Qarshi shahar 41-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining
-sonli navbatdan tashqari pedagogika kengashi
Bayonnomasidan ko‘chirma
“ 11“ may 2022-yil
Kengash raisi, tashkilot direktori:
|
|
Tashtemirova Fazilat Eshmurodovna
|
Kengash kotibi:
|
|
Qurbonova Mohinur Bahodirovna
|
Kengash ishtirokchilari:
|
|
|
|
|
|
Tashqi baholash Attestatsiya komissiya raisi MTB mudiri:
Tashqi baholash Attestatsiya komissiya raisi o’rinbosari:
|
|
Mo’minov Bahodir Murodillayevich
|
Ravshanov Sobir Markayevich
|
Usmanova Kamolat Ashirovna
Bekmurodova Gulnoza Mo’qimovna
Djo’rayeva Zulayho Xo’jamovna
Choriyeva Nargiza Mallayevna
Raupova Feruza Aripovna
|
|
A’zolar:
|
|
Bo’riyeva Adolat Sayfullayevna
|
Pedagog xodimlar
|
|
Norboyeva Adiba Xolberdiyevna
Raxmonova Iroda Farhod qizi
Ilhomova Gulyora Ilhom qizi
Olimova Malika Vaydullo qizi
Nurimova Xurshida Usmonovna
|
Hamshira
|
|
Azamatova Mohigul Azamatovna
|
KUN TARTIBI:
Maktabgacha ta’lim tashkilotida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim muassaslarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 470-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan ichki baholash yakunlari to‘g‘risida.
Mas’ul: Tashkilot direktori Tashtemirova Fazilat Eshmurodovna
ESHITILDI:
Kun tartibidagi masala yuzasidan tashkilot direktori F.E.Tashtemirova so‘zga chiqib, “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotida joriy yilning 5-6-10 may kunlari Attestatsiya komissiyasi tomonidan tashqi baholash jarayonlari
o‘tkazilgani hamda baholash natijalariga ko‘ra tashkilot maksimall 500 balldan haqiqiy 303.6 ball bilan baholanganini aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng Maktabgacha ta’lim bo‘limi, Ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlash va metodik xizmatni tashkil etish sho’‘ba mudiri K.Usmanova so‘zga chiqib tashqi baholash natijalari yuzasidan tahliliy ma’lumot berdi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida davlat talablarining bajarilishi,tarbiyachilarining kasbiy kompitensiyaviyligi, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonlarining sifatini o‘rganish maqsadida 6 nafar tarbiyachining mashg‘ulotlari tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko’ra 2-tayyorlov guruh tarbiyachisi Sevinova Kamola va kichik guruh tarbiyachisi va Ne’matova Feruzalar nisbatan yuqori, o’rta va kichik guruh tarbiyachilari Ilhomova Gulyora, Rahmonova Irodalar nisbatan past natijalarni ko‘rsatdi.
Tashkilot hujjatlari Maktabgacha ta‘lim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 155-sonli buyrug‘i asosida o‘rganildi.
O’rganish natijalariga ko’ra boshqaruv hujjatlari to‘g‘ri yuritilgan deb topildi, lekin tarbiyalanuvchilar va ayrim pedagog xodimlarga oid bo‘lgan hujjatlarning yuritilishida o‘ziga xos kamchiliklar mavjud ekanligi aniqlandi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti moddiy-texnika bazasining holati, tarbiyalanuvchilar rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga, estetik talablarga rioya qilinishi hamda ovqatlantirish sifatini o‘rganildi. Jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar kuzatildi va kuzatish natijalariga ko‘ra mazkur yo‘nalish o’rtacha 4,6 ball bilan baholandi.
Tashkilot faoliyatini o‘rganish jarayonida ota-onalar va pedagog xodimlar o‘rtasida anonim so‘rovnomalar o‘tkazildi va so‘rovnoma natijalari asosida davlat dasturining bajarilishi, pedagoglar faoliyati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ovqatlantirish holati, pedagog va ota-onalar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvining yo‘lga qo‘yilganligi, ota-onalar yoki oila a’zolarining ko‘ngilli sifatida ta’lim-tarbiya jarayonidagi ishtiroki, shuningdek, kuzatuv kengashi hamda direktor faoliyati tahlil qilindi.
Bundan tashqari ekspertlar tomonidan tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining 5 ta soha bo‘yicha rivojlanish darajasi kuzatilib, rivojlanish xaritasida qayd etilgan natijalarga mosligi tahlil qilindi.
Ekspertlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra sohalar bo‘yicha kuzatuv natijalari rivojlanish xaritasidagi qaydlarga taqqoslanganda quyidagicha tafovutlar mavjudligi aniqlandi:
jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha -3,1;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish bo‘yicha – 3,3 ;
nutq va muloqot, o‘qish va yozish malakalari bo‘yicha – 2,4;
bilish jarayonining rivojlanishi bo‘yicha – 4,9;
ijodiy rivojlanish bo‘yicha – 2,8
Do'stlaringiz bilan baham: |