Савол ва топшириқлар: Археологияда компьютер ва математик усулларнинг қўлланилиши хақида маълумот беринг.
ГАТ тушунчасига таъриф беринг?
ГАТ тарихи ҳақида маълумот беринг?
Гатнинг археологияда қўлланиши ҳақида маълумотлар келтиринг?
ГАТ соҳасидаги дастурларнинг яратилиш тарихи?
Гат соҳасидаги яратилган дастурларни ўзаро таққсоланг, уларнинг имкониятлари ва камчиликлари ҳақида маълумотлар жадвалини яратинг?
Археологияда ёдгорликларни масофадан суратга олиш тизимининг қўлланилиши?
Объектларни масофадан суратга олиш соҳасида яратилган дастурлар, уларнинг имкониятлари ва камчиликлари ҳақида маълумотлар жадвалини яратинг?
Javoblar
1. XX asrning 20-yillaridan boshlab rus arxeologlari tomonidan tadqiqotlar jarayonida taxminiy statistika va geometriya usullari qo‘llanila boshlandi. 1936-yilda esa Jey Barnes va Alfred Vinsent Kidder tomonidan paleolit industriyasini o‘rganishda statistik usullar qo‘llanilgan. XX asrning 40-yillaridan boshlab Amerikalik arxeolog olimlar ham o‘z tadqiqotlarida matematika usullarini qo‘llay boshlashdi.
2.GAT-bizni o‘rab turgan olamdagi obyektlarni xaritalash, so‘ngra unga tegishli bo‘lgan ko‘plab parametrlar asosida ushbu obyektlarni taxlil etish,ularni namoyish etish vazifasini bajaradi. Biz GAT yordamida ko‘plab shaxsiy va global muammolarni yechish imkoniga ham ega bo‘lamiz.
3.Geografik axborot tizimlari (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan atamasi - GIS
ishlatiladi) XX asrning 60-yillaridan boshlab rivojlana boshlagan, lekin bu tizimning keng rivojlanishi 90-yillarga to‘g‘ri keladi. Bunga sabab shu keyingi 20 yil ichida kompyuter texnologiyasining ancha rivojlanishi bo‘ldi. Kartalar yaratishning "Qog‘ozli" deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan bir qatorda geografik axborot tizimidan foydalangan holda kartalar yaratishning kompyuterli texnologiyasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
4.GAT nafaqat arxeologik topilmaning xududiy joylashuvi balki, yodgorliklar, arxeologik madaniyatlarning yoyilish xududini ham aniqlash borasidagi muammolarni bir qadar yechish imkonini bermoqda.Arxeologiya sohasida GAT texnologiyalar dastlab AQSH, Angliya, Germaniya, Gollandiya, Shvetsiya, Rossiya olimlari tomonidan qo‘llanilgan.
5.XX asrning 70-yillarida geografik maʼlumotlar tizimi koordinatalar sistemasiga bog‘langan maʼlumotlarni kompyuter monitorida tasvirlash yoki xaritalarni tahrirlash hamda ularni chop etishda keng qo‘llanila boshlandi. XX asrning 60-yillari oxirlarida AQSHning aholini ro‘yxatga olish bo‘limi (U.S. Sensus Bureau) xodimlari tomonidan maʼlum bir hududga oid maʼlumotlarni kompyuterlashtirish va keyinchalik esa ushbu maʼlumotlar ustida ishlash g‘oyasi vujudga keladi. Ular tomonidan “GBF-DIME” (Geographis Base File, Dual Independent Map Ensoding) yaʼni geografik maʼlumotlarni o‘zida aks ettiruvchi formati ishlab chiqiladi. Bu formatda birinchi marotaba topologiya deb ataluvchi, obyektlar o‘rtasidagi hududiy bog‘liqlikni aniqlovchi sxema ishlab chiqilgan.