PhD. Samatov A. A


Mavzu: № 9. MUVOFIKLIK SERTIFIKATINI RASMIYLASHTIRISH



Download 0,96 Mb.
bet66/85
Sana05.06.2023
Hajmi0,96 Mb.
#948957
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   85
Bog'liq
УУМ- SERTIFIKATLASHTIRISH.2021-2022

Mavzu: № 9. MUVOFIKLIK SERTIFIKATINI RASMIYLASHTIRISH
Reja:

  1. O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish milliy tizimining yaratilishi

  2. Sertifikatlashtirish milliy idorasi

  3. Sertifikatlashtirish milliy idorasining vazifalari


O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish milliy tizimining yaratilishi
O‘z istiqloli yo‘lida shaxdam qadam tashlab borayotgan, mustaqil O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida muhim va salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respukblikasi hududida ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlarga binoan muvofiqlik sertifikatlashtirishning asosiy maqsadlari:

  • Mahsulot, jarayon va xizmatlarda fuqarolarning hayoti va sog‘ligining havfsizligini ta’minlash, tashqi - muhitni asrash, buyum (mollar)ning bir xilligi va o‘zaro almashinuvchanligi masalalari, hamda iste’molchini ximoya qilish;

  • Xalqaro savdoda texnikaviy to‘siqlarni bartaraf qilish, mollar (buyumlar, jarayon va xizmatlar)ni raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirishdan iborat.

Sertifikatlashtirish milliy tizimining tashkiliy tu zilishi;

  • O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idorasi;

  • Bir xil mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha idora;

  • Bir xil mahsulotni, sifat tizimini va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlangan idoralari;

  • Akkreditlangan sinov laboratoriyalari.


Sertifikatlashtirish milliy idorasi
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan sertifikatlashtirish milliy idorasi qilib, sertifikatlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O‘zbekiston davlat markazi - O‘zdavstandart belgilangan.
O‘zdavstandartga qarashli turli soha va tarmoqlarni o‘z ichiga olgan, bir xil nomdagi bo‘limlar ham bor. Bularga standartlar va mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha davlat nazorati va o‘lchash vositalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish va attestatlash sohaviy bo‘limlari kiradi.
Standartlar va mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha davlat nazorati sohaviy bo‘limlar: og‘ir sanoat, mashinasozlik, engil sanoat, mahalliy sanoat hamda agrosanoat kompleksi doirasida o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
O‘lchash vositalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish va attestatlash taromoq bo‘limlari esa massalar, radiotexnika, ionli nurlanish, geometrik, mexanik, elektrik magnitli, bosim, sarflanish, haroratli hamda fizik - kimyoviy kattaliklarni qiyoslovdan o‘tkazadi. O‘zdavstandart tarkibidagi asosiy bo‘limlar 3 - ilovada keltirilgan.
O‘zdavstandart ilmiy - uslubiy markazi etib O‘zbekiton standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish soxalaridagi tadqiqot va mutaxassislar tayyorlash instituti - SMSITI tayinlangan.
Sertifikatlashtirish milliy idorasi qo‘yidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda

  • Respublikada sertifikatlashtirishni qo‘llash va takomillashtirishning umumiy siyosatini ishlab chiqish, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tegishli davlat idoralari bilan aloqalarni o‘rnatish;

  • Sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha boshqa mamlakat va xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan, o‘zaro kelishilgan asosda aloqalarni o‘rnatish, kerak bo‘lsa, bu tashkilotlar faoliyatida O‘zbekiston Republikasining qatnashishini ta’minlash;

  • Sertifikatlashtirishda yagona qoida va ish tartiblarini belgilash, bularga rioya qilishning nazorati, sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha hujjatlarni axborotli ma’lumot bilan ta’minlash.

