Philippines), Filippin Respublikasi



Download 175,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi175,15 Kb.
#202438
1   2
Bog'liq
Filippin - Vikipediya

Filippin

Respublikasi

Repúbliká ng̃

Pilipinas

 

Bayroq



Gerb

Shior: Maka-Diyos,



Makakalikasan at M

(Xudo, Xalq, Tabiat

uchun)

Madhiya


Lupang 


Poytaxt

M

Rasmiy til(lar) Fil

Ing



Harakatdagi va

soʻngan vulkan

koʻp. Teztez zilzila

boʻlib turadi.

Hududning 1/4

qismi pasttekislik.

Togʻlar oraligʻida

soyliklar va

dengiz sohillarida

ensiz tekisliklar

joylashgan.

Foydali


qazilmalardan

temir rudasi,

xromit,

marganets, nikel,

mis, shuningdek,

Hukumat

Pr

Re



• 

Prezident

 

Rodrigo


Duterte

Mustaqillik  

• 

Ispaniyadan



 

12 iyu


1898

• 

AQShdan



 4 iyul 

Maydon

 

• Butun



30

(7

• Suv (%)



0.6

Aholi

 

• 2002 roʻyxat



87

oʻr


• Zichlik

29

YaIM (

XQT

)

20




simob, oltin,

kumush, turli

qurilish

materiallari bor.

Iklimi tropik va

subekvatorial

mussonli.

Oʻrtacha oylik

temperatura 24—

28°, togʻlarda

19°gacha. Yillik

oʻrtacha yogʻin

miqdori 1000–

4000 mm.


Tayfunlar boʻlib

turadi.


RioGrandedeMindanao, Agusan, Kagayan

ro

• Butun



AQ

mi

• Jon boshiga



AQ

Pul birligi

Fil


pe

(

Vaqt



Mintaqasi

(U

• Yoz (DST)



(U

Qisqartma

RP

Internet



domen

.ph


Telefon

prefiksi

+



va boshqa daryolari sersuv va

seroyetona. Koʻl kam, eng kattasi Luson

oroldagi Bay koʻli.

Tuprogʻi, asosan, laterit tipli qizil va sariq,

togʻlarda togʻkashtan, dare vodiylarida

allyuvial tuproq. 10 ming tur oʻsimlikning

40% endemik. Hududining 46% tropik

urmondan iborat. Qimmatbaho yogʻoch

olinadigan doim yashil daraxt turi koʻp.

Dengiz sohillarida mangro urmonlari

mavjud. 1200 m dan baland joylar

butazor va oʻgloq bilan band. Hayvon turi

kup emas. Iirik sut emizuvchilar yoʻq.

Bugʻuning bir necha turi, yovvoyi tungʻiz,

mangust uchraydi. Qushlarning 750 dan

ortiq turi yashaydi. Sudralib yuruvchi




hayvon kup. MayonVolkano, Kanlaon,

Maunt Apo va boshqa milliy bogʻlari va

quriqxonalari bor.

F.da oʻzaro yaqin til va shevalarda

soʻzlashuvchi 90 dan ziyod elat va

qabilalar yashaydi. Ularning yiriklari:

bisayya, tagal, ilok, bi. kol, pampangan,

pangasinan va boshqa Bundan tashqari,

xitoy, osiyolik, yevropalik va amerikaliklar

ham bor. Shahar aholisi 56%. Rasmiy

tillar — tagal va ingliz tillari. Dindorlari

xristian, islom dinlariga eʼtiqod qiladilar.

Yirik shaharlari: Manila, KesonSiti, Sebu,

Davao.


Aholisi


F. xududida miloddan avvalgi 2ming

yillikda Osiyo qitʼasidan, miloddan avvalgi

1ming yillikda Hindixitoydan borgan,

keyinroq Indoneziyadan kelgan janubiy

mongoloidlar mahalliy negravstraloidlarni

siqib chiqarganlar, qisman ular bilan

qorishib ketganlar. 14—15-asrlarda

Indoneziya orqali Luson, Sebu orollarida,

Sudu arxipelagida islom dini tarqaldi. Bu

yerlarda mayda tarqoq hokimliklar, Sulu

arxipelagida esa Xolo sultonligi vujudga

keldi. 1521 yil Magellan boshchiligidagi

Ispaniya ekspeditsiyasi Filippin orollariga

yetib keldi. Bu ekspeditsiyani Maktano

hokimi Lapulapu tormor etgach (F.da uni

Tarixi



mustaqillik uchun kurashning birinchi

qahramoni sifatida eʼzozlaydilar),

Ispaniya 1564 yil Legaspi boshchiligida

yana ekspeditsiya yubordi. Uning otryadi

F.ning markaziy va shimoliy qismidagi

asosiy orollarning sohillarini bosib oldi,

aholining koʻpchiligini (janubdagi

musulmonlardan tashqari) xristian diniga

kiritdi. 1756—63 yillardagi 7 yillik urush

davrida ingliz qoʻshinlari Manila shahri va

bir qancha joylarni bir yilgacha egallab

turdilar. 19-asrning 2yarmida xorijiy

sarmoya yordamida savdosanoat ishlari

rivojlana boshladi, ziyolilar voyaga yetdi.

Islohot tarafdorlari (X. Risal, M. del Pilar

va boshqalar) dastlabki vatanparvarlik

tashkilotlarini tuzdilar. 1892 yil A.



Bonifasio va boshqa rahbarligida

Katipunan deb ataluvchi yashirin

vatanparvarlik tashkiloti vujudga keldi, tez

orada keskin choratadbirlar koʻrish

tarafdori boʻlgan ziyolilar bu tashkilotga

qoʻshildi. Katipunan chaqirigʻi bilan milliy

ozodlik inqilobi (1896—98) boshlandi.

Inqilobchilar 1897 yil 22 martda mustaqil

respublikani eʼlon qildilar. AQSH 1898 yil

aprelda Ispaniya mustamlakalarini

egallash uchun urush boshladi. 1898 yil

12 iyunda F. 2marta mustaqil deb eʼlon

qilindi. 1899 — 1901 yillardagi Amerika —

Filippin urushi natijasida AQSH F.ni bosib

oldi. 1934 yil F. muxtoriyatga ega boʻldi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida F. hududini

Yaponiya okkupatsiya qildi. 1946 yil 4



iyulda F. mustaqil respublika deb eʼlon

qilindi. F. 1945 yildan BMT aʼzosi.

Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini

1992 yil 22 yanvarda tan olgan va oʻsha

yil 13 aprelda diplomatiya munosabatlari

oʻrnatgan. Milliy bayrami — 12 iyun —

Mustaqillik kuni (1898).

Liberal partiya, 1946 yil tuzilgan;

Millatchilar partiyasi, 1907 yil asos

solingan, 1972 yil taqiqlangan, 1978 yil

yana faoliyat boshlagan; F. kommunistik

partiyasi, 1930 yil tashkil etilgan; "F.

vatanparvar ommasining demokratiya

Siyosiy partiyalari, kasaba

uyushmalari



uchun kurashi" partiyasi, 1997 yil tuzilgan;

LakasXristian demokratlar milliy ittifoqi —

partiya bloki, 1992 yil tashkil etilgan. F.

kasaba uyushmalari kongressi, 1975 yil

asos solingan, 39 tarmoq kasaba

uyushmasini birlashtiradi.

F. — agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki

mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi

22%, sanoatniki 32%, xizmat koʻrsatish

sohasiniki 48%.

Qishloq xoʻjaligida kichikkichik dehqon

xoʻjaliklari koʻpchilikni tashkil qiladi. Yirik

plantatsiya xoʻjaliklari ham bor. Qishloq

xoʻjaligiga yarokli yerlar 9 mln. gektar

Xoʻjaligi



(mamlakat hududining 30%), shundan 1

mln. gektar yer sugʻoriladi. Dehqonchilik

ustun. Eksport uchun shakarkamish,

abaka, geveya, kokos palmasi, yer

yongʻoq, kofe, kakao, tamaki, tropik va

sitrus mevalar yetishtiriladi. Asosiy oziq-

ovqat ekinlari — sholi, makkajoʻxori, batat,

maniok, sabzavot. Chorvachiligi

rivojlangan: qoramol va buyvol, choʻchqa,

echki, parranda boqiladi, baliq ovlanadi.

Oʻrmonlarda qimmatbaho eksportbop

pushti va kizil daraxt yogʻochlari

tayyorlanadi.

Sanoatida konchilik rivojlangan: nikel, rux,

mis, temir, marganets, xrom rudalari,

shuningdek, toshkoʻmir, neft, simob, oltin,




kumush qazib olinadi. Filippin sanoati

qand, sholi oklash, tamaki, yogʻmoy,

meva konservalash, kopra, arqon va

boshqa korxonalardan iborat.

Yogʻochsozlik, mebel va koʻn-poyabzal

sanoati ham rivojlangan. Sanoatning

kimyo, radioelektronika tarmoklari yuksak

surʼatda taraqqiy etmokda. Metallurgiya,

metallsozlik, mashinasozlik (jumladan,

avtomobil yigʻish), televizor,

radiopriyomnik, elektr asboblar, mineral

oʻgʻit, rezinatexnika buyumlari ishlab

chiqaradigan, neftni qayta ishlaydigan,

neft kimyosi, toʻqimachilik, tikuvchilik,

"oyna, sement zavodlari bor.

Hunarmandchilik kds. tarmoq

hisoblanadi. Yiliga oʻrtacha 26,4 mlrd.



kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.

Asosiy sanoat markazlari: Manila, Sebu,

Davao. Yuklar, asosan, dengiz

transportida tashiladi. Temir yoʻli uzunligi

0,9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 161

ming km. Asosiy dengiz portlari: Manila,

Sebu, Batangas, Davao. Manilada xalkaro

aeroport bor. F. chetga kandshakar,

kopra, kokos moyi, metall rudalari,

yogʻoch, mashina va uskunalar, kimyoviy

moddalar chiqaradi, chetdan neft va neft

mahsulotlari, mashina va uskuna,

transport vositalari oladi. Yaponiya,

AQSH, Avstraliya, Indoneziya, Singapur,

Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni

bilan savdo qiladi. Pul birligi — Filippin

pesosi.



Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va

madaniymaʼrifiy muassasalari. Vrachlar

universitet va tibbiyot institutlarida

tayyorlanadi. F.da oʻrta maktablarning

yarmidan koʻprogʻi va boshlangʻich

maktablarning bir qismi xususiy. Davlatga

karashli va xususiy maktablarda pul

toʻlab oʻqiladi. Boshlangʻich maktabda

oʻqish majburiy va bepul boʻlib, unga

bolalar 7 yoshdan qabul qilinadi va 6 yil

oʻqitiladi. Oʻrta maktablarda oʻkish

muddati 4 yil Darslar ingliz va mahalliy

tagal tillarida olib boriladi. Hunar taʼlimi

boshlangʻich maktab negizidagi qishloq

xoʻjaligi, sanoat, savdo maktablarida

amalga oshiriladi. Boshlangich

maktablarning oʻqituvchilari ped.



kollejlarida tayyorlanadi. Ularning eng

kattasi Maniladagi F. normal (ped.)

kollejidir. Oliy oʻquv yurtlarining kupi

xususiy. Yirik oliy oʻquv yurtlari:

Maniladagi Katolik SantoTomas

universiteti (1611), Manila universiteti,

Uzok, Sharq universiteti (1928), Sharq

universiteti (1946), KesonSiti shahridagi

Filippin universiteti (1908). Yetakchi ilmiy

muassasalar universitetlar xuzurida

tashkil etilgan. Davlat ilmiy muassasalari

— Yadro tadqiqotlari markazi (1958),

F.taraqqiyot akademiyasi (1973), Kokos

palmasi ilmiy tadqiqot instituta, F. fanlar

akademiyasi (1976) va boshqa Xalkaro

sholi ilmiy tadqiqot instituta bor. Untlar

xuzurida yirik kutubxonalar, Manilada



Milliy kutubxona ishlaydi. Manilada

SantoTomas muzeyi (1682), F. Milliy

muzeyi (1901) va Metropoliten sanʼat

muzeyi mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va

telekoʻrsatuvi. F.da bir qancha gaz. va

jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Balita"

("Yangiliklar", tagal tilida chikadigan

kundalik gazeta, 1972 yildan), "Manila

bulletin" ("Manila byulleteni", ingliz tilida

chiqadigan kundalik gazeta, 1972 yildan),

"Manila ivning post" ("Manila oqshom

pochtasi", ingliz tilida chikadigan kundalik

kechki gazeta, 1975 yildan), "Manila

tayms" ("Manila vaqti", ingliz tilida

chiqadigan kundalik gazeta, 1945 yildan),




"Piplz djornel" ("Xalq gazetasi", tagal va

ingliz tillarida chikadigan gazeta, 1979

yildan), "Tempo" ("Surʼat", tagal va ingliz

tillarida chikadigan kundalik gazeta, 1983

yildan), "Yunayted deyli nyus" ("Kun

yangiliklari", ingliz va xitoy tillarida

chiqadigan kundalik gazeta, 1973 yildan),

"Sulong" ("Olgʻa", oylik byulleten). F.

yangiliklar agentligi — davlat axborot

mahkamasi boʻlib, 1973 yildan faoliyat

koʻrsatadi. Radioeshittirish 1952 yildan,

telekoʻrsatuv 1953 yildan boshlangan.

Mamlakatdagi barcha radio va

telestyalar faoliyati "Neshnl

telekommyunikeyshne kommishn"

hukumat mahkamasi tomonidan nazorat

qilinadi.



F. xalklari va elatlari adabiyoti tagal va

boshqa mahalliy tillarda, shuningdek,

ispan va ingliz tillarida rivojlanib

kelmoqda. F. xalq ogʻzaki ijodiyoti va,

ayniqsa, qaxramonlik dostonlarida

malayya va indonezyava adabiy

anʼanalarining taʼsiri seziladi. 16—19-

asrlardagi Ispaniya hukmronligi davrida

ispan tilida diniynasihat ruhidagi adabiyot

vujudga keldi. Zamonaviy tagal

adabiyotining asoschisi F. Baltasar

(taxallusi Balagtas)ning "Florante va

Laura" dostoni (1838) mashhur. 1856 yil

M. de Kastroning tagal tilida bosilib

chiqqan birinchi romani "Urban va Felisa"

Adabiyoti




(1863)dan keyin 20-asrning 1yarmida V.

ErnandesPenya, L.K. Santos romanlari, X.

Korasan de Xesus, A.V. Ernandes

sheʼrlari, A. V. Ernandes, D. Rosario, F.

Galauran hikoyalari paydo boʻldi. Ikkinchi

jahon urushidan keyin sheʼriyat va hikoya

navislik yanada rivoj topdi. A.V.

Ernandesning "Shayton yigʻi", "Vahshiy

qushlar", F. Galauranning "Bir qisim

guruch", N. Karavananing "Kizil uydagi

farishta" romanlari ijtimoiy va maishiy

mavzularga bagashlandi.

Ispan tilidagi adabiyot rivojida X. Risal

romanlari ("Menga tegishma",

"Flibustyerlar") katta ahamiyatga ega

boʻldi. 20-asrning 1yarmida S. Apostol, F.




Gerrero, K.M.Rekto va boshqalarlarning

vatanparvarlik sheʼriyati mashhur boʻldi.

Xuddi shu davrda X.G. Vilya, M.E. Argilya,

N.V.M. Gonsales, K. Bulosan kabilar ingliz

tilida novella va sheʼrlar yaratishdi. 2jaxrn

urushidan keyingi davrda E. Okampo, N.

Xoakin, E. L. Tyempo va boshqa adiblar

yetishib chikdi.

Mahalliy aholining anʼanaviy uylari

qoziqlar ustiga chaylasimon qilib quriladi,

usti palma bargi bilan yopiladi.

Mustamlaka davrida shaharlar,

istehkomlar, cherkov va saroylar barokko

Meʼmorligi va tasviriy

sanʼati



hamda klassitsizm uslubida qurila

boshladi (Luson oroldagi SanNikolas

cherkovi, 17-asr; Maniladagi SantoTomas

universiteti, 1608—15 yil). 19-asr 2yarmi

va 20-asr 1yarmida Manila shahrida

Yevropa va Amerika meʼmorligi uslubida

binolar barpo etildi. F. meʼmorlaridan P.

Antonio, S. Konso, L. V. Loksin, A. Nakpil

oʻz ijodida ispan meʼmorligi uslubidagi

bino va inshootlarni millim ruxda

bezashga ahamiyat bera boshladilar

(Panay orol Iloilo shahridagi Miagao

ibodatxonasi; Maniladagi F. madaniyat

markazi, 1969, meʼmor L.V. Loksin).

F. hududida miloddan avvalgi 2—1ming

yillikka oid sanʼat yodgorliklari saklanib




qolgan. Qadimdan yogʻoch va bambuk

oʻymakorligi, toʻqimachilik, metallsozlik,

kashtachilik, zargarlik kabi kasblar

mashhur boʻlgan. Maniladagi SanAgustin

cherkovining oʻymakor yogʻoch eshiklari

(1606) va SanIgnasio cherkovining ibodat

qilinadigan qismidagi oʻyma naqshlar F.

sanʼatining ilk namunalaridir. 19-asrning

2yarmi va 20-asrning 1yarmida dastgoh

rangtasviri (X. de Luna, F. Idalgo, F.

Amorsolo), haykaltaroshlik (G. Tolentino)

paydo boʻddi. F. Roxas portret va

manzara, X. Risal rangtasvir va

haykaltaroshlik sohasida unutilmas

asarlar yaratishdi. F. Amorsolo asos

solgan "Anʼanavii maktab" 20-asr

oʻrtalariga kelib F. rassomlari



akademiyasiga aylandi. 50—60k.larda

K.V. Fransisko ijodi kamol topdi. U

afsona va rivoyatlarga, ozodlik harakati

qaxramonlariga, shuningdek, dehqonlar,

baliqchilar, konchilar hayotiga

bagʻishlangan koʻpgina devoriy rayem va

manzaralar yaratdi. A. MagsaysayXo

ismli ayol rassom qishloq xotinqizlarining

lobar siymosini tasvirlovchi goʻzal

asarlari bilan eʼtibor qozondi. V.

Manansala, R. Tabuena, M. Malang

Santos, U. Yonson, E. Okampo, A. R. Lus,

F. Sobel kabi rassomlar, X. Alkaptara va

A.M. Imao, N. Abue kabi haykaltaroshlar

milliy realistik anʼanalarni davom

ettirdilar.




Marosim (harbiy, toʻy), mehnat va boshqa

xalq qoʻshiq hamda raqslari azaldan

davom etib keladi. Togʻlik va musulmon

xalqlarning qad. musiqasi deyarli

oʻzgarishsiz saklangan. 16— 18-asrlarda

xristian diniga kirgan va ispanlar taʼsirida

boʻlgan xalqlarda esa biroz

mahalliylashgan ispancha raqslar (xota,

xabanera) tarqala boshlagan. Cholgu

asboblari: bambuk va yogoch fleytalar,

gonglar, gitarasimon kudyapi, gitgit

(skripka turi) va boshqalarlar. Rondalya

deb ataluvchi torli milliy orkestr shuhrat

qozongan. Professional musiqa 19-

asrdan rivoj topdi. 1916 yil F. universiteti

Musiqasi



huzurida konservatoriya ochildi, keyinroq

Manila va KesonSiti shaharlarida musiqa

muassasalari va jamoalari tashkil topdi.

Kompozitorlar orasida X. Silos, X.

Estelya, A. Molina, F. Buenkamina, F. de

Leon, J. A. Dadap va boshqa mapghur.

Manilada Milliy filarmoniya jamiyati,

"Bayanixan" (1956), "Filippineskas"

(1958), "Barangay" ashularaqs

ansambllari, F. universitetining "Madrigal"

kamer xori, Manila simfonik orkestri, F.

Madaniyat markazining orkestri, Konsert

orkestri ishlaydi. Milliy musika kengashi,

kompozitorlar jamiyati mavjud.

Teatri



Qadimdan davom etib kelayotgan va

ashula, raqslar bilan oʻtadigan taomil,

rasmrusumlar va ularda

gavdalantiriladigan mehnat jarayonlari,

toʻy udumlari teatr sanʼati uchun manba

boʻlgan. F. professional teatri xitoy, hind,

indonez, keyinroq ispan va amerika

madaniyati taʼsirida shakllandi. 19-asr

oʻrtalarida Manilada havaskorlik teatrlari:

Eskosur truppasi (1848) va Lopes Aris

truppasi (1852) vujudga kelib, ularda

ispan tilidagi sevgi pyesalari (sarsuelalar)

sahnalashtirildi. 1914 yil Manilada ingliz

tilidagi "Litl tietr" tashkil topdi. Uning

aktyorlari ham, tomoshabinlari ham

asosan, Manila universitetining talaba va

muallimlari edi. F. mustaqillikka



erishgach, tagal tilidagi dramaturgiya va

teatr rivojlana boshladi. "Barangay teatr

gildiyasi" (1939), F. aktyorlar laboratoriya

(1959), Meralko teatri, Raj Soliman teatri

va boshqa yarim professional jamoalari

milliy sanʼat (moromoro, sarsuela va

boshqalar) anʼanalarini jahon teatrining

eng yaxshi namunalari yutuqlari bilan

birga qoʻshishga intiladi. 1972 yil

Manilada koʻchma bolalar teatri tashkil

etildi.

1919 yil rejissyor va aktyor X.

Nepomuseno milliy kino firma tashkil

etganidan soʻng kinofilmlar doimiy ishlab

Kinosi



chiqarila boshladi. Tagal tilida "Qishloqi

qiz" nomli dastlabki badiiy film yaratildi.

"Uch maqtanchoq" (1926) ovozeiz filmlar

orasida eng yaxshisi buldi. 1932 yil

dastlabki ovozli filmlar ("Qallob", rejissyor

J. P. Musser; "Oltin xanjar", rejissyor X.

Nepomuseno) chikarildi. 30-yillardagi eng

yirik kino birlashmalari — "Sampagita" va

"LVN" chiqargan filmlarda milliy tarix va

mifologiya syujetlaridan foydalanildi.

shuningdek, "Yirtilgan bayroq", "Zulmat va

nur" komediyalari ham yaratildi. 1946 yil

tashkil etilgan "Premyer prodakshn"

studiyasi koʻngilochar ruxdagi filmlar

bilan bir qatorda togʻli qabilalar hayotini

tasvirlovchi filmlarni ham suratga oldi. 50

—60-yillarda "Xarana", "Dunyoning



oxirigacha" (ikkalasining rejissyor J. de

Leon), "Parij romanei", "Badayo"

(ikkalasining rejissyor L.V. Avelyana)

ekranga chiqarildi. 20-asr oxirlarida

yaratilgan "Qaqroq yerni sugʻor" (rejissyor

O. Buenaventura), "Narkotik

chayqovchilarini oʻldiringlar" (rejissyor J.

Estrada) filmlari dolzarb zamonaviy

mavzularga bagʻishlangan. 1960-

yillarning oʻrtalaridan Manila kinofestivali

utkazib kelinadi.

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



  Soʻnggi tahrir 1 yil avval PlanespotterA320 tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?

title=Filippin&oldid=2088083



" dan 

olindi 

Download 175,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish