185
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarorini amalga oshirish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida keltirilgan, erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish
uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilarini ro’yxatdan
o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomi turistik faoliyat subyektlari va barcha tadbirkorlik faoliyati
subyektlari uchun ham tegishli.
O`zbekistonda jami 7,4 mingdan ortiq madaniy meros obyektlari mavjud, ulardan asosiy qismi
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent shaharlarida joylashgan. Bugungi kunda aynan shu
shaharlarda erkin turistik iqtisodiy zonalarni tashkil etish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.
O`zbekistonda erkin turistik iqisodiy zonalarni tashkil etish borasida qaror va farmonlar mavjud
bo`lsada, bu borada faoliyat yuritadigan, uni tashkil etadigan tajribali kadrlar taqchilligi muammosi
hanuzgacha mavjud. Bundan tashqari, O`zbekistonda turizmda boshqa muammolar ham mavjud:
1.Malakali kadrlar yetishmasligi;
2.Xizmat ko`rsatish va servisda sifatning juda pastligi;
3.Narxlar nomutanosibligi;
4.Jozibador turpaketlarning kamligi;
5. Aholida turizm madaniyatining shakllanmaganligi;
6.Ovqatlanish korxonalarining sanitariya-gigiyena talablariga yetarlicha javob bermasligi;
7.Mavjud turistik resurslardan oqilona foydalana olmaslik;
8.Joylashtirish korxonalarining kamligi va talabga javob bermasligi;
9.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yetarlicha yaxshi rivojlanmaganligi, chekka joylarda
aloqaning deyarli yo`qligi;
10.Tibbiy xizmat ko`rsatish borasida xalqaro maqomga ega bo`lgan klinikalar sonining kamligi;
11.Xizmat ko`rsatish va servisda faoliyat yurutuvchi xodimlar maoshining pastligi va boshqalar.
Xitoy tajribasi o`rganilganda shu narsa ma`lum bo`ladiki, xitoyliklar tashqi turizmdan ko`ra
ichki turizmni rivojlantirishga ko`proq e`tibor qaratadi. Ularda mavjud iqtisodiy zonalarda asosan
katta xalqaro darajadagi kompaniyalar va mayda tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchilar
ko`pligini uchratish mumkin. Ularda asosan oilaviy tadbirkorlik kuchli rivojlangan va ular zamon
talablariga tezda moslashib keta oladilar. Jahon tajribasidan ma`lumki, dunyoda inqiroz kuzatilganda
kichik tadbirkorlik subyektlaridan ko`ra, katta kompaniyalar ko`proq zarar ko`radi. Shunday ekan,
O`zbekistonda kichik tadbirkorlik faoliyatlarini ko`paytirish va ichki turizmni yaxshi yo`lga qo`yish
borasida maxsus turistik hududlarni tashkil etish lozim.
Rossiya Federatsiyasi oqilona tarzda, hududlar salohiyatiga to`g`ri baho berib, yirik
markazlarga ega bo`ldi. O`zbekistonda turistik-rekreatsion zonalarni tashkil etish borasida,
Rossiyaning tajribalaridan foydalanish mumkin va bu davlat bizga yaxshi o`rnak bo`la oladi.
Xulosa o`rnida aytish lozimki, O`zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarni va erkin turistik iqtisodiy
zonalarni tashkil etishni davom ettirib, mamlakatda yangi ish o`rinlarini yaratish, eng katta mo
“Ishsizlik” muammosini ijobiy hal qilish kerak. Mavjud salohiyatdan to`g`ri foydalanish lozim. Tabiiy
boyliklar bir kun kelib tugaydi, lekin turizmni to`g`ri tashkil eta olasak, undan keladigan daromad bir
umr farzandalarimizni boqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: