inhärentes Merkmal tovushning o'ziga xos akustik va fiziologik xususiyati, belgisi, masalan:bir tovush ikkinchi tovushdan kuchi, cho'ziqligi va oxangining o'zgarishi bilan farq qiladi.
Inlaut tovushning bo'g'in, morfema va so'zning o'rtasida kelishi.
Intensität des Lautes tovushning kuchi.
intervokalisch undoshning ikki unlining o'rtasida kelishi, mas,: lesen geben, tragen.
Intonation tekst, gap va ularning bo'laklarini bir butunlikka jipslashtiruvchi va ma'lum sintaktik va emotsional funktsiyalarni ifodalovchi prosodik vositalar to'plami.
Invariante lingvistik birlikning variantlaridagi o'zgarmaydigan asosiy qismi, mas: [p] uchun lablanganlik, portlash, taranglilik nutqda o'zgarmaydigan belgilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |