Перспективы вхождения узбекистана в


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 7,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/195
Sana24.02.2022
Hajmi7,87 Mb.
#253520
TuriСборник
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   195
Bog'liq
халқаро анжуман 2020 БухДУ (2)

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Александрова А.Ю. Международный туризм: Учебник. - М., КноРус, 2016. -458с. 
2. www.world-tourism.org - Всемирная туристская организация 
3. www.UNWTO Tourism Highlights, 2018. Edition [Электронный ресурс] // UNWTO. URL:
http://marketintelligence.unwto.org/publication/unwto-tourism-highlights-2018. 
4. www.UNWTO Tourism Highlights: 2019 Edition/World Tourism Organization. 
5. www.WTO/ Member States of Middle East. World Tourism Organization 
6. Vikipediya.ru. 
7. https://ru.unesco.org/ 
MARKETING STRATEGIYASI ASOSIDA XIZMAT KO`RSATISH SOHASINI 
RIVOJLANTIRISH YO`NALISHLARI 
 Alieva G.I. UrDU katta o`qituvchisi 
Zakirov A.Q. UrDU 1-bosqich magistr 
Bugungi kunda xizmat ko‘rsatish korxonalarini rivojlantirish davr talabiga aylangan. 
Chunki iqtisodiyotning rivojlanishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, bozor munosabatlariga tezroq 
moslashadigan sohaning vujudga kelishi, mulkdorlar sinfining shakllanishi, davlat byudjetiga
tushumlarning ko‘payishi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning barqarorlashuvi aynan shu sohaning 
rivojiga bog‘liqdir.
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida xo‘jalik yuritishning yangi mexanizmlarini shakllantirish
va bu vazifalarning samarali bajarilishi marketing kommunikatsiyasi faoliyati asosida
respublikada bozorni o‘rganish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, xodimlarni rag‘batlantirish 
borasidagi harakatlarni muhimligidan, rivojlantirish va uni takomillashtirish lozimligidan dalolat
beradi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida: 
«…islohotlar natijasida xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishimiz
kerak. Odamlarimiz yetarli daromad topishi uchun eng qulay biznes va investitsiya muhitini
shakllantirib, yangi-yangi korxonalar va ish joylarini ko‘paytirishimiz zarur»
1
- deb ta'kidlaganidek 
respublikada biznes tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kompleks 
institutsional va tarkibiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohatlarni amalga oshirishda biznes
sohasida asosan turizm xizmatlarini ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishda marketing
strategiyalarini ishlab chiqish, dolzarbligi mavzuligicha qalmoqda. Aholiga turizm xizmatlarini
ko‘rsatish bugungi kunda jahon miqiyosida tez o‘sib borayotgan biznes turlaridan biri bo‘lib
hisoblanadi. Turizm kompaniyalari xizmatlariga bo‘lgan talabning o‘sishi nafaqat taraqqiy etgan
davlatlar, balki rivojlanayotgan davlatlarga ham xosdir. Chunki, iqtisodiy o‘sish sur'atlari yuqori
va barqaror bo‘lib, rivojlanayotgan davlatlarda aholi daromadini ortib borishi turizm xizmatlariga
bo‘lgan talabni oshib borishiga olib kelmoqda. O‘zbekistonda saqlanib qolgan boy tarixiy
obidalar, mamlakatda texnik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashuvi xorijliklarda
qiziqishni kuchaytirmoqda. Bu esa turizm kompaniya va firmalaridan zamonaviy marketing 
strategiyalarni ishlab chiqish va ularni amalda qo‘llash asosida xalqaro raqobat kurashida yengib 
chiqish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishni taqozo etmoqda.
Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 3 aprelda chiqqan farmonga ko‘ra, turistik va 
mehmonxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar shu yil yakuniga qadar yer va mol-
mulk soliqlarini to‘lashdan ozod etiladi. Karantin davrida o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur 
bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliqni hisoblash to‘xtatiladi.
Tushumi o‘tgan oydagiga nisbatan 50 foizga kamaygan kichik biznes sub'ektlariga aylanmadan
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Xalq 
so‘zi, 2020 yil, 25 yanvar №19 (7521) 


29 
olinadigan soliq, yer solig‘i, mulk solig‘i, ijtimoiy soliq va suv solig‘ini to‘lash muddati shu yil 1 
oktyabrga qadar kechiktirildi. Birinchi apreldan boshlab, yuridik shaxslarning tabiiy gaz va elektr 
energiyasi uchun oldindan to‘lov majburiyati amaldagi 100 foizdan 30 foizga tushiriladi. Tadbirkorlik 
faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi yordamni oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan turizm kompaniya va firmalarida ham
xalqaro miqiyosda tadbirkorlikni rivojlanishi o‘z navbatida, bir qancha yangi muammolarni
keltirib chiqarmoqda. Bu muammolarning eng asosiysi – progressiv menejment va marketing 
tamoyillarini amalda qo‘llashni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lib, ular mamlakatimiz turizm 
kompaniyalari uchun qo‘yilgan vazifalarni to‘g‘ri hal qilishga imkon yaratib berishi lozim. Turizm 
korxonalari uchun marketing strategiyasini ishlab chiqishda asosiy vazifa bo‘lib noaniqlik holatini va 
xavf-xatarni kamaytirish, resurslarni tanlab olingan rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarida 
jamlashdir.
Mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotida xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishi aholi
turmush farovonligini yuksaltirish va kundalik ehtiyojini qondirishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Hozirgi kunda iqtisodiyotda mazkur soha ko‘lami faqat ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi 
bilan emas, balki turi ko‘payib borayotgani bilan ham e'tiborlidir. Jumladan, yuridik, konsalting,
mehmonxona, internet xizmatlari, sug‘urta, moliya-bank sohasidagi yangi va zamonaviy xizmat
turlari, axborot-konsalting, brokerlik hamda dilerlik, buxgalterlik hisobi, auditorlik kabi
zamonaviy xizmat turlari servis tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Sohada raqobat muhitining 
shakllanishi aholining arzon va sifatli xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatini yanada 
kengaytirmoqda.
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi 
to‘g‘risida”gi farmonda “Yangi sanoat ishlab chiqarish va servis markazlarini tashkil etish 
hisobiga shahar tipidagi kichik shaharlar va shaharchalarni aktiv rivojlantirish, yirik xo‘jalik 
birlashmalarining mablag‘larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilish” bo‘yicha ustuvor vazifa qo‘yilishi nafaqat shahar, balki qishloq hududlarda ham aholi
turmush farovonligini oshirishga e'tibor qaratilayotganligini ko‘rsatadi.
Xizmatlar sohasi aholining barcha qatlamlarini qamrab oladi va jamiyatda sodir bo‘layotgan 
deyarli barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta'sir ko‘rsatadi.
Respublikamizda iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va tarkibiy o‘zgartirishlarni 
chuqurlashtirish, mamlakat aholisi bandligini, daromadlarini va turmush sifatini oshirishning 
muhim yo‘nalishlari va omillaridan biri sifatida xizmatlar sohasi hamda servisni jadal rivojlantirish 
bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, xizmatlar sohasida bajarilayotgan 
ishlar hajmining yildan-yilga o‘sib borishini ta'minlamoqda.
Umuman aytganda, zamonaviy marketing strategiyalarini yaratish ko‘p mehnat, resurs va ilm
talab qiladigan murakkab jarayon bo‘lib hisoblanadi. Bu jarayonni o‘z vaqtida to‘g‘ri tashkil 
etish kompaniyani uzoq muddatli davrda muvaffaqiyatini ta'minlab beradi va bozorda barqaror
pozitsiyaga ega bo‘lishiga olib keladi. Biroq, har bir turizm kompaniyasi o‘zining faoliyatiga
ko‘ra o‘zaro farq qilishi tufayli strategiya yaratish jarayonida umumiy mezonlar va turli xil
maqsad va vazifalar doirasida kuchli hamda muvaffiqiyat keltiradigan strategiyalar yaratish 
yo‘llarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Bu esa turizm xizmatlari marketingida o‘rganilishi lozim
bo‘lgan metodologik va metodik masalalar turkumini aniqlab beradi va ularga ilmiy asoslangan
javob topishni taqozo etadi. 

Download 7,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish