Список литературы
1.https://forbes.kz.
2.https://coronospravka.ru/uzbekistan.
3.https://www.podrobno.uz/cat/uzbekistan-i-kitay-klyuchi-ot-udushchego/kitay-stal-glavnym-
importerom-lekarstvennykh-rasteniy
PANDEMIYADAN SO’NG O’ZBEKISTON MEHMONXONALARIDA XIZMAT SIFATINI
OSHIRISHNING INNOVATSION YO’LLARI
Qurbonova Zebiniso, BuxDU magistranti
Ma’lumki, COVID-19 ning tarqalishi butun dunyoda turizm va mehmonxona sanoatini to’xtalib
qolishiga sabab bo’ldi. Bu esa ko’plab xodimlarning vaqtincha ishsiz qolishlariga sabab bo’lib
qolmay, mamlakat iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko’rsatdi. Shu sababli, mehmonxona egalari
pandemiyadan so’ng mijozlarning talablaridagi o’zgarishlarni o’rganishlari va ularning ishonchlarini
qayta qozonishga harakat qilishlari lozim.
Tabiiyki, mijozlarning pandemiyadan so’ng mehmonxona xizmatlari sifatiga qo’ygan talabi
ancha yuqori darajaga ko’tariladi. Ular mehmonxonaning tozaligiga, sanitariya qoidalariga rioya
etilishiga yanada ko’proq e’tibor qaratishadi. Ushbu tezis mehmonxona egalariga pandemiyadan
so’ng mehmonxona xizmatlari sifatini yanada oshirish va mijozlar e’tiborini yana jalb qilish bo’yicha
bir nechta yo’nalishlarni beradi.
Birinchidan, mijozlarning talablari o’zgarganligini inobatga olgan holda ularning talablarini
qayta o’rganish uchun so’rovnoma o’tkazish lozim. Ushbu so’rovnoma mehmonxona egalariga
xizmat sifatini oshirish uchun aynan qaysi omilga e’tibor qaratishlarini aniqlashga yordam beradi.
1
https://www.podrobno.uz/cat/uzbekistan-i-kitay-klyuchi-ot-budushchego/kitay-stal-glavnym-importerom-lekarstvennykh-rasteniy
246
So’rovnomani Google formada o’tkazgan ma’qul. Chunki bu usul ancha qulay bo’lib so’rovnomaning
natijasini avtomatik tarzda aniqlab beradi. Agar mehmonxona xodimi pandemiyadan oldin
mijozlardan o’z fikr-mulohazalarini hamda elektron pochta manzilini qoldirishni so’ragan bo’lsa ayni
muddao, sababi so’rovnomaning havolasini aynan o’sha elektron manzillariga yuborish imkoni
mavjud bo’ladi. So’rovnomadan so’ng uning natijalari tahlil qilinib, keyingi qilinadigan ishlarni
belgilab olish mumkin. Mehmonlarning ehtiyojlarini qondirish uchun, avvalo, ular sizning
mehmonxonangizdan nimani kutishlarini bilishingiz kerak. Siz mehmonlaringizdan ularning fikr-
mulohazalarini so'rab, aniqlashingiz mumkin. Agar ular oldindan nimani xohlashlarini bilsangiz,
ularning xohishlariga muvofiq harakat qilishingiz mumkin va siz ulardan oshib ketishga harakat
qilasiz.
Agar
mehmonlarning
mehmonxonadan umidi katta bo’lsada, lekin sizning
mehmonxonalaringiz xizmatlari ularga mos kelmasa, bu sizning mehmonlaringizning noroziligiga
sabab bo'lishi mumkin. Siz mehmon kutganidan ko'proq narsani yetkazib berganingizdagina xizmat
sifatining yuqori cho’qqisiga erishasiz.
Ikkinchidan, mehmonxona xodimlari tozalik va gigienaga qat’iy rioya qilishlari lozim. Ayniqsa,
hozirgi pandemiya sharoitida mehmonxona xonasining tozaligi mehmonxona obro’sining bir qismi
hisoblanadi. Mehmonxonadagi har bir jism ustida viruslar saqlanib qolishi mumkin. Chunki
mehmonxonaga turli insonlar kirib chiqishadi va turli yuzalarga tegishadi. Shu sababli, tez-tez inson
qo’li ko’p tegadigan jismlarni dezinfeksion vositalar bilan tozalab turish va umumiy dezinfeksiyani
amalga oshirish maqsadga muvofiq. Pandemiyadan oldin ham tozalik va gigiena mehmonxona xizmat
sifatini belgilab beradigan muhim omillardan biri edi. Pandemiya sharoiti mehmonxona xodimlaridan
ushbu omilni diqqat markaziga qo’yishni talab qildi. Mijozlar ham pandemiyadan so’ng mehmonxona
borasida qaror qabul qilishdan oldin mehmonxonanning sanitariya talablariga javob berishiga ishonch
hosil qilishni maqul ko’rishadi.
Uchinchidan, mehmonxonada tibbiyot punkti tashkil qilish kerak bo’ladi. Bu mehmonxona
egasining nafaqat mijozlar sog’lig’iga balki, xodimlarning ham salomatliklariga befarq emasligini
ko’rsatadi. Mijoz mehmonxona saytida yoki bron qilish saytlarida mehmonxonada tibbiy xizmatning
ham mavjudligini ko’rsa o’sha mehmonxonada o’zini ancha xavfsiz his qiladi. COVID-19 tomonidan
yuzaga kelgan global sog'liqni saqlash inqirozi tufayli sayohatchilar endi sayohat to'g'risida qaror
qabul qilishda mehmonxonada tibbiyot muassasalarining mavjudligi ko'proq e’tibor berishadi va u
uchun qo’shimcha pul to'lashga ham tayyor bo’ladilar. Bundan tashqari, xodimlarning ham doimiy
ravishda tibbiy xodim tomonidan nazorat ostida bo’lishlari ular orasida ham kasallik tarqalishini oldini
olishga o’z hissasini qo’shadi.
To’rtinchidan, mehmonxonada mijozlar bilan bo’ladigan operatsiyalarda inson omilini
kamaytirish zarur. Ya’ni mehmonxonadagi xodimlar o’rniga ularning o’rnini bosadigan
robototexnikalar yoki qandaydir dasturlardan foydalansa bo’ladi. Bu mehmonxona xodimlarini ham
mijozlarni ham COVID-19 virusidan himoya qiladi. Rivojlangan mamlakatlardagi ko’plab
mehmonxonalarda allaqachon xodimlar o’rnini robotlar egallagan. Xususan, Xitoyda nafaqat
mehmonxonalar balki, restoranlar va do’konlarda robot xodimlarni ko’rish mumkin. Yaponiyadagi
Xenn-na mehmonxonasi dunyodagi birinchi robotlar bilan to’liq jihozlangan mehmonxona bo'lib
hisoblanadi. Ushba mehmonxonada ro’yxatdan o’tkazish ishlarini ham dinazavr ko’rinishidagi
robotlar amalga oshiradi. Albatta, bizning mamlakatimizda mehmonxonalarni to’liq robotlar bilan
jihozlashning iloji yo’q. Ammo sekin-astalik bilan mehmonxonadagi jarayonlarda texnikaning
hissasini orttirib borish zarur.
Xizmat ko'rsatish sifatini oshirish mehmondo’stlik sanoatida muvaffaqiyatga erishishning
asosiy omilidir. So’nggi o’n yilliklarda xizmat ko'rsatish korxonalari jadal sur’atlar bilan o’sib
bormoqda, mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko’rsatish talabi ortib bormoqda. Bu sohada
muvaffaqiyatga erishish uchun mijoz xohishlarini oldindan bilib, ularga kutganlaridan ham
ortiqroq xizmatni ko’rsatish darkor.
247
Xulosa sifatida aytadigan bo’lsam, turizm va mehmonxona sanoati mamlakat byudjetiga
daromad olib keladigan sohalardan biri hisoblanadi. Shu bois ushbu sohani qayta o’nglab,
oldingidanda gullab-yashnatish ustuvor vazifalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |