QASHQADARYO VILOYATIDA EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY
YO’NALISHLARI
M.Z.Xomidova - QarDU magistranti
Annotatsiya: maqolada Qashqadaryo viloyatida ekoturizmni rivojlantirishning ahamiyati
hamda asosiy yo’nalishlari, viloyatdagi ekoturistik obyektlar va ulardan samarali foydalanish
imkoniyatlari yoritilgan.
Kalit so’zlar: ekologik turizm, agroturizm, ekotur, etnoturizm, gastronomik turizm.
Аннотация: В статье освещены значение и основные направления развития экотуризма
в Кашкадарьинской области, экотуристические объекты и возможности их эффективного
использования.
Ключевые слова: экологический туризм, агротуризм, экотур, этнотуризм,
гастрономический туризм.
Annotation: the article covers the importance and main directions of the development of
ecotourism in the Kashkadarya region, ecotourist objects in the region and opportunities for their
effective use.
Keywords: environmental tourism, agroturism, ecotourism, ethnotorism, gastronomic
tourism.
Bugungi kunning eng dolzarb muommalaridan biri bo’lgan pandemiya jahon iqtisodiyotining
barcha sohalariga ayniqsa, turizm sohasiga o’zining salbiy ta’sirini o’tkazdi. Pandemiya ommaviy
tartibda xorijga sayohatni kamayishiga olib keldi va turizm sohasiga 2020 yilning dastlabki sakkiz
oyida 730 milliard dollar miqdorda zarar keltirdi. Sayyohlar soni esa 70 foizga kamaydi
1
. Insonlarning
tashqi turizmdan ko’ra ichki turizmga, ayniqsa, ekologik turizmga bo’lgan talabi birmuncha orta
boshladi.
Pandemiya sharoitida O’zbekistonda ekoturizm rivojlanishini jadallashtirish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “O‘rmon to‘g‘risida”gi va “Muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar to‘g‘risida”gi qonunlariga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritildi. Qonun loyihasida
o‘rmon fondi yerlaridan samarali va oqilona foydalanish, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga investision shartnomalar yoki davlat-xususiy sheriklik
1
BMTning Jahon Turizm tashkilotini ma’lumoti
145
asosida yer uchastkalarini ijaraga berish masalalari qaytadan ko’rib chiqildi, buning natijasida o‘rmon
fondi hududida rekretasion zonalar tashkil etish taomillari soddalashtiriladi, ekoturizmni rivojlantirish
uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi
1
.
O’zbekistonning ekoturistik salohiyati nihoyatda katta bo’lib, uni jadal rivojlantirish uchun
barcha imkoniyatlar mavjud. Faqat bu salohiyat va imkoniyatlardan jahonda ekoturizm taraqqiy etgan
mamlakatlar tajribasiga tayangan holda oqilona foydalanish va ilmiy asosda amalga oshirish lozim.
Vatanimizda ekoturizmni rivojlantirishning imtiyozli tomoni shundaki, sayohatlarni yil bo’yi tashkil
etish mumkin. O’zbekiston dunyoda ekoturistik resurslar bilan ta’minganlik darajasiga ko’ra 15
o’rinda turadi.
Respublikamizning barcha viloyatlari singari Qashqadaryo viloyatida ham ekoturizmni
rivojlantirish uchun qulay sharoitlar mavjud bo’lib, amalda esa bu imkoniyatlardan to’liq
foydalanilmayapti. Viloyatning 76,6 ming gektar hududini o’rmonlar tashkil etadi. Tabiiy florasi 1200
ga yaqin yuksak oʻsimlik turidan iborat. Viloyat hududida 100 dan ziyod qush turi, sut
emizuvchilarning 60 turi, sudralib yuruvchilarning 7 turi uchraydi. Demak, viloyatda noyob hayvonot
va o’simlik dunyosi bilan tanishtiradigan maxsus turlar ishlab chiqish imkoniyati mavjud.
Jumladan, viloyatda joylashgan Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi qulay sayyohlik
imkoniyatlari jihatidan vatanimizning noyob, betakror o‘lkalaridan hisoblanadi. Qo‘riqxona hududida
168 turdagi hayvonot dunyosidan 10 turi va 800 turdagi o‘simliklardan 23 turi O‘zbekiston
Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan. Bu qo‘riqxonaning xalqaro miqyosdagi ahamiyati shundan
iboratki, qo‘riqxona hududida xalqaro meridianning o‘tganligi haqida xalqaro belgi qo‘yilgan. Bu
imkoniyatni reklama qilib xalqaro ekoturistlarni qo‘riqxonaga qiziqtirish mumkin
2
.
Hisor davlat qo‘riqxonasidagi o‘rmon, dala ekotizimlaridan ham ilmiy asoslangan holda
turmarshrutlar yaratish, hamda bu yerning O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan
oqtirnoq ayiq, ilvirs, Turkiston silovsini, eron qunduzi, sibir qo‘zisi, ilvirs, ular va qizil sug‘ur kabi
noyob fauna va flora olamidan ekoturistik marshrutlarni reklamasida foydalanish imkoniyati mavjud.
Yuqoridagi tabiat obyektlariga turmarshrut orqali borish ham ekoturistlar uchun zerikarli
bo‘lmaydi aksincha, tabiat landshaftlari, tabiiy mintaqalar o‘zgarib borganidan ekoturistlar ko‘z
o‘ngida xilma-xil o‘simliklar dunyosi va hayvonot olami ham o‘zgarib boradi.
Qashqadaryo viloyatida ekoturizm bilan birgalikda agroturizm, etnoturizm, qishloq turizmi va
gastronomik turizmni ham rivojlantirish lozim. Qishloq joylaridagi o’ziga xosliklar: tandirda non
yopish jarayoni, “xo’roz jangi”, qovun sayli, hosil bayrami, sumalak sayli, lola sayli va hokazo urf-
odatlarni o’z ichiga olgan ekoturlar sayyohlar tomonidan katta talabga ega bo’lishi mumkin.
Hozirda Kitob tumanidagi G’elon qishlog’ini ekoturizm markaziga aylantirish loyihasi amalga
oshirilmoqda. Loyiha doirasida ushbu hududda ekologik soʻqmoqlar tashkil qilish, ot, eshak va
kvadrotsiklda sayr qilish, funikulerlar qurish, togʻ changʻisi majmuasi, restoran hamda axborot
markazi, muzey va mahalliy hunarmandchilik mahsulotlari sotish doʻkonlari barpo etish
rejalashtirilgan.
Agroturizm tashkillashtirish maqsadida esa qishloqda dam olish uylari, sport majmualari,
kamyob hayvonot va oʻsimlik turlarini saqlash uchun pitomniklar quriladi. Shuningdek, molxonalar
hamda asal yetishtirish xoʻjaliklari tashkil etiladi. Bu yerda sayyohlar tuyalarda sayr qilish, koʻpkari
oʻyinini tomosha qilish, meva terish, oʻt oʻrish kabi qishloq xoʻjalik ishlarida ishtirok etishlari
mumkin boʻladi.
Viloyatning boshqa o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan qishloqlarda ham ekoturlar
ishlab chiqish, tabiiy quyosh energiyasidan foydalangan holda ekologik sof mahsulotlarni yetishtirish
jarayonini shakllantirish, potensial talabga ega bo’ladi.
1
https://uzbektourism.uz/uz/newnews/view?id=1111
2
R. XAITBOYEV. EKOLOGIK TURIZM (o‘quv qo‘llanma)Toshkent – «Barkamol fayz media» – 2018
146
Kitob, Shahrisabz va Dehqonobod tumanlaridagi shifobaxsh suv chashmalari atrofida
sog’liqni tiklashga qaratilgan ekoturlar, Qarshi va Muborak cho’l hududlarida esa o’tovlarda yashash
va tuyada sayohat qilish kabi ekoturlarni yaratish imkoni mavjud.
Ilmiy-ekologik ekskursiyalar, ya’ni bilishga qaratilgan yangi ekoturlarni esa Qamashi
tumanidagi Katta Langar ota ziyoratgohida, Koson tumanidagi Husam ota majmuasida, G’uzor
tumanidagi Hazrati Mirijanda ota majmuasida
tashkillashtirilsa turistlar nazaridan chetda qolmaydi.
Xulosa qilib aytganda, viloyatning ekoturistik imkniyatlaridan foydalanish hudud ekoturistik
holatini kerakli darajada saqlab qolish hamda va aholini barqaror daromad bilan taʼminlashga xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |