Photoshop rastrli grafik muharririda ishlash asoslari. Photoshop interfeysi Fotosuratlami olish paytida yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni tuzatish, mavjud fotosuratlardan yangisini montaj qilish, fotosuratlardagi ortiqcha narsalarni olib tashlash
Photoshop - rastrli grafik muharririda ishlash asoslari. Photoshop interfeysi
Fotosuratlami olish paytida yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni tuzatish, mavjud fotosuratlardan yangisini montaj qilish, fotosuratlardagi ortiqcha narsalarni olib tashlash, fotosuratlarning muammoli joylarini boshqa qismi bilan almashtirish mumkin.
Fotograflarning ishini osonlashtirish uchun qator dasturlar ishlab chiqilgan.
Ular orasida eng mashhuri Adobe kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va qo‘llab-quvvatlanadigan PhotoShop dasturidir.
PhotoShop yordamida quyidagi amallarni bajarish mumkin.
PhotoShopning uskunalar panelida 70 dan ortiq uskuna borligining o‘zi ham uning imkoniyatlari qay darajada kengligidan dalolat berib turibdi.
Bundan tashqari, PhotoShopda o‘nlab palitralar bo'lib, ular dasturda ishlashni osonlashtirishi bilan birga, uning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
PhotoShopning filtrlari yordamida surataing o‘zini yoki uning bir qismini butunlay qayta ishlab chiqish mumkin. Natijada fotosuratga qo‘llanilgan effektlar uning tanib bo‘lmas darajada o‘zgarishiga olib keladi.
Ranglarni rostlash, oq-qora suratlarga rang berish, aksincha, rangli suratlarni oq-qoraga o‘tkazish, fotosuratlarni nashriyotdagi yoki uydagi fotoprinter yordamida chop etishga tayyorlash, fotosuratlarda ko'zlarning qizil rangga kirib qolishini to‘g‘rilash kabi amallar PhotoShopda oson bajariladi.
PhotoShop asosan, tayyor fotosuratlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramay, unda hayotda va tabiatda uchramaydigan yangi fantastik suratlarni yaratishning ham keng imkoniyatlari mavjud.
Yangi tasvir yaratish amali tayyor fotosuratlar asosida yangisini yaratish paytida ham kerak bo‘ladi. Bunda turli suratlarning bo‘laklari yangidan yaratilgan suratga joylab chiqiladi.
PhotoShop dasturining interfeysi quyidagi qismlardan iborat:
1)sarlavha satri va asosiy menyu; 2) parametrlar paneli; 3) uskunalar paneli; 4) palitralar sohasi; 5) ishchi soha; 6) holat satri.
Parametrlar panelida tanlangan uskunaning joriy parametrlari ko‘rsatiladi. Zarurat bo‘lganda bu yerda uskunaning parametrlarini o‘zgartirish mumkin.
Palitralar sohasi PhotoShopning qo‘shimcha imkoniyatlaridan foydalanishda juda qo‘l keladi. Zarur bo‘lganda u yerga palitra chaqiriladi.
Kerakmas paytda palitralar olib qo‘yiladi va tasvir bilan ishlash uchun ko‘proq joy ochiladi. Palitralar ham uskunalar kabi bir nechtasi birlashtirilgan. Ulardan keraklisini ochish uchun palitra oynasining mos jildi ochiladi.
Sayol va topshiriqlar
1. PhotoShopning tarixi haqida gapirib bering.
2. PhotoShopning imkoniyatlarini aytib bering.
3. PhotoShop interfeysi nimalardan iborat?
4. PhotoShop asosiy menyusining qanday bo‘limlari mavjud?
5. Asosiy menyuning Редактирование (Tahrirlash) va Okho (Oyna) boTimlaridagi bandlar bilan tanishib chiqing.