyorlashi mumkin.
,,Yulduzli tunlar" ham aslida shunday asar edi. Shu bois, roman bir necha yil davomida ne-ne azob-uqubatlar bilan yozilgantga qaramay, olti-yetti yil chop etilmay yotdi. Nihoyat bosilib chiqdi (1978), hatto O'zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo'Idi (1981). Lekin ko'p o'tmay asar va yozuvchi boshiga ko'p og'ir kunlar tushdi. Roman matbuotda feodalizmni targ'ib qikivchi asar sifatida qoralandi. Muailifga millatchi, burjua yozuvchisi deb tuhmat qilindi.
Yangi zamon, mustaqillik adibni ham, romanni ham xalqqa qaytardi.
misoldir. ,.Yulduzli tunlar" ham bundan mustasno cnias,
Sho'rolar bunday asarlar xalqning ko'zini ochadi, isyonkor ruhni charxlaydi, ulug' ota-bobolar orqali buyak o'tmishga, ma'naviy qudrat an'analariga intilish va sadoqalni kuchaytiradi, deb qo'rqdilar va yanglisnmadilar. Bunday asarlar mohiyat e'tibori bilan o'zlikni anglashga chorlashi, xalqni zimdan mustaqillikka tayyorlashi mumkin.
,,Yuldu?.li tunlar" ham aslida shunday asaredi. Shu bois, roman bir necha yil davomida nc-ne azob-uqubatlar bilan yozilgantga qaramay, olti-yetti yil chop etilmay yotdi. Nihoyat bosilib chiqdi (1978), hatto O'zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo'Idi (1981). Lekin ko'p o'tmay asar va yozuvchi boshiga ko'p og'ir kunlar tushdi. Roman matbuotda feodalizmni targ'ib qikivchi asar sifatida qoralandi. Muailifga millatclli, burjua yoziivchisi deb tuhmat qilindi.
Yangi zamon, mustaqillik adibni ham, romanni ham xalqqa qaytardi.
"Yulduzli tunlar" shoh, sarkarda, shoir — benazir inson Zahiriddin Muhammad Boburning yorqin siymosi mahorat bilan aks ettirilgan to'laqonli va siymosi badiiy asardir.
Bu asargacha yozuvchi, asosan, o'z zamondoshlari va zamonasi muammolariga bag'ishlangan asarlar yozdi. „ Yulduzli tunlarda” esa, adib ilk bor tarixiy mavzuga murojaat etdi, buyuk tarixiy shaxs obrazini yaratishga kirishdi. Gap mavzu va qahramonning tarixiyligida emas. Asosiysi, jahon tarixi, xususan, O'rta Osiyo va Hindiston tarixida o'chmas iz qoldirgan, markazlashgan davlat tuzib, ko'pdan ko'p xalqlami qirg'inbarot urushlardan saqlata qolgan, murakkab qismatli podshoh, ne-ne jang-u jadallarda mahorat va jasorat ko'rsatgan sarkarda, she'rlaridagi har bir satrda o'z ichki dunyosi, dono porloq qiyofasi porlab turgan buyuk shoir, har bir so'zidan tarix nafasi keiuvchi ,,Boburnoma" muallifi hamda dilbar tabiat siymosi bu darajada haqqoniy, teran gavdalantirilgan roman shu vaqtgacha o’zbek adabiyotida ham, jahon adabiyotida ham yaratilmagan edi.
Jahon tarixi badiiy adabiyotida Bobur haqida to'g'ri fikrlardan tashqari bir-biriga zid, ba'zan yanglish, xato, noxolis qarashlar yo'q emas edi. Boburning haqqoniy qiyofasini yaratish, badiiy haqiqat imtiyozlari bilan moziy adolatini tiklash tarix talabi, zamon ehtiyoji va yozuvchining muqaddas burchi edi.
Shu ma'noda ..Yulduzli tunlar' yozuvchi burchini namoyon etgan yulduzli orilardir. Roman yuqorida e'tirof etilgan jihatlari va buyuk bir tarixiy siymoning qaytadan kashf etilishi bilan o'zbek adabiyotida mustahkam o'rin egalladi.
Adabiyotimizda buyuk shoh va shoir hayotining ayrim bosqichlariga bag'ishlangan Oybekning ,,Bobur”, E. Vohidovning ,,Kelajakka maktub". B. Boyqobilovnuig ,,Kun va tun". X. Sultonning ,,Bobur-noma" singari turli janrdagi asarlari mavjud. „Yulduzli tunlar”da esa Boburning deyarli butun ongli hayoti yaxlit yaratilgan. Adib roman janrining yuksak talablariga amal qilish bilangina kifoyalanmay, janr tabiatini yanada boyitishga munosib hissa qo'shdi.
Roman Bobur siymosini tarixiy haqiqatga mos, badiiy jihatdan jozibali tasvirlashi bilan e'tiborli. Humoyun og'ir betob bo'lib yotganida Bobur fatzandiga shunday deydi; “Sening betoqatligingga men toqat kehiray! Sening shu og 'ir dardingni xudo sendan olib menga bersin… .
Do'stlaringiz bilan baham: |