Php on html



Download 35,78 Kb.
bet2/3
Sana24.01.2022
Hajmi35,78 Kb.
#406869
1   2   3
Tarmoq dasturlashda foydalaniladigan dasturlash tillarining tahlili.

Java dasturlash tilining tahlili. Java dasturlash tili taqsimlangan ilovaning barcha komponentlari o‘rtasida dinamik ma’lumot almashishni tashkil qilish uchun barcha vositalarga ega. Shuning uchun Java masofadan monitoring, diagnostika qilish, boshqarish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish uchun mos keladi.

Java texnologyasi o‘ta sodda, xavfsizlikni yuqori darajada ta’minlab bera oladigan, kuchli, to‘la ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tili bo‘lib, muhit (platforma)ga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlaydi. U bilan hatto eng kichik qurilmalarga ham dasturlar yozish mumkin. Java texnologiyasi to‘laligicha Java Virtual Machine (JVM)ga asoslangan. JVMning vazifasi tarjimonlik, ya’ni, dastlab biz yozgan *.java faylni kompilyator yordamida bayt kodga o‘giradi, JVM yordamida esa mashina tiliga o‘giriladi. Java texnologiyalari:



  • Java SE – Java SE yoki Java Standart Edition, serverda, shaxsiy kompyuterda desktoplarda ishlovchi dasturlar, Applet lar yaratish uchun ishlatiladi. Bu texnologiya yordamida yaratilgan dasturlar deyarli barcha operatsion tizimlarda ishlay oladi (Windows NT, MACINTOSH, LINUX va Solaris). Shu bilan birga Java SE boshqa Java turlarining asosi hisoblanadi.

  • Java EE – Java Enterprise Edition Java texnologiyalari orasida eng keng tarqalgan turi hisoblanib unda asosan serverda ishlovchi dasturlar yaratiladi. Masalan, ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan web-saytlar yaratishda keng qo‘llaniladi va asosan internetda ishlovchi dasturlarda qo‘llaniladi. Java SE ni Java EE dan eng asosiy farqi Java EE o‘z tarkibiga  Java SE ni olibgina qolmay, shu bilan birga ko‘pgina boshqa qo‘shimcha kutubxonalarni (odatda *.jar) ham o‘z ichiga oladi. Ya’ni: Servlet, JavaMail, JSF (Java Server Face) va boshqa ko‘pgina internetga asoslangan qo‘shimcha kutubxonalar.

  • Java ME – Java ME yoki Java Micro Edition Java SE  ning ba’zi qismlarini o‘z ichiga oladi. Java ME yordamida kichik qurilmalar uchun dastrular yozish mumkin. Masalan, mobil telefon uchun o‘yinlar, dasturlar yaratish mumkin.

Java dasturlash tiliga asoslangan yechimlar quyidagi afzalliklarga ega:

  • Java nisbatan oddiyroq dasturlash tili bo‘lib hisoblanadi. Ishonchli dasturiy kodni tezda yaratishga xotiraning avtomatik boshqarilishi, ko‘p karrali vorislik va ko‘rsatkichlarning bo‘lmasligi yordam beradi;

  • Javaning baytli kodi ko‘p hollarda operatsion tizim yoki protsessordan mustaqil bo‘ladi. Shu sababli Java tilidagi ilovalar boshqa platformalarga osonlik bilan o‘tkaziladi;

  • JNI va CORBA texnologiyalari yordamida boshqa dasturlash tillarida yaratilgan ob’ektlar bilan aloqani tashkil qilish mumkin.

Java dasturlash tilining sintaksisi C# dasturlash tilining sintaksisiga o‘xshab ketadi.

Java dasturlash tilining eng asosiy kamchiligi – juda katta apparat resurslaridan foydalanishi hisoblanadi. O‘tkazilgan tajribalarga ko‘ra, bir xil vazifa C, C++ dasturlash tiliga qaraganda Java tilida 1,5-2 baravar sekinroq amalga oshadi. Bunda operativ xotiraga juda katta yuklanish beriladi. Windows operatsion tizimida Java tilida ishlab chiqilgan dasturni o‘rnatish uchun JVM komponentini o‘rnatish lozim.



PHP dasturlash tilining tahlili. PHP (Hypertext PreProcessor) – HTMLni qayta ishlovchi, Web dasturlashda keng foydalaniladigan dasturlash tili.