Vazirlar Mahkamasi qarorini bajarish yo‘lida O‘zdavstandart o‘zining viloyat markazlarini tuzib, ularning ishlariga har taraflama ko‘mak ko‘rsatmoqda. 1993 yilning 28 dekabridan boshlab «Mahsulotlarni va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida» qonun kuchga kirib, bu qonun asosida sertifikatlashtirish va sifatni ta’minlash borasidagi barcha ishlar mutlako yangicha usulda yo‘lga qo‘yila boshlandi.
O‘zdavstandart tarkibidagi oziq - ovqat va qishloq ho‘jalik mahsulotlarini tekshiruv sinov laboratoriyasi akkreditlangan labaoratoriyalardan hisoblanib, shu kungacha muayyan turdagi mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati berish uchun kerakli bo‘lgan sinovlarni bajarmokda.
Respublika hududiga keltiriladigan yoki undan chetga chiqariladigan mollar (mahsulotlar) ning xafvsizligini tasdiqlash bilan bog‘liq bo‘lgan amallar tegishli davlat idoralari bilan kelishilgan holda O‘zdavstandart tomonidan tayyorlangan alohida hujjat bo‘yicha bajariladi.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda "O‘zstandart" agentligi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining milliy sertifikatlashtirish organidir. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Konuni taxriridagi kism)
"O‘zstandart" agentligi mazkur Konunga muvofik: (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Konuni taxriridagi xat boshi)
sertifikatlashtirish soxasida davlat siyosatini amalga oshiradi, sertifikatlashtirish o‘tkazish yuzasidan umumiy koidalarni belgilaydi, ular to‘grisida rasmiy axborotlar e’lon kilib boradi;
sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish dasturlarining loyixalarini ishlab chikadi xamda ularni Xukumat muxokamasiga takdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi bilan kelishgan xolda sertifikatlashtirishning xalkaro tizimlariga ko‘shilish to‘grisida karorlar kabul kiladi, shuningdek sertifikatlashtirish natijalarini o‘zaro e’tirof etish to‘grisida bitimlar tuzadi, sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha boshka davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda va xalkaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi;
majburiy ravishda sertifikatlanadigan maxsulotlarning ro‘yxatini belgilaydi;
bir turdagi maxsulotlarni sertifikatlashtirish organlarini, sinov laboratoriyalarini (markazlarini), sertifikatlashtirish soxasidagi tekshiruv organlarini, shuningdek sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarni akkreditatsiya kiladi; (O‘zR 31.08.2000 y. 125-II-son Konuni taxriridagi xat boshi)
sertifikatlangan maxsulotlarning, sifatni boshkarish tizimlarining, akkreditatsiya kilingan sertifikatlashtirish organlarining, sinov laboratoriyalarining (markazlarining), sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarning Davlat reestrini yuritadi, shuningdek ozik-ovkat maxsulotini xamda bunday maxsulotni tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskunalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi; (O‘zR 31.08.2000 y. 125-II-son Konuni taxriridagi xat boshi)
bir turdagi maxsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya kilingan organlar va sinov laboratoriyalari (markazlari) sertifikatlashtirish koidalariga rioya etishi ustidan va sertifikatlangan maxsulotlar ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshiradi;
konun xujjatlarining normalari buzilganligi uchun muvofiklik sertifikatlari va muvofiklik belgilarini bekor kiladi xamda amal kilishini to‘xtatib ko‘yadi, sertifikatlashtirish organlarining akkreditatsiya kilinganlik to‘grisidagi guvoxnomalarini bekor kiladi, sinov laboratoriyalarining (markazlarining) faoliyatini tugatadi.
"O‘zstandart" agentligining sertifikatlashtirish soxasidagi faoliyatini moliyaviy ta’minlash manbai - davlat byudjeti mablagi, shuningdek "O‘zstandart" agentligi ko‘rsatayotgan xizmat uchun olinadigan xakdan iborat. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Konuni taxriridagi kism)
Bir turdagi maxsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya kilingan organlar:
bir turdagi maxsulotlarni sertifikatlashtirish tizimlarini tuzadilar va ularning amal kilishini ta’minlaydilar;
sertifikatlashtirishni tashkil etadilar va o‘tkazadilar;
milliy muvofiklik sertifikatlarini rasmiylashtiradilar, beradilar yoki chet el muvofiklik sertifikatlarini e’tirof etadilar;
sertifikatlangan maxsulotlar ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Sinov laboratoriyalarini (markazlarini) va sertifikatlashtirish organlarini akkreditatsiya kilish bilan boglik sarf-xarajatlarni arizachi koplaydi.
Tegishli sertifikatlashtirish tizimi belgilagan tartibda akkreditatsiya kilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) muayyan maxsulotlarning sinovini yoki muayyan sinov turini amalga oshiradilar xamda sertifikatlashtirish maksadlari uchun bayonnomalar beradilar.
"O‘zstandart" agentligi o‘z vazifalarining bir kismini bir turdagi maxsulotlarni sertifikatlashtirish organlariga va sinov laboratoriyalariga (markazlariga) o‘tkazishga xaklidir. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Konuni taxriridagi kism)

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish