Tayanch iboralar: Sertifikatlashtirish sxemalari, sertifikatlashtirish omillari Mavzu: 6. SERTIFIKATLASHTIRISHNING UMUMIY QOIDALARI, SERTIFIKAT BERISH TARTIBI Reja: Sertifikatlashtirishni amalga oshirish
Sertifikatlashtirish natijalarni rasmiylashtirish
Sertifikatlashtirish tizimida katnashuvchi idoralarning vazifalari va javobgarligi
Sertifikatlashtirishni amalga oshirish Sertifikatlashtirishni amalga oshirish ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha, qoidaga ko‘ra, ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich bir vaqtning o‘zida, zaruriyatga ko‘ra, veterinariya va fitosanitariya xulosalari tegishli ravishda davlat veterinariya nazorati va o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati organlarida rasmiylashtirilgan xolda "O‘zstandart" agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan davlat sanitariya nazorati organlarida gigienik sertifikat rasmiylashtirilishini o‘z ichiga oladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati subekti:
gigienik sertifikatni rasmiylashtirish uchun ariza bilan birgalikda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan muvofiqlik sertifikati berishdir.
Sertifikatlashtirish organlari tadbirkorlik subektlarining yozma arizasiga muvofiq davlat sanitariya nazorati organlarida, davlat veterinariya nazorati va o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati organlarida, shuningdek tabiatni muxofaza qilish davlat organlarida sertifikatlashtirishni o‘tkazish va barcha zarur xulosalarni olish yuzasidan agentlik xizmatlari ko‘rsatishga xaqlidir.
Bunda namunalar tanlab olinishi, shuningdek ular to‘gri tanlanganligi va ular tegishli davlat organlariga taqdim etilishi uchun sertifikatlash organlari javob beradilar.
Kursatib utilgan xizmatlarga xak tulash Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida deklaratsiyalangan tariflar buyicha amalga oshiriladi.
Muvofiqlik sertifikatni sertifikatlashtirish idora yoki uning nomidan akkreditlangan idora tomonidan berilishi mumkin. ISO ta’rifiga binoan:
Muvofiqlik sertifikati – «Tegishli belgilangan mahsulot, jarayon yoki xizmatlarning ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga mos kelishiga ishontiradigan va sertifikatlashtirish tizimi qoidalari asosida etilgan hujjat» dir.
Muvofiqlik belgisi deganda ushbu mahsulot, jarayon yoki xizmat ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga mos kelishini kafolatlovchi sertifikatlashtirish tizimi qoidalari asosida berilgan yoki ishlatiladigan va ma’lum tartibda himoya qilinadigan belgi tushuniladi.
Muvofiqlik belgisini faqat mahsulotning hamma tavsiflarining talablariga standart bo‘yicha qamrab olgan bo‘lgan hollardagina ishlatish tavsiya etiladi.
Muvofiklik sertifikatini rasmiylashtirish va berishning umumiy muddati ishlarning murakkabligi darajasiga, kup mexnat talab kilishi va uziga xosligiga karab, barcha zarur xujjatlar berilgan vaktdan boshlab 10 ish kunidan 1 oygacha doirada belgilanadi.