1994-yili PHP tilinig yaratuvchisi Rasmus Lerdorf (Rasmus Lerdorf) o‘zinig saytiga mehmonlar kirishini hisoblash uchun Perl dasturlash tilida maxsus qobiq yozib amalda qo‘llagan. Ko‘p o‘tmay qobiqni ishlash unumdorligi juda past va sekinligi aniqlanganidan so‘ng, dasturlarni yangidan “C” tilida yozib chiqishga to‘g‘ri keladi. Keyin dastlabki dastur kodlari muallif tarafidan barchaga ko‘rish uchun serverga nashr qilingan. Server foydalanuvchilari kodlar bilan qiziqib, uni ishlatish muxlislari ham paydo bo‘lgan. Ko‘p vaqt o‘tmay bu dasturlar alohida loyihaga aylanib, 1995 yilning iyun oyida dasturiy mahsulot PHP (Personal Home Page) nomi bilan birinchi nashri chiqarildi. Imkoniyatlari oddiy va sodda bo‘lib: bir necha buyruqlarni tushunadigan kod analizatori (tekshiruvchisi), mehmonlar hisoblagichini, kitobini, chatini yaratish uchun foydali dasturlar to‘plamidan iborat bo‘lgan.

1996 yil aprel oyida dasturlar jiddiy qayta ishlanganidan so‘ng, PHP/FI (Personal Home Page/Forms Interpreter) nomi bilan mahsulotning ikkinchi nashri paydo bo‘ldi. Bu mahsulot html-kod ichiga yozilib, html-formalarni qayta ishlab, hozirgi PHP dasturlash tilining tayanch imkoniyatlarini ichiga olgan. PHP/FI kod yozilishi Perl tiliga juda o‘xshagan, lekin soddaroq bo‘lgan.

1997 yili PHP/FI 2.0 nashri chiqdi. O‘sha paytda bu mahsulotdan dunyo bo‘yicha bir necha ming odam foydalanib, Internetning 1% ini tashkil qilgan edi.

1997 yilda Endi Gutmans (Endi Gutmans) va Ziv Suraski (Ziv Suraski) PHP/FI kodini qaytadan yozib chiqishdi, chunki eski kod ular ishlatayotgan elektron tijorat tizimlari uchun yaroqsiz edi. Eski kodning mualliflaridan yordam olish uchun ular birlashishni taklif etib, PHP3 nomli loyihani PHP/FI ning rasmiy vorisi deb e’lon qilishdi. Yangi loyiha uyushgandan keyin PHP/FI loyihasi ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan.

PHP 3.0 ning eng kuchli taraflaridan biri – uning kengaytirila olinadigan yadrosi (tizimning boshqaruv qismi) bo‘lib, bundan tashqari, ma’lumot jamg‘armalar bilan, turli protokollar va interfeyslar bilan birgalikda ishlash keng imkoniyatlari yaratildi. Muvaffaqiyatga erishishga ancha ahamiyatli fakt bu yangi tilni boyligi va ob’ektlarga mo‘ljallangan dasturlashni ko‘llay olishi. Yangi loyiha bilan birga nafaqat tilni tashqi, balki ichki tuzilishi ham o‘zgardi, shuningdek uning nomi ham. Endi PHP qisqartmasi “PHP: Hypertext Preprocessor” ma’nosini anglatishi bildirildi.

1998 yilning oxirida PHP foydalanuvchilarning soni o‘n minglardan oshdi. Yuz mingdan oshiq Web-saytlar bu tilni qo‘llashini e’lon qilishdi. Taxminan Internetning 10% serverlarida PHP 3.0 o‘rnatilgan edi.

1998 yilning iyun oyda PHP3 to‘qqiz oy ommaviy tekshiruvidan keyin rasman e’lon qilindi. Shu yilning qishida Endi Gutmans va Ziv Suraski PHP yadrosini qaytadan ishlab chiqarishni boshlashgan. Ularning asosiy vazifasi PHP tiziminig unumdorligini ko‘tarish va kodning modullarini yaxshilash edi.

1999 yilning o‘rtalarida birinchi marta taqdim qilingan yangi yadro “Zend Engine” deb nomlangan (“Zend”: mualliflar “Zeev” (“Zeev”) va “Andi” (“Andi”) ismlaridan tashkil topgan). Uni asosida tuzilgan yangi til PHP4 2000 yilning may oyida rasman chiqarilgan. Unumdorlik yaxshilangandan tashqari, PHP 4.0 muhim yangiliklarga ega bo‘lib, sessiyalarni ko‘llash, buferli chiqarish, kiritilgan ma’lumotlarni xavfsiz qayta ishlash va yana bir necha yangi til tuzuvchilarini paydo bo‘lishidan iborat.

Hozirgi kunlarda “Zend Engine” qayta yaxshilanib PHP5 tili ishlab chiqarildi. Asosiy o‘zgarishlar ob’ektlarga mo‘ljallangan dasturlash modelida bo‘lib, tilning imkoniyatlari yanada kengaytirdi (1.1-jadval).

Hozirda PHP tilidan yuz minglab dasturchilar foydalanadi, ular tomonidan bir necha million saytlar yaratilib, Internetning 20% domenlarini tashkil etmoqda.
1.1-jadval

PHP versiyalari





Download 35,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